O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI
XALQARO HUQUQ FAKULTETI
XALQARO OMMAVIY HUQUQ VA DAVLAT HUQUQIY KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: HUQUQIY XULQ – ATVOR, HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK.
Bajardi: 1-4a-19 – gurux talabasi
Abduraxmanov Tolib
Tekshirdi: YUD,YUN, PROF.
YUSUFALIYEVA R.
KIRISH
Moziydan ma’lumki, kishilik jamiyatidan buyon ijtimoiy munosabatlar u yoki bu normalar asosida tartibga solinib kelinmoqda. Hohlaymizmi yo’qmi kundalik hayotimiz bevosita normalar asosida tartibga solinadi. O’zaro munosabatlarimizdan tortib to davlat ahamiyatiga ega bo’lgan munosabatlargacha albatta ma’lum bir normalar yordamida tizimga solingan. Fuqarolar ushbu normalarga og’ishmasdan rioya qilsalargina, o’z burch va vazifalarini sitqidildan bajarsalargina, amaldagi qonunlarga hurmat bilan munosabat bildirilganidagina jamiyatda farovon hayot ta’minlanadi.
Ta’kidlash joizki, shu chqqacha yuridik adabiyotlarda huquqbuzarlik ya’ni kishilar hatti-harakatining huquqqa zid jihatiga kata e’tibor berilib, huquqiy harakatlar sal chetda qolib ketmoqda. Aslida, jamiyatdagi aksariyat faoliyat va hatti-harakatlar huquqqa muvofiq, ya’ni huquqiydir. Bu esa, huquqiy hulq atvor masalasi qanchalik dolzarb ekanligini yaqqol namoyon qiladi.
Kundalik hayotimizda shunday hodisalar bo’ladiki, ularning oqibati shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga zid hisoblanadi. Yana ham aniqroq tarzda ifodalanganda huquqbuzarliklar, shaxslarning nojo’ya hatti-harakatlari nafaqat kishilarning o’zlariga balki o’zgallarga ham, xatto davlatga ham zarar ekan. Falsafiy qonunlarga ko’ra ibtidosi bor ekan demak intihosi ham mavjud, ya’ni boshlangan har qanday harakat o’z yakuniga ega. Nima demoqchimiz? Gap shundaki, har qanday huquqbuzarlikning yoki qilmishning o’z javobgarligi mavjud(bu yerda yuridik javobgarlikga urg’u berilmoqda). Qancha jinoyat va huquqbuzarliklar mavjud bo’lsa, shuncha ularning javobgarligi bor, albatta. Fikrimizning dalili sifatida O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasing 15 – moddasida keltirilganidek: “O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar.” – ligini, yoki bo’lmasa, 48 – moddasida: “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.” – ligini keltirishimiz mumkin. Konstitutsiyadagi moddalarning deyarli barchasida sanksiyalar( bu yerda jazo choralari nazarda tutilmoqda. Ya’ni huqbuzarlik sodir etilgan holatda uning yuridik javobgarligi mavjudligi) mavjud bo’lmasada ularning barchasi kodekslar va boshqa qonun normalari asosida belgilab qo’yilgan. Albatta ushhbu chora tadbirlarning barchasi jamiyat hayotini tartibga solish, aholi farovonligini ta’minlash va ijtimoiy hayotni yuksaltirish maqsadida amalga oshiriladi. Davlat qonunlarni o’rnatuvchisi sifatida namoyon bo’lar ekan, u yuqorida takidlangan maqsadni amalga oshirishda ma’lum funksiya va zifalarni bajaradi. Bu yerda, Maqsad – malum muddatda erishilishi ko’zlangan strategiya, vazifa – o’z yechimini kutib yotgan muammo va funksiya – shu vazifani bartaraf etishdagi faoliyat. Masalan, muayyan bir davlatda huquqbuzarlik va jinoyatchilik keng avjiga chiqdi. Bunday sharoitda davlat uni bartaraf etish uchun malum chora tartiblarni olib boradi: jinoyatchilkka qarshi kurashni kuchaytirish, uni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish kabilar. Bu yerda,jinoyatchilikning avjiga chiqishi – vazifa, uni bartaraf etish choralari esa – funksiyadir, shuningdek maqsad – jinoyatchilikni yoq qilish.
Shunday ekan qonunlarning mavjudligi va yuridik majburiyatlar aholi farovonligini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga egadir. Fikrimizning yakuni sifatida aytmoqchimizki, qonunlar, normative hujjatlar va yuridik javobgarliklar va qolgan barcha normalar faqat va faqat biz uchun, bizning hayotimiz yaxshilanishi uchun va albatta yuksak huquqiy davlatni yaratish uchun hizmat qiladi. Shunday ekan har birimiz ushbu normalarga jiddiy yondashib, hurmat bilan munosabatda bo’lsakgina adolat hukmronligi o’rnatilgan bo’ladi. Zero, qonun ustuvor bo’lgan davlatdagina yukssalish bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |