5-Mavzu: Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi.
Amaliy mashg’ulot:
Byudjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini ijrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Bu hisoblashlarning provard natijasi debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo’yicha hisoblashuvlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Debitorlik majburiyat – bu boshqa korxonalarni, (xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar), mol yetkazib beruvchilarga oldindan to’langan mablag’lar va boshqalar bo’yicha), byudjet, byudjetdan tashqari jamg’armalarni (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo’yicha oldindan to’langan mablag’lar bo’yicha) xodimlarni (hisobini berish sharti bilan olingan mablag’lar va boshqalar bo’yicha) tashkilot oldidagi qarzdorligidir.
Kreditorlik majburiyat – bu tashkilotning boshqa korxonalardan (xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar, mol yetkazib beruvchilardan olingan ma’sulot(ish va xizmatlar) va boshqalar bo’yicha) , byudjet, byudjetdan tashqari jamg’armalardan (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo’yicha ), xodimlardan (ish haqi va unga tenglashtiriladigan to’lovlar va boshqalar bo’yicha) qarzdorligidir.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmatliklari, bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlari uchun olib boriladigan hisob-kitoblar, byudjet hamda ijtimoiy sug’urta to’lovlariga ajratmalar bo’yicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxslar, xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar,majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi.
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida” O’zR qonuni 12-modda ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobi ko’rinishida yuritiladi.
Qonunchilikka muvofiq debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini muddati 90 kun etib belgilangan. Bu muddatda tugatilmagan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha tashkilot ma’sul shaxslariga qonunchilikka muvofiq choralar ko’riladi. Buxgalteriya hisobida undirish imkoni bo’lmagan debitorlik majburiyatlar balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi. Mamlakatimizda Davlat byudjeti g’azna ijrosiga o’tishi munosabati bilan byudjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlari G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida ro’yxatga olinmoqda. Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |