Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati



Download 32,87 Kb.
bet1/4
Sana14.01.2022
Hajmi32,87 Kb.
#362562
  1   2   3   4
Bog'liq
fuqarolar fuqarolik subyekti sifatida


Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati
Har qanday fuqarolik huquqi subyekti uning subyekti sifatida fuqarolik huquqiy muomalada faol qatnashishi uchun huquq layoqati va muomala layoqatiga ega bo‘lishlari lozim. Fuqarolik huquqining asosiy subyektlaridan biri bo‘lib hisoblangan fuqarolar ham xuddi shunday belgilarga ega bo‘lishlari talab etiladi. Fuqarolik huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati huquq layoqati hisoblanadi va teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqarolarni huquq layoqati mazmuni Fuqarolik kodeksida belgilab qo‘yilgan. Ayni paytda fuqarolarni huquq layoqati mazmunining asosiy qoidalari mamlakatimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Binobarin, fuqarolik huquqiy munosabatda ham fuqarolar huquq layoqatida teng deb e’tirof qilinadilar, ya’ni barcha fuqarolarga bir xildagi fuqarolik huquq va majburiyatlari belgilanadi.

Fuqarolik kodeksining 18-moddasi mazmuniga ko‘ra fuqarolar: mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari;bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas. Fuqarolarning muomala layoqatini cheklashning qonunda belgilab qo‘yilgan shartlari va tartibiga rioya qilmaslik davlat organining tegishli cheklashni belgilaydigan hujjati haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno (Fuqarolik kodeksining 23- moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir etganlik uchun shaxslar ayrim fuqarolik huquqlaridan chunonchi, xizmat bo‘yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash choralari qo‘llanilishi mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosidan tashqari boshqa fuqarolik huquqlarini cheklash choralari vaqtinchalik harakterga ega. Huquq layoqati inson tug‘ilgandan boshlab to u vafot etguncha unga xos xususiyat, sifat bo‘lib hisoblanadi. Inson o‘zini holatidan qat’i nazar chaqaloq bo‘ladimi, aqli zaif bo‘ladimi, ruhiy hasta bo‘ladimi baribir to‘laqonli huquq layoqatiga ega. Yuqorida ko‘rsatilganidek umumiy qoida bo‘yicha huquq layoqati subyekti sifatida mavjudlik chaqaloq tirik tug‘ilishi bilan boshlanadi. Biroq, qonun ba’zi holatlarda hali tug‘ilmagan ya’ni ona qornida homila sifatida mavjud bo‘lganda ham uning kelgusidagi manfaatlarini qonun e’tiborga oladi, qo‘riqlaydi. Masalan, agar meros qoldiruvchi fuqaro vafot etgan hollarda uning nafaqat hayot paytida tug‘ilgan farzandlari balki, qonunda belgilangan tartibda meros ochilgandan so‘ng tug‘ilgan farzandlar ham merosxo‘r sifatida e’tirof etiladilar (FKning 1118- moddasi). Uy-joy kodeksida belgilanishicha, fuqarolarga turar joylar berilganda turar joy hajmini belgilashda oilada homilador ayollarning mavjudligi ham hisobga olinadi. Huquq layoqati fuqaro ya’ni, huquq subyekti o‘limi bilan tugaydi.


Bugungi kunda fan texnika taraqqiyoti ba’zi og‘ir kasalliklarda kishini sun’iy ravishda hayotini saqlab qolishga imkon beradi. Ba’zan bunday holat uzoq vaqt cho‘zilishi mumkin (ba’zida yillab davom etadi va buni ba’zi adabiyotlarda o‘simlik hayoti deb ham ataladi). Kishini o‘simlik hayoti (sun’iy jonlantirish holati)da bo‘lishi uni o‘lim fakti ro‘yo bermaganligi sababli huquq layoqatini bekor bo‘lishiga olib kelmaydi. Biologik o‘lim hollaridan tashqari qonunda fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish taomili ham mavjud.
Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra fuqarolarning muomala layoqati fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir. Muomal layoqatini yuridik harakatlarni amalga oshirish layoqati deb ham e’tirof etish mumkin. Ba’zida, huquq layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar fuqarolik muomala layoqatiga ega bo‘lavermaydilar. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘z xatti harakatlarini anglab, oqibatlarini ushunib o‘z erki irodalari asosida amalga oshiradilar. Odatda, yangi tug‘ilgan chaqaloq garchi to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lsa ham o‘z mustaqil harakatlari bilan o‘zi uchun huquq va majburiyat vujudga keltirish qobiliyatiga ega emas. Bolalar yillar o‘tgan sayin aqliy bilimlar va hayotiy tajriba orqali ongi to‘liqlashib boradi. 18 yoshga to‘lganda unda to‘liq muomala layoqati vujudga keladi. Ayni paytda qonunda belgilangan tartibda va asoslarda nikohdan o‘tgan voyaga yetmaganlar ham shu paytdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladilar. FKning 23-moddasiga ko‘ra voyaga yetgan fuqarolar teng darajada muomala layoqatiga ega bo‘ladilar. Fuqarolarning muomala layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin. Fuqaroning o‘zi tomonidan yoki boshqalar tomonidan uning muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Voyaga yetmaganlarning fuqarolik muomalasida ishtiroki masalasi tabaqalashtirilgan holda tartibga solinadi. Ya’ni 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning muomala layoqatining hajmi va mazmunida o‘ziga xosliklar mavjud. 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) to‘la ravishda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar. Biroq, qonun ularga fuqarolik muomalasida qatnashish bo‘yicha muayyan imkoniyatlar beradi. Bunga ko‘ra 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar:

1) mayda maishiy bitimlar;

2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;

3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan

muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar.

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:

1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;

2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;

3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish;

4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.

Kishining ruhiy kasalligi, aqli zaifligi uni sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topish uchun asos bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni unutmaslik lozimki, har qanday ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik fuqaroni ongli ravishda harakatlar qilish va fuqarolik muomalasida faol qatnashish imkoniyatidan mahrum etmaydi. Fuqarolik kodeksining 30-moddasida ko‘rsatilishicha ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Tabiiyki, muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi. Agar fuqaro ruhiy kasallikdan davolansa, tegishli tartibda sud tomonidan to‘liq muomalaga layoqatli deb topilishi ya’ni, muomala layoqati tiklanishi mumkin.

FKning 31-moddasiga ko‘ra spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek, ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladi.

Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatida o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir (FK ning 24-m). Tadbirkorlik faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat bo‘lib  hisoblanadi (Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 3-m).Yakka tartibdagi tadbirkor–bu fuqaro tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Fuqaro yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda turli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi, ushbu shartnomalarni bajarish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarish uchun turli yuridik harakatlarni sodir etadi (masalan, da’vo bildirish va talabnoma qo‘yish uchun). Tadbirkor fuqaro barcha yuridik harakatlarni o‘z nomidan va tavakkal qilgan holda amalga oshiradi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun fuqaro belgilangan tartibda  yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart. Fuqarolarning yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan, agar qonun hujjatlarida yoki huquqiy munosabat mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, Fuqarolik kodeksi normalari qo‘llaniladi. Yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda (ya’ni, FKning 24-modda 1-qism talablarini buzgan holda) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida o‘zining tadbirkor emasligini vaj qilib ko‘rsatishiga haqli emas. Sud bunday bitimlarga FK ning, shuningdek, boshqa qonunlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlar to‘g‘risidagi qoidalarini qo‘llashi mumkin. Bunday qoida muhim ahamiyatga ega, chunki FK ning tadbirkorlar ishtirokidagi bitimlarda ular zimmasiga oshirilgan mas’uliyat yuklaydi. Masalan, FK ning 333-moddaga asosan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda o‘z majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs bunga fors-major sabab bo‘lganini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. FK ning 425-moddada chakana oldi- sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchi tadbirkorlik subyekti bo‘lishi nazarda tutiladi. Bu esa uning zimmasiga qator majburiyatlar yuklaydi va h.k.

Tadbirkorlik faoliyati tavakkalchilikka asoslangan faoliyat bo‘lgani sababli tadbirkor kutilgan natijaga erishmasligi, oxir-oqibatida bankrot (nochor) bo‘lishi mumkin. FK ning 26-modda ga asosan yakka tadbirkor kreditorlarning o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, bunday tadbirkor belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.

Odatda, tadbirkor bankrot deb topilgandan keyin uning kreditorlari uning mavjud mol-mulkiga nisbatan o‘z talablarini qaratishga haqli bo‘ladilar. Yakka tadbirkorni bankrot deb topish rasm-rusumlarini amalga oshirish jarayonida uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlari ham o‘z talablarini qo‘yishga haqli. Mazkur kreditorlarning ushbu tartibda qo‘yilmagan talablari yakka tadbirkorni bankrot deb topish rasm-rusumlari tamom bo‘lganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi (FK ning 26-modda 1-qism). Yakka tadbirkorning majburiyatlari tadbirkorlik bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi bu o‘rinda muhim prinsipial ahamiyatga ega. Masalan, fuqaro A. 2001-yil iyo’n oyida S. dan o‘z qizini turmushga chiqarish munosabati bilan to‘y xarajatlari uchun 100 ming so‘m qarz oladi. 2001 yil 1 oktyabrda u tuman hokimligida yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. 2001yil 1 noyabrda “Tadbirkorbank”dan 3 million so‘mli kredit oladi (3 oy muddatga). Lekin bozor konstrukturasini o‘zgarishi oqibatida to‘lovga layoqatsiz bo‘lib qoladi, kredit o‘z muddatida qaytarilmaydi. 2002 yil avgustida shahar xo‘jalik sudi A. ni bankrot deb e’lon qiladi. Uning kim oshdi savdosida sotilgan mol-mulki 500 ming so‘m deb baholanib, S. ning talabi bo‘yicha 50 ming so‘m, “Tadbirkorbank” talabi bo‘yicha 450 ming undiriladi. Tadbirkorlik rasm- rusumlari bo‘yicha tadbirkor bankrot deb topilgach uning mol-mulki bo‘lmasa, uning tadbirkorlik bilan bog‘liq majburiyatlari bekor bo‘ladi, lekin boshqa majburiyatlari saqlanib qoladi. Demak, A. ning S. dan yana 50 ming so‘m qarzi saqlanib qolgan holda, “Tadbirkorbank”dan olgan kreditlarining qoplanmagan 2 million 555 ming so‘mlik kreditini qaytarish bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘ladi.

Sud tomonidan yakka tadbirkorni bankrot deb topishning yoki yakka tadbirkor o‘zini bankrot deb e’lon qilishining asoslari va tartibi qonun bilan belgilanadi (FK ning 26-modda 4-qism).

Shunday qilib, qonunda bankrot deb topilgan fuqaroning tadbirkorlik bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Bu esa mulkiy talofatlar ko‘rgan shaxsni ruhiy-psixologik larzalardan saqlashga va hayotni yangidan boshlashiga imkon beradi. Shu sababli ham fuqaro bankrotlik instituti vaziyat taqozosiga ko‘ra moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan shaxsni samarali himoya qilish usullaridan hisoblanadi.



Download 32,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish