Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


praetorium) va «xalqlar huquqi» (jus gentium



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

praetorium) va «xalqlar huquqi» (jus gentium) o‘sib chiqqan.
Pretorlar ediktlarining qonun ijodkorligi faolligi asosan miloddan
avvalgi 250—280-yillarga to‘g‘ri keladi.
Yustinian kodifikatsiyasining mualliflaridan biri, VI asrda ijod
qilgan Vizantiya huquqshunosi Dorofey pretorlar huquqi va sivil
huquqlarining birlashishini quyidagicha ta’riflaydi:»Insonlarga
taalluqli bo‘lgan odat normalariga yangiliklar kiritilishi natijasida
vaqtlar o‘tishi bilan ikkala huquqning o‘zaro muvofiqlashuvi
oqibatida yangi bir huquq vujudga keldi». Xuddi shunday asosda
Rim sinfiy jamiyatining huquqi vujudga kelib, avvalgi bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lgan huquqlar huquq sifatida qo‘shilib ketdi.
Mazkur ikkala tizim pretorlarning huquq ijodkorligi faoliyat-
arining natijasi bo‘lgan. Mashhur huquqshunoslardan biri
Marsian pretorlar huquqi to‘g‘risida shunday degan edi: «haqiqatan
ham pretorlar huquqi xalqning tirik ovozidir», chunki ular o‘z
ediktlari orqali yangi-yangi qonunlarni keltirib chiqarib, xalqning
talablariga to‘liq javob bera oladigan samarali huquqiy muno-
sabatlarni vujudga keltirdi.
Rim magistratlari oliy ommaviy va harbiy hokimiyatga ega
bo‘lib, o‘z faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida barcha shaxslar
uchun mo‘jallangan tartib qoidalarni ishlab chiqqanlar.


21
Shunday qilib, rimda huquq manbalarining murakkab (aslida
uch qismdan iborat) tizimi vujudga kelgan.
Imperiya o‘rnatilishi bilan Rimning siyosiy tizimida pretorning
mavqei ham asta-sekin o‘zgarib borgan. Pretorlar ediktlar chiqarish
huquqini rasman saqlab qolganlar, lekin ularning faol «huquq
ijodkorligi» o‘sib borayotgan bir paytda imperator yakka hokimli-
gining qarama-qarshiligiga duch kelgan. Shu sababli pretorlar o‘z
o‘tmishdoshlarining ediktlaridan to‘liq nusxa olishni qoida qilib
olganlar. Shu tariqa edikt mazmuni o‘zgarishsiz qolgan va yangi
huquq normalarini keltirib chiqarish funksiyalari o‘z kuchini
yo‘qotib borgan.
Shu munosabat bilan imperator Adrian  pretor huquqini
kodifikatsiya qilishga ahd qilgan va bu ishni taniqli huquqshunos
Salviya Yulianga (milodiy 125—138-yil)topshirgan. Oxirgi tuzilgan
edikt (Yulian edikti sifatida mashhur) rasman senatus-konsult
deb tasdiqlangan va «abadiy edikt» degan nom olgan. U keyingi
magistratlarning barchasi uchun majburiy bo‘lib qolgan. Shu
vaqtdan boshlab pretor edikti yangi huquqiy me’yorlar manbai
sifatidagi rolini yo‘qotgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish