Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

III  bob
RIM HUQUQIDA SHAXSLAR
1-§.  Shaxslar tushunchasi.
2-§. Rim fuqarolarining huquqiy holati.
3-§. Lotinlar va peregrinlarning huquqiy holati.
4-§. Qullarning huquqiy holati.
5-§. Ozodlikka qo‘yib  yuborilgan shaxslarning huquqiy holati.
6-§. Kolonlarning huquqiy holati.
7-§. Yuridik shaxslar.
8-§. Muassasalar yuridik shaxs sifatida.
1-§. Shaxslar tushunchasi
Rim huquqida va hozirgi zamon huquq sohalarida ham huquqiy
munosabatlarni amalga oshiruvchi, ularni amaliyotga tatbiq etuvchi
subyektlar shaxslar hisoblanadi.
Shaxslar huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida ikkiga
bo‘lingan: jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar.
Qadimgi Rim  jamiyatida jismoniy shaxslar asosiy huquq
subyektlari bo‘lib, ular ommaviy va xususiy huquq asosida berilgan
vakolatlarni va majburiyatlarni amalga oshiruvchi individlardan
iborat bo‘lgan. Rim huquqida jismoniy shaxslarni keng ma’noda
tushunishga katta e’tibor berilgan. Unga asosan, jismoniy shaxs
deb — har qanday individning qonunlar tomonidan berilgan
huquq bo‘yicha o‘z daxlsizligini, yashash huquqini, sha’nini,
or-nomusini, qadr-qimmatini, ularda mustahkamlangan huquq
va erkinliklarini amalga oshira oladigan va uni kafolatlaydigan huquq
va burchlarga ega bo‘lgan shaxslarga aytilgan.
Yuridik shaxslar deganda—jismoniy shaxslarning birlashib,
ularga o‘z huquq va vakolatlarining o‘tkazilishi asosida tuzilgan
birlashmalarga, korporatsiyalarga, diniy ittifoqlarga, hunarmand-
larning kasaba ujushmalariga, yozuvchi tashkilotlarga, non yopuv-


53
chi tashkilotlarga hamda sudnalarning yig‘indisini boshqaruvchi
tashkiliy birliklarga tushunilgan. Jismoniy shaxslar deganda—
konkret aynan bir individ yoki ko‘pchilik insonlar, odamlar, ya’ni
jismoniy shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladigan munosabatlarning
subyektlari tushunilgan. Jismoniy shaxslar barcha huquqiy
munosabatlarning subyekti bo‘lishi uchun, ular eng avvalo huquq
layoqati (caput) ga ega bo‘lishlari lozim. Huquq layoqati har bir
insonning  tug‘ilishi bilan vujudga keladigan va uning o‘limi bilan
tugaydigan huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqatidir.
Jismoniy shaxslar huquq layoqatidan tashqari muomala
layoqatiga, ya’ni  o‘z harakati asosida o‘zi uchun huquq va burch-
larni vujudga keltirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Qadimgi rim xususiy huquqining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri farzand tug‘ilmasdan oldin ham, ya’ni ona qornida shakllanib
qolishining o‘zi va farzand tug‘ilmasdan oldin otasi vafot etgan
taqdirda, u otasining qolgan merosidan o‘z hissasini, ulushini
olish huquqiga ega  bo‘lgan. Hatto tug‘ilmagan farzandning otasi
ozod Rim fuqarosi, onasi esa qul bo‘lgan taqdirda ham tug‘iladigan
farzand «ozod inson» ya’ni, Rim davlatining fuqarosi sifatida tan
olingan.
Jismoniy shaxslar barcha huquqiy munosabatlarning birinchi
va asosiy ishtirokchisi sifatida qatnashib, o‘z harakatlarini amalga
oshirar ekan, o‘zlari uchun huquq va majburiyatlarni vujudga
keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida barcha insonlar ham bir
me’yordagi huquq layoqatiga ega bo‘lmaganlar. Hatto jamiyat
ijtimoiy munosabatlarining hamda ishlab chiqarish munosabatlari-
ning yanada taraqqiy etishi natijasida, ayniqsa savdo munosabatla-
rining kuchayishi, Rim davlati hududidan chiqishni talab qilishi
va ushbu davlatda yashab turgan to‘liq huquq va muomala layoqatiga
ega bo‘lmagan shaxslarning ham bu munosabatlarda qatnashishini
talab etadi. Natijada asta-sekinlik bilan ular ham ma’lum layoqatlarga
erishib, barcha fuqarolar kabi huquqlarga ega bo‘la boshladi.
Shuni ta’kidlash joizki, rim huquqi Rim davlatining quldorlik
xarakteri, ekspluatatsiyaga asoslanganligi, arzon bo‘lgan mehnat-
ning mavjudligidan kelib chiqib, Rim davlati o‘zida istiqomat


54
qiluvchi barcha fuqarolarning huquq layoqatini tenglashtirish
tarafdori bo‘lgan emas. Rim davlatining iqtisodiy va siyosiy rivoj-
lanishi, respublika davridan monarxiyaga o‘tish, prinsiðiat va
dominat davrlarida yangi ekspluatatsiya qilish shakllarining vujudga
kelishi, qullar institutining saqlab qolinishi natijasida ayrim
guruhlarning huquqlari kengaydi, ba’zi birlarining esa huquqlari
chegaralanib, umrbod yer bilan bog‘liq holda, feodal munosa-
batlarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ldi.
Rim davlatining fuqarosi fuqarolik huquqining hamda siyosiy,
oilaviy, mulkiy munosabatlarning to‘liq huquq layoqatiga ega
bo‘lgan subyekti bo‘lishi uchun, eng avvalo quyidagi uch talabga
javob berishi lozim edi:
ozodlik holatlari—Status Libertatis, ozod bo‘lgan shaxslar
bo‘lishi;
fuqarolik holatlari—Status Civitatis, chet el fuqarolari
bo‘lmasdan Rim davlatining fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslar
bo‘lishi;
oilaviy holati—Status familiael, oila boshlig‘iga qaram (patria
potestas) bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi.
Rim xususiy huquqining subyekti to‘liq huquq layoqatiga ega
bo‘lishi uchun esa  quyidagi ikki elementning vujudga kelishi taqozo
etilgan:
— rim huquqi bo‘yicha nikohga kirishish va oila qurish huquqiga
ega bo‘lish;
— barcha mulkiy munosabatlarning subyekti bo‘lishi va
shartnomaviy munosabatlarga kirisha olish huquqlariga ega bo‘lishi.
Rim huquqi to‘liq huquqiy layoqatga ega bo‘lgan insonlar
qatoriga ozod va ozod bo‘lib tug‘ilgan shaxslarni kiritgan. Qullar
huquqiy munosabatlarning subyekti emas, balki ularni obyekt,
ya’ni «gapiruvchi qurol» sifatida e’tirof etilgan. Qullarning huquqiy
holati ashyolarning huquqiy holati bilan tenglashtirilgan. Hatto
Rim huquqshunoslari qullik bu qadimgi Rim davlatining yoki
quldorlik  tizimining boshdan kechirgan barcha davlatlarga taalluqli
institutidir, deb ta’rif berganlar.
Albatta, Rim davlatida ishlab chiqarish munosabatlarining
o‘sishi, rivojlanishi, ayniqsa savdo munosabatlarining kengayishi


55
natijasida qullarning huquqlari, ya’ni huquq layoqatining o‘zgari-
shiga olib kelgan.  Rim davlatida ozod bo‘lgan shaxslarning hammasi
ham to‘liq huquq layoqatiga  ega emas edi. Chunki Rim davlatining
siyosiy, oilaviy va mulkiy munosabatlarida to‘liq qatnashishi uchun
ushbu davlatda yashab turgan, uning fuqaroligiga ega bo‘lgan, cives

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish