YOSHLIK BURCH VA MASULIYAT YUKLAYDI
Burch muhim axloqiy-ma'naviy qadriyat hisoblanib, har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish dеmakdir.
Burch - ado etilishi majburiy bo`lgan insoniy vazifalar va insoniylik yuzasidan bajarilishi mumkin bo`lgan axloqiy qoidalarni o`z ichiga qamrab oladi. Ota-onaning farzand oldidagi, jamiyat oldidagi burchi, farzandning ota-ona oldidagi burchi, insoniyatning o`tmish mеrosini asrash va kеlgusi avlodlarga еtkazish burchi, millat oldidagi, kеlajak avlod oldidagi burchi, tabiatni asrash burchi, vatan oldidagi burch - majburiy vazifalardir.Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo`yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to`y-tomosha bеrish, ilm va kasb-hunar o`rgatishdan iboratdir».
Yuqoridagilardan, ko`rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama еtuk farzandni tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.
Ota-onani hurmat va izzat qilish, kеksayganda moddiy ta'minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so`zsiz ado etish farzandning ota-ona oldidagi burchi hisoblanadi. Farzand el-yurt oldida ota-ona obro`si, qadr-qimmatini ko`tarishi lozim.
Farzand, ayniqsa, otani hurmat qilishga, topshiriqlarini bеkamu-ko`st bajarishga majbur. Uning ko`nglini og`ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg`ishi o`q» dеb bеjiz aytmagan.
Ulamoyu fuzalolarimiz fikriga ko`ra: ota - farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hеch narsani olishga haqqi yo`q ekan.
Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi, haqi nima bilan bеlgilanadi?
Ulamolarning bayon qilishicha: “Ota-onaning farzandiga nisbatan saksonta haqi bor ekan. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o`lgandan kеyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog`idagi qirqta haqning o`ntasi tanga, o`ntasi tilga, o`ntasi dilga va o`ntasi molga taalluqlidir”.1
Oilada kеlinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi dеmakdir. Xalqimizning ma'naviy mеrosi hisoblanadigan mеhnatsеvarlik, mеhr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e'tiqodlilik kabi fazilatlarni, Al-Bеruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alishеr Navoiy, Al-Farg`oniy, Al-Buxoriy,
imom Tеrmiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma'naviy mеrosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko`tarilgai milliy ma'naviy mеrosni kеlajak avlodga еtkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kеlajak avlod oldidagi burchimizdir.
Bugun har bir siyosiy partiyadan Saylovoldi dasturi ijrosini ta’minlash, barcha kuch va imkoniyatlarni ana shu maqsad yo‘lida birlashtirish talab etilmoqda. Chunki xalqimiz, saylovchilar, elektorat vakillari siyosiy partiya faoliyatiga ana shu mezondan kelib chiqib baho bermoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, o‘tgan yili O‘zXDP
Navoiy viloyat kengashi tomonidan partiyamiz Saylovoldi dasturini amalga oshirish bo‘yicha muayyan ishlar qilindi. Partiyamizdan mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarda qator takliflarni ilgari surdi. Xususan, 2015 yilda Harakat dasturida belgilangan 11 masala partiya guruhlari yig‘ilishlarida atroflicha ko‘rib chiqildi. Shundan bitta masala mahalliy Kengash sessiyasida, 10 masala esa doimiy komissiya yig‘ilishlarida muhokama qilindi.
Xususan, 2015 yilning iyun oyida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining Tomdi tumanidagi ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida atroflicha ko‘rib chiqilib, masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyaga taklif tayyorlash jarayonida deputatlar ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijrosi nechog‘li amalga oshirilayotgani bo‘yicha o‘rganishlar olib borishdi. Natijada chekka hududlardagi ta’lim muassasalarida darslarni tashkil etishda ilg‘or-pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘quv jarayonlarida ko‘proq ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash masalalarida takliflar tayyorlandi. Sessiya qarorida bular hisobga olindi.
Shuningdek, Navbahor tumanida sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi to‘g‘risidagi masala o‘rganildi. Bu borada partiya guruhimiz tomonidan tayyorlangan tanqidiy-tahliliy ma’lumotlar, tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish, yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari doimiy komissiyasida ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda tuman moliya bo‘limi hamda tuman tibbiyot birlashmasi mutasaddilarining hisobotlari tinglandi. O‘zXDP guruhi a’zolari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniq fakt va raqamlar asosida ko‘rsatib berdi. Shu asosida deputatlar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, bu borada mas’uliyatni kuchaytirish masalalarida takliflar berildi. Doimiy komissiya tegishli qaror qabul qildi.
Shu o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlab o‘tmasak bo‘lmaydi. Bu sessiyada, doimiy komissiya yig‘ilishilarida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash masalasi bilan bog‘liq. To‘g‘risi, deputatlar, partiya guruhlarimiz, biron masalani o‘rganib, sessiya yoki doimiy komissiya muhokamasiga kiritish bilan cheklanib qolayotgan holatlar yo‘q emas. Elektorat manfaatlari himoyasiga xizmat qiladigan masala o‘rganilib, takliflar ishlab chiqilgach, tegishli qaror qabul qilinsa-yu, uning ijrosi ta’minlanmasa, bundan kimga nima foyda? Shunday ekan, partiya guruhlarimiz va tashkilotlarimiz bu borada qat’iyatliroq bo‘lishi zarur.
Buning uchun partiyamiz kengashlari va guruhlarining o‘zaro hamkorligi, xabardorligini kuchaytirishimiz talab etiladi. Umuman, oldimizda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar hali juda ko‘p. O‘tgan yili zimmamizga yuklatilgan vazifani to‘liq bajardik, yetarlicha tashabbus ko‘rsata oldik, deb ayta olmayman. Atrofga sinchkovlik bilan nazar tashlasak, e’tiborimizdan chetda qolib ketgan masalalar oz emas.
Viloyatimiz taraqqiyoti bilan bog‘liq qarorlarning ijrosi, mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi, bandlik masalalarining ijobiy hal etilishida, ayniqsa, deputatlarimiz faol va talabchan bo‘lmog‘i lozim. Afsuski, bu borada ayrim mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarimizga qat’iyat, tashabbuskorlik yetishmayapti. Xususan, o‘tgan yili Karmana, Nurota, Xatirchi tumanlarida Saylovoldi va Harakat dasturlari ijrosini ta’minlash jarayonlari qoniqarli tashkil etilmadi.
Viloyatimizdagi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, sanoat korxonalarida ish boshlagan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, bu masalani doimiy nazoratga olish zimmamizdagi eng katta vazifalardan biridir.
O‘tgan yili mahalliy Kengashlardagi O‘zXDP guruhlari a’zolari tomonidan hududlarni obodonlashtirish, kommunal xizmat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalarda 140 dan ortiq deputatlik so‘rovi yuborildi. Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan murojaatlar asosida tahlil qiladigan bo‘lsak, bu ancha past ko‘rsatkich ekani ayon bo‘ladi.
Bugun kimki, ayniqsa, siyosiy partiya faoli, deputat kechagi tushuncha, kechagi dunyoqarash bilan ishlaydigan bo‘lsa, qattiq yanglishadi. Bizning faoliyatimizni saylovchilar, elektorat vakillari ko‘rib, kuzatib turibdi, aniq natijalar, amaliy ishlarni kutyapti. Shuning uchun partiyamiz Saylovoldi dasturi ijrosiga munosib hissa qo‘shishimiz, o‘zimizga bildirilgan ishonchni oqlashimiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |