Gaz konlarini ishga tushirishda quduqlarni joylashtirish
Reja
1. Gazlilik maydonida quduqlami joylashtirish. Quduqlami joylashtirish tizimining asosiy turlari
Gaz konlarini ishga tushirish tizimi deb qatlamda gaz, kondensat va suvning harakati jarayonini boshqarish bo'yicha bajariladigan texnik tadbirlar majmuasiga aytiladi. Bu texnik tadbirlar majmuasiga quyidagi tadbirlar kiradi:
1) gazli maydon va tuzilma bo’ylab qazib chiqaruvchi, haydovchi va kuzatuv quduqlar sonini aniq joylashtirish;
2) quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini o'rnatish:
3) quduqlarni ishga tushirishni hisob-kitob qilingan tartibda amalga oshirish;
4) qatlam energiyasi muvozanatini saqlab turish.
Gaz uyumlari gazli maydonda har xil formada bo'lishi mumkin: oval, aylana, to’g ’ri burchakIi va h.k.Kon hududlari bir-biridan relyefi. tuprog'i, qurilishi bilan farq qiladi. Gazli kollektor umumiy holda litologik tarkibi va geologo-fizik parametrlarining maydon va kesma bo'yicha ozgaruvchanligi bilan xarakterianadi. Bu sabablar qazib chiqaruvchi, haydovchi va kuzatuv quduqlarini gazli maydon va tuzilma bo’yicha joylashtirishning turli usullariga asos bo'ladi.Quduqlarni gaz koni maydonida ratsional joylashtirish masalasi murakkab texnik-iqtisodiy masaladir. Ko’rib chiqiladigan gaz yoki gazkondensat konida quduqlarni joylashtirishning turli xil turi tanlangan bo’lishi mumkin. Quduqlarni joy lashtirish tizimi konni ishlash va jihozlashning barcha texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Quduqlarni joylashtirishning ratsional tizimi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar orqali asoslanadi.
Tabiiy gaz konlarini ishlash nazariyasi va amaliyotida quduqlarni joylashtirishning quyidagi tizimlari keng tarqalgan:
1) quduqlarni bir tekis to'rtburchak yoki uchburchak to’r bo’yicha joy lashtirish (1-rasm);
1-rasm. Quduqlarni bir tekis to'rtburchak (a) yoki uchburchak (b) to’r bo'yicha joylashtirish
2) quduqlarni halqasimon yoki zanjirli to’r shaklida joylashtirish (2 va 3- rasmlar);
2-rasm 3.8-rasm.
Quduqlarni halqasimon to'r shaklida joylashtirish Quduqlarni zanjirli to'r shaklida joylashtirish
3) quduqlarni uyum markazida joylashtirish (4-rasm):
4-rasm.Quduqlarni uyum markazida joylashtirish
4) quduqlarni shoxsimon ko'rinishda joylashtirish (5-rasm);
5-rasm. Quduqlarni shoxsimon ko'rinishda joylashtirish
5) gazlilik maydon ustiga quduqlarni notekis joylashtirish (6- rasm).
6-rasm. Gazlilik maydoniga quduqlarni notekis joylashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |