19
ularni tushunish jamiyatning kelajakdagi rivojlanishini ko‘ra bilishga
imkon yaratadi.
Jahon madaniyatining huquqiy merosi sifatida nom qoldirgan
rim huquqini o‘rganmasdan, chuqur huquqiy bilimni egallash,
huquq tarixi durdonalaridan bahramand bo‘lish qiyin. Ta’kidlash
lozimki, 1804-yilgi Napoleon fuqarolik kodeksidan boshlab, 1896-
yilgi Germaniya fuqarolik ulojeniyasi (tuzuklari)
va boshqa Yev-
ropa, Osiyo va Afrika mamlakatlarining fuqarolik va savdo kodeks-
lari rim huquqining normalariga asoslanib qabul qilingan. Ularning
asosiy maqsadi xususiy mulkni «muqaddaslashtirish»,
iqtisodda
hukmron bo‘lgan sinf vakillarining erki, irodasi va manfaatini
qonun darajasiga ko‘tarib, uni mustahkamlashdan iboratdir.
Rim huquqshunoslari xususiy mulk asosiga ega bo‘lgan
mukammal huquq shaklini ishlab chiqqan va bu huquq tovar
ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqi
deb e’tirof etilgan.
Rim huquqshunoslari sivilistika (fuqarolik huquqi)ga oid
tushunchalarni, ya’ni shaxslar tushunchasi,
fuqarolik huquq va
muomala layoqati, da’vo muddatlari, ashyolar, mulk huquqi,
boshqa shaxslarning mulkiga bo‘lgan huquq, uning turlari va
elementlari, egalik tushunchasi, foydalanish va tasarruf etish,
shartnomalar,
majburiyat huquqi, bitimlar, oila-nikoh munosa-
batlari, vorislik va boshqa fuqarolik huquqida qo‘llaniladigan
ko‘pchilik iboralarni, so‘zlarni ishlab chiqqanlar.Albatta, bu
tushunchalar bundan XXV asr muqaddam vujudga kelgan. Shu
bois ularning ayrimlari hozirda o‘z mohiyatini yo‘qotgan bo‘lishi
ham mumkin, biroq ko‘pchiligi fuqarolik huquqida to‘liq foydalanib
kelinmoqda.
«Huquq ijodkorlari» deb nom olgan Rim huquqshunoslari
har bir vujudga kelgan voqelikni harakatda bo‘lgan
qonunlar asosida
hal qilar ekan, bevosita uning kelajagini ham o‘ylaganlar.
Burjua huquqi rim huquqining sharbati bilan sug‘orilgan,
shu bois uni bilmasdan burjua huquqining mohiyatini, mazmunini
tushunib yetish ancha murakkab.Jahon davlatlari bilan o‘zaro
huquqiy munosabatlarga kirishish bevosita ularning huquqini
bilishni taqozo etadi. Buning uchun burjua huquqining asl
20
manbasini o‘rganish, ya’ni rim xususiy huquqini o‘rganish
maqsadga muvofiq.
Rim huquqini «yuridik iboralar laboratoriyasi»
deb ham ata-
ganlar. Shu sababli undan huquqiy iboralarni, shuningdek yuridik
texnikani o‘rganish huquqshunoslar tomonidan qonunlarni qabul
qilishda, ularni takomillashtirishda, aniq va tushunarli bo‘lgan
so‘zlarni ishlatishda katta yordam beradi.
Rim huquqi yuridik tafakkurning kuchli ta’siri ostida
vujudga
kelgan normalardan iborat. Ularni o‘rganish yuridik tafakkurlash
qobiliyatining kuchayishiga olib kelib, qisqa va aynan xalqqa
tushunarli hujjatlarni qabul qilish uchun xizmat qiladi.
Rim huquqi tarixining yangi bosqichida muhim manba sifatida
pretorlar tomonidan qabul qilingan ediktlar alohida o‘rin tutadi.
Ediktlar pretorlarning o‘zi uchun majburiy bo‘lib,
bir yillik qonun
deb atalgan. Ularning negizida sivil huquqi bilan bir qatorda ikkita
yangi va mutloqo mustaqil huquqiy tizim «pretor huquqi»
(jus
Do'stlaringiz bilan baham: