Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati


Fuqarolarning yashash joyi



Download 32,87 Kb.
bet2/4
Sana14.01.2022
Hajmi32,87 Kb.
#362562
1   2   3   4
Bog'liq
fuqarolar fuqarolik subyekti sifatida

Fuqarolarning yashash joyi

Fuqarolik kodeksining 21-moddasiga asosan, fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi. U hovli, xonadon (kvartira), xizmat turar joyi, maxsus uylar(yotoqxona, mehmonxona, yolg‘iz qariyalar uylari, faxriylar, nogironlar uchun internat- uylar, shuningdek, fuqaro doimiy yoki asosan mulkdor sifatida ijara (ikkilamchi ijara) asosida yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarda yashab turgan boshqa joy bo‘lishi mumkin.

Fuqaroning yashash joyi yetarli darajada aniqlash belgilanishi lozim. Bu o‘rinda faqat aholi punktinigina ko‘rsatish kifoya emas, balki ko‘chasi, uy, xonadon tartib raqami ham albatta ko‘rsatilishi lozim.

Doimiy yashash ushbu joyda uzoq muddat istiqomat qilish shatligini anglatmaydi. Eng muhimi tarkib topgan, vujudga kelgan sharoitlarga ko‘ra fuqaro ushbu joyda istiqomat qilayotgan bo‘lishi lozim. Masalan, oliy o‘quv yurtini tugatgandan keyin muayyan boshqa hududga ishga kelgan yoki mutaxassis ushbu hududdagi turar-joyga o‘rnashuvi bilan, bu joy uning doimiy yashash joyi hisoblanadi. FKda doimiy yashash joyi iborasi bilan birgalikda, “asosan yashab turgan joyi” iborasi ham qo‘llaniladi. Masalan, muayyan toifadagi fuqarolarni turmush tarzi, hayoti va faoliyati doimiy istiqomat joyi bilan bog‘liq emas. Masalan, geologlar, dengizchilar, baliqchilar, asalarichilar va boshqa kasb-kor qilishlari o‘z hayotini ko‘p qismini o‘z uyidan chetda- ekspeditsiyalarda, dengizda, tog‘larda o‘tkazadi. Bunday hollarda fuqarolik yashash joyi bo‘lib uning asosan yashaydigan joyi, ya’ni u nisbatan ko‘proq yashaydigan joy hisoblanadi.

Fuqarolar muayyan yashash joyiga ega bo‘lishi lozim degan qoida uning mamlakat hududida erkin ko‘chib yurish, erkin harakatlanishi, erkin ravishda yashash joyini tanlash xususini aslo istisno etmaydi. O‘zbekiston Respublikasining har bir muomalaga layoqatli fuqarosi o‘z xohishiga ko‘ra yashash joyini tanlaydi. Yashash joyini erkin tanlash inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalarda nazarda tutilgan muhim xususiyatlaridan biri. Ushbu huquq FKning 18-moddasida huquq layoqatini tarkibiy qismi sifatida belgilab qo‘yilgan.

Pasport rejimi to‘g‘risidagi qoidalarga asosan, fuqarolar yashash joyida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Binobarin, muayyan yashash joyda fuqaro ro‘yxatga olinganidan keyin, boshqacha hol isbotlanguncha, u joy fuqaroni doimiy yashash joyi hisoblanadi. Umumiy qoida bo‘yicha yashash joyini erkin tanlash huquqi to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolarga tegishli bo‘ladi. Shu munosabat bilan qisman muomala layoqatiga ega bo‘lgan 14-18 gacha bo‘lganlar va FKning 31-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolar bunday huquqqa egami degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob FKda mustahkamlab qo‘yilgan normalar mazmunida aks etgan. Boshqacha aytganda, bunday fuqarolar o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, homiylari roziligi bilangina yashash joyini tanlashlari mumkin.

Ba’zi toifadagi fuqarolarni yashash joyi qonunda belgilab qo‘yilgan. Birinchidan, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarni (kichik yoshdagi bolalarni) yashash joyi ular ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yashash joyi hisoblanadi. Agar ota-ona boshqa-boshqa joylarda yashasalar, u holda bola qay biri bilan birga yashasa, yashash joyi bo‘lib vasiylik yashash joyi hisoblanadi.(FKning 21-m) Yashash joyini erkin tanlash huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishlidir. Biroq mamalakatimiz hududida ulardan tashqari xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham doimiy istiqomat qiluvchilar. Ular bilan bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishda davlat o‘z immigratsiya siyosatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida g‘ayriqonuniy va nazoratdan tashqari bo‘lgan migratsiyani oldini olish va bartaraf etish maqsadlardan kelib chiqqan holda maxsus qoidalar belgilaydi.

Yashash joyini aniq belgilash fuqarolarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilishi, fuqarolik huquqiy munosabatlari barqarorligini, davlat manfaatlarini ta’minlash uchun ahamiyatga ega. Fuqarolik huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalarni hal etishda fuqaroni yashash joyini aniq belgilash zarurati mavjud. Masalan, majburiyat qayerda ijro etilishi kerak degan masalani qonun majburiyat fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilari – kreditor va qarzdor yashash joyiga qarab hal etadi. (FKning 246-moddasi). Merosni ochilish joyi to‘g‘risida masala FKning 1117 -moddasiga asosan meros qoldiruvchining oxirgi yashash joyi hisoblanadi. Yashash joyi protsessual qonunchilik bo‘yicha muhim ahamiyatga ega.



Download 32,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish