MAVZU: “MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY JAHON FANI VA MADANIYATI RIVOJIGA ULKAN HISSA QO’SHGAN ALLOMA”
REJA:
1. Mahmud Az-zamaxshariy hayoti
2. Mahmud Az-zamaxshariyning ilmiy faoliyati
3. Mahmud Az-zamaxshariyning “Al-Kashshof” va “Al-Mufassal” asarlarining ilmiy ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlogʻi (hozirgi Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida) da dunyoga kelgan. Ilmga boʻlgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom (Suriya), Bagʻdod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik sanʼatini, arab maqollari va urf odatlarini chuqur oʻrganshiga sabab boʻladi. U mintaqa georafiyasiga doir maʼlumotlar toʻplaydi. Mahmud az-Zamaxshariy turli soha ilmlariga doir 50 dan ortiq asar yozib qoldirdi. Ayniqsa uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bagʻishlangan „Al-Mufassal“, Qur’oni Karim tafsiriga(sharh) oid „Al-Kashshof“ asari butun musulmon olamida mashhurdir. Mahmud az-Zamaxshariy „Jorulloh“ („Ollohning qoʻshnisi“), „Arab va gʻayri arablar ustozi“, „Xorazm faxri“ kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlangan. Qohiradagi mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining talabalari hozir ham „Al-Kashshof“ asosida Qur’oni Karimni oʻrganadilar. Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda Oʻzbekistonda uning 920 yilligi keng nishonlandi
Az Zamaxshariyning ko‘plab asarlari arab tili va grammatikasiga bag‘ishlangan. Xususan, “Al-Mufassal” asari bir yarim yil ichida, 1121 yil Makkada yozilgan.
“Al-Mufassal” Sharqda va G‘arbda arab tili va grammatikasini batafsil o‘rgatuvchi yirik asar sifatida ma’lum. Arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal” kitobi ahamiyatiga ko‘ra, arab olimi Sibavaxxning asarlaridan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi, deb hisoblanadi. Bu Az Zamaxshariy asari o‘z vaqtida qanchalik qadrlanganligini ko‘rsatadi.
Ushbu asar qo‘l yozmasi Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Uning ma’naviyat va ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlari axloq, tarbiya, nasihat doirasida bayon qilingan. Masalan, u maqtovga, yolg‘on g‘urur, ezmalik va safsatabozlikka berilmaslikka chorlaydi: “Agar kimdur o‘zining kelib chiqishi bilan maqtansa, bu sarob kabi zohiriydir”, “Haqiqat va nomus yo‘li o‘rmondagi arslon qadami bilan tenglashadi”, “Savdogarning hurmati va nufuzi uning hamyonida, olimniki - kitobida”, “Til orqali (ruhiy) madad moddiy madaddan ustundir”. Umuman, az Zamaxshariy bilim va umuminsoniy sifatlar orqali erishish mumkin bo‘lgan iroda haqida, insoniyatni farovonlik va xotirjamlikka intilishi haqida yozgan.
Hayotligida uni “Butun dunyo muallimi”, “Barcha arablar va boshqa xalqlar muallimi”, “Allohning qo‘shnisi”, “Xorazm shuhrati” va boshqa nomlar bilan ulug’lashgan.
1144 yil ona diyori Xorazmda vafot etgan. Gurganjga dafn etilgan.
Az Zamaxshariyning hayot va insonlar haqidagi ayrim naqllari:
Savdogarning nufuzi uning hamyonida.
Olibsotar - ovchining iti.
Ayol kishi sening qalbing usiz yashay olmasligini xis etsa, demak, u burningni yerga ishqalaydi.
Doim birovni qoralovchi inson yuqori muvaffaqiyatlarga erishmaydi, xuddi qatronda oqartiruvchi hech narsa bo‘lmagani kabi.
Axloqsiz odamlar ko‘paygan joyda, Yaratgan ularga o‘latni yuboradi (turli ofatlar, balolar va musibatlar)
Abu-l-Qosim Mahmud binu Umar az-Zamaxshariy (1074 - 1143) - o‘rta osiyolik yozuvchi, faylasuf, amaldor. Uning asarlaridan chuqur ma’noga ega ikkita to‘plam tashkil etilgan. Qofiyaviy nasr ko‘rinishidagi ilmiy mulohaza bo‘limi u tomonidan yozilgan va “Oltin shoda” nomini olgan.
To‘liq ismi Abul Qosim Mahmud binu Umar az-Zamaxshariy 1075 yil 19 mart kuni Xorazmning Zamaxshar shahrida tug‘ilgan, yoshligida kasal bo‘lganligi bois, bir oyog‘idan ayrilgan, yog‘och oyoq yordamida harakatlangan. Jismoniy mehnatga noloyiq bo‘lganligi sabab, otasidan madrasaga o‘qishga yuborishlarini so‘raydi.
Mahmud arab tili, adabiyot, diniy fanlarni tirishqoqlik bilan o‘rganadi. Husnixat ilmini o‘rganib, ayrim vaqt mobaynida u orqali pul topgan.
Bilimni chuqurroq o‘rganish ishtiyoqida u Buxoroga ketadi. Buxoroda Xorazm shohlariga xizmat qilib, hukmdorga yaqinlashishga harakat qiladi. Kerakli e’tiborga ega bo‘lmagach, o‘z umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun boshqa mamlkatlarga yo‘l oladi. 1118 yil og‘ir kasallikdan so‘ng kimgadur xizmat qilishdan bosh tortadi va butun umrini ilm-fanga bag‘shida etadi.
Az Zamaxshariy Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bog‘dod, Xijoz va ikki marotaba Makkada bo‘lgan. Qayerda bo‘lmasin, doim ilmiy ishlarini davom ettirgan, lug‘atni va arab tili grammatikasini, mahalliy qabilalar munozaralarini, maqolalarini, an’analarini chuqur o‘rgangan. U qit’a jo‘g‘rofiyasi bilan bog‘liq turli ma’lumotlar to‘plagan.
Uning ko‘plab asarlari Makkada yozilgan. Makkada u 5 yil yashagan va unga faxriy “Jorulloh” (Allohning qo‘shnisi) nomi berilgan.
Az Zamaxshariy Makkadan qaytgach, bir necha yil Xorazmda yashaydi. Hijriy 538 (1144 yil 14 aprel) yil oqshomda olamdan ko‘z yumgan.
Az Zamaxshariy o‘z davrining yirik tarixshunosi, jo‘g‘rofiyachisi, adabiyotshunosi, tilshunosi, pedagogi va shoiri hisoblanadi. Uning qalamiga mantiq, grammatika, din, lug‘at, adabiyot, adabiyotshunoslik, pedagogika, tarix va jo‘g‘rofiyaga oid 50 dan ziyod ishlar mansub. U bilimlarini kitoblari va o‘quvchilari orqali tarqatgan. Uning ko‘plab asarlari bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Gunohkorlarning sodiq do‘sti bo‘lmaydi.
To‘g‘ri yo‘lda ketuvchi insonning qadam tashlashi arslonnikidan ham ulug‘vorroqdir.
Halol inson doim tinchlikda, xotirjamlikda, soqin va doim yomonlik haqida o‘ylovchi esa doimiy halokatga mahkumdir.
Ko‘hna Xorazm zaminida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul Qosim Zamaxshariy ana shunday ulug‘ siymolardan biridir.
Mutafakkirning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar Zamaxshariy bo‘lib, 1075 yil 19 martda Xorazmning katta qishloqlaridan biri – Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topdi. Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar, asosan, o‘rta asr arab manbalarida keltiriladi. Otasi unchalik badavlat bo‘lmasa-da, savodli, taqvodor, diyonatli kishi bo‘lgan va aksar vaqtini Qur’on tilovati-yu namoz o‘qish bilan o‘tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Zamaxshariyning onasi ham taqvodor, dindor ayollardan hisoblangan.
Alloma haqidagi manbalardan ma’lumki, uning bir oyog‘i yog‘ochdan bo‘lib, tarixchilar bu haqda: “Bir oyog‘i yog‘ochdan edi va uzun yaktagini tushirib kiygani uchun ko‘rgan odam uni cho‘loq deb o‘ylardi”, – deb yozganlar. Og‘ir illat tufayli u yoshligidan bir oyoq bo‘lib qolgan va shundan so‘ng otasi uni endi og‘ir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand o‘sgan Mahmud otasidan o‘zini madrasaga o‘qishga yuborishni so‘raydi. O‘g‘lidagi ilmga bo‘lgan zo‘r ishtiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi.
Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi ilmlar orasida zo‘r iste’dodini namoyon qila boshlaydi. U madrasada o‘qitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallashga kirishadi, o‘sha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallab, o‘z tirikchiligini birqadar tuzatadi. So‘ng talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi.
Zamaxshariy Buxoroda o‘qishni tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan shug‘ullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib e’tibor ko‘rmagach, o‘zga yurtlarga safar qiladi, maqsadlarining ushalishiga umid bog‘laydi.
1118 yili Zamaxshariy og‘ir dardga chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach esa hukmdorlar xizmati, mansab va mol-dunyodan mutlaqo voz kechadi, qolgan umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlashga, asarlar ta’lif etishga astoydil qaror qiladi.
Zamaxshariyning o‘z davri ilmlarini to‘liq egallashga, olimlik darajasiga yetishishida, shubhasiz, ustozlarining xizmati benihoya katta bo‘lgan. Mana shunday ustozlardan biri – til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jarir Dabbiy Isfahoniydir. Isfahoniy Xorazmda ham bir qancha muddat yashagan. Bu o‘lkada mo‘’taziliylar ta’limotining joriy bo‘lishi ham mana shu Isfahoniy nomi bilan bog‘liqdir. Zamaxshariy Bag‘dodda shayxulislom Abu Mansur Nasr Xorisiy, Abu Saad Shaqqoniy, Abul Xattob ibn Abul Batar kabi mashhur olimlardan hadis ilmidan tahsil oldi. Makkada bo‘lganida esa nahv va fiqh bo‘yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh Yabiriy Andalusiy, shayx Sadid Xayyatiy, lug‘at ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn Xadar Javoliqiy kabi mashhur olimlardan o‘rgandi.
Zamaxshariy hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod va Hijozda, ikki marta Makkada bo‘ldi. Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi, arab tili grammatikasi va lug‘atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf-odatlarini chuqur o‘rgandi, bu mintaqa geografiyasiga oid xilma-xil ma’lumotlarni to‘pladi. Adib ko‘p asarlarini Makkaligida yaratadi. O‘z hayotida chuqur iz qoldirgan Makkada Zamaxshariy besh yilcha yashaydi. Shu boisdan u Jorulloh (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli laqabga muyassar bo‘ladi.
O‘z davrining yirik olimi darajasiga ko‘tarilgan Zamaxshariyning Xorazmda ham, Sharqning boshqa ko‘pgina shaharlarida ham ko‘pdan-ko‘p shogirdlari bo‘lgan, alloma ko‘p vaqtini o‘shalarga bag‘ishlardi. U qarindoshurug‘larining qiyin-qistovlariga qaramasdan, hayotida biror marta ham uylanmagan. Ilmiy asarlar yaratish va munosib shogirdlar tayyorlashni farzand o‘stirishdan a’lo deb hisoblagan. Zamaxshariy oxirgi marta Makkadan qaytib Xorazmda bir necha yil yashaydi va 1144 yil 14 aprelda vafot etadi.
1333 yili Xorazmda sayohatda bo‘lgan mashhur arab sayyohi ibn Battuta (1304–1377) “Ar-Rihla” (“Sayohatnoma”) asarida Zamaxshariyning ustida qubbasi bo‘lgan maqbarasini ko‘rganini yozadi.
Buyuk mutafakkir Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid elliqdan ortiq asarlar yaratgan, ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan.
Arab tilshunosligi va grammatikasining turli tomonlariga oid asarlar Zamaxshariy ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. Jumladan, arab tili grammatikasiga oid “Al-Mufassal” (1121 yil) nomli asarini u Makkada yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan.
Zamaxshariyning xorazmshoh Alouddin Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozilgan “Muqaddamat ul-adab” asari alohida ahamiyatga egadir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, xorazmshohlar davrida ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiy qilgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa, xorazmshoh Otsiz olimlar, shoiru adiblarga hurmat bilan qarar, o‘zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotga qiziqqan, bilimdon odam edi. Uning davrida ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida bir qancha xayrli ishlar amalga oshirilgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak, Zamaxshariy “Muqaddamat ul-adab”ni uning nomiga bag‘ishlab yozgan. Asar besh katta qismga bo‘lingan bo‘lib, otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgartishlari va fe’l o‘zgarishlari haqida bahs yuritadi. Asar 1137 yillari yozib tugallangan.
Zamaxshariy o‘z asarida o‘sha davr arab tilining iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta e’tibor qilgan. Shu boisdan ham Zamaxshariyning bu yirik asarini mazkur yo‘nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga haqlimiz. “Muqaddamat ul-adab”ning arab, fors, turkiy-o‘zbekcha, mo‘g‘uliy so‘zlik kiritilgan qo‘lyozmalari mavjud.
Zamaxshariy Makka amiri, olim va adib Abul Hasan Ali ibn Hamza ibn Vahhos as-Sulaymon bilan do‘st edi. Ibn Vahhos o‘z mamlakatining geografiyasi bilan juda yaxshi tanish bo‘lgan. Zamaxshariy ibn Vahhos ma’lumotlariga tayanib, o‘zining Hijozga qilgan safaridan olgan shaxsiy kuzatishlari asosida yozgan “Kitob ul-jibol val-amkina val-miyoh” (“Tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob”) nomli asarida jug‘rofiy joylar, tog‘lar va dengizlarga doir qimmatbaho ma’lumotlar keltiradi.
Zamaxshariy adabiyot, tafsir, hadis, fiqh ilmlari bo‘yicha ham mukammal asarlar yaratgan.
Olimning “Asos ul-balog‘a” (“Balog‘at asoslari”) asari, asosan, lug‘atshunoslikka bag‘ishlangan. Unda arab tilining fasohati, mukammalligi haqida so‘z boradi. Fikrni chiroyli ibora va so‘zlar bilan ifodalash, so‘z boyligidan ustalik bilan foydalanish uchun kishi fasohat, balog‘at ilmlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. Buning uchun so‘zni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlatish, qoidaga muvofiq so‘zlash va yozish ham kerak bo‘lgan. Bu asarda adabiyotning asosiy qismlari, frazeologik so‘z birikmalari, ularni amalda tatbiq etish yo‘llari chuqur tahlil qilingan.
“Atvoq uz-zahab fil-mavoi’z val-xutab” (“O‘git va nasihatlarning oltin shodalari”) asari nasihatomuz maqolalar to‘plamidan iborat. Asar birinchi marta 1835 yili olmon olimi Fon Xomir tomonidan nemischaga tarjima qilinib, arabcha matni bilan nashr etilgan.
Zamaxshariyning “Rabi’ ul-abror va nusus ul-axyor” (“Yaxshilar bahori va fozillar axbori”) asarida adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar, latifalar, suhbatlarning eng saralari jamlangan, 97 bobdan iborat bu asarning nodir bir qo‘lyozma nusxasi Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Bundan tashqari, Leyden, Berlin kutubxonalarida ham qo‘lyozmalari mavjud.
Zamaxshariyning g‘oyatda keng tanilgan “Kashshof an haqoiq it-tanzil va uyun ilaqovil fi vujuh it-ta’vil” (“Qur’on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so‘zlar ko‘zlarini ochish”) asari Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan. “Kashshof” Zamaxshariy Makkada turgan paytida, uch yil davomida (1132– 1134) yozilgan.
Zamaxshariyning chuqur bilimi, dahosi va fanning turli sohalariga oid o‘lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun musulmon Sharqida unga katta shuhrat keltirgan. Allomani chuqur hurmat va mehr bilan “Ustoz ul-arab val-ajam” (“Arablar va ajamlar ustozi”), “Faxru Xvarazm” (“Xorazm faxri”) kabi sharafli nomlar bilan ataganlar. Mashhur olimlar, shoirlar, adiblar davrasida u doimo peshvolardan biri bo‘lib, qizg‘in ilmiy bahslar, munozaralarda uning fikri inobatga olinardi.
Dunyoda tillar ko`p, shevalar , lahjalar bisyor. Lekin shunday bo`lsa-da , har birining o`zgacha tarovati, o`zgacha jozibasi bor. Bugun biz fikr yuritmoqchi bo`lgan tilimiz – arab tilidir. Qadimiy tillar sarasiga kiruvchi ushbu Arab tili, boshqa qadimiy tillardan so`z boyligi, yozilish uslublarining go`zalligi bilan ajamiy tillardan ajralibgina qolmay, Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni karim ham ushbu tilda nozil bo`lgan. Shu o`rinda arab tilining asosiy manbasi bo`lgan Qur’oni karimning, shu’aro surasi 195- oyatida arab tilining bayon etilish uslubiga ko`ra: “ Ochiq-oydin arab tilida.”- deb ta’rif berilgan.
Arab tili kelib chiqishi jihatidan “somiy” tillar oilasiga mansub tillardan hisoblanib, bugungi kunimizda yigirmadan oshiqroq mamlakatlarning davlat tilidir. Arab tilida Yaqin va O`rta Sharq (Saudiya Arabistoni yarim oroli, Suriya, Iroq, Livan,Yaman va hokazo), Afrikaning Shimolidagi (Misr, Niger, Kamerun va hokazo) aholisi so`zlashadi. Klassik arab tili hozirgi zamonaviy so`zlashuv arab tilidan anchagina farq qilsa-da, rasmiy telekanallar, nashrlarda hamon mumtoz arab tilidan foydalaniladi.
Mumtoz arab tili haqida gap borar ekan, shu o`rinda buyuk bobokalonimiz Abu Qosim Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlarini arab tilining rivojlanishiga qo`shgan ulkan hissalarini, yozgan buyuk ilmiy kitoblarini eslab o`tsak va naqadar Allohning rahmati yog`ilgan bir go`zal yurtda tug`ulibgina qolmasdan, mana shunday zabardast, ulug` va mutafakkir zotlarning avlodi bo`lib dunyoga kelganimizga har qancha shukur qilib o`tsak ozdir.
Qosimning otasi deya nisbat berilgan bu ulug` zotning asl ismi Abu Qosim Mahmud ibn Umar Az-Zamaxshariydir. Olim hozirgi Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumani hududida bo`lgan, eskitda Zamaxshar deb atalgan qishloqda, 1075-yilning 19-mart kuni dunyoga kelgan.
Uning otasining ismi Umar bo`lib, o`sha davrning boy bo`lmagan o`rtahol kishilaridan edi. Ko`p vaqtini Qur’on tilovati ila mashg`ul bo`lishidan uning savodli, diyonatli, taqvoli ekanligi sezilib turardi. Namozlarini Zamaxshardagi bir masjidda imom bo`lgan holida qoyim qilardi. Farzandiga kelajakda olim bo`lib yetishishiga tamal toshini qo`yib bergan, uni haqqiga ko`pdan-ko`p va uzundan-uzun duolar qilgan kishilardan biri edi. Onasi ham otasiga monand taqvoli, dindor, soliha ayollardan edi.
Mahmud Az-Zamaxshariy bolalik chog`laridanoq ilmga tashna, aqlli, ziyrak bola bo`lib o`sdi. Yoshligida ro`y bergan baxtsiz hodisa tufayli, u bir oyog`idan ayrilib qoldi. Bo`lgan voqeadan uning ota-onasi juda ta’sirlanib, bolasining kelajagi haqida qayg`urishar edi. Otasi: “endi o`g`lim og`ir mehnatga yaramaydi, mendan so`ng muhtojlik ko`rmasin”- deb, Mahmudni kiyim tikish ustaxonasiga , shogirdlikka bermoqchi bo`ladi. Ammo bo`lajak alloma otasidan, “ta’lim olish uchun meni madrasaga bersangiz”- deb iltimos qiladi. Shu tariqa, Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari otasining roziligi bilan, Buxoroi sharifdagi madrasaga o`qishga jo`naydi.
Tarix kitoblarida, tarixchilar Mahmud Az-Zamaxshariy haqlarida shunday deb keltirishadi: “Bir oyog`i yog`ochdan edi, uzun yaktak kiygani uchun , ko`rgan odam uni cho`loq deb o`ylardi”. Haqiqatda bo`lajak olimni bir oyog`i kesilishi, uni ilm deb atalgan mashaqqatli yo`lda, zafar quchib yurishdan charchatmadi va o`zi orzu qilgan martabaga erishdi.
Mahmud Az-Zamaxshariy madrasaga o`qishga kirgungacha ham, tolibi ilmlar ichida, o`zining fanlarning turli sohalariga bo`lgan qiziqishi va o`tilgan darslarning puxta o`zlashtirishi orqali ham tengqurlari ichida e’tiborli edi. U, ayniqsa, diniy fanlarga, xususan arab tili va adabiyotiga o`zgacha mehr, bor kuch va quvvatini sarfladi. Hattoki, o`sha paytlarda xattotlikni yaxshi o`rganganidan, hayotiy ehtiyojlari uchun kerak bo`ladigan mablag`ni ham o`zi ishlab topardi. Uni tirishqoqligi, ilmga bo`lgan muhabbati va sarflayotgan kuch-quvvati besamar ketmayotganidan dalolat berib turar edi. Mana shu intilishlari, orzu va umidlari, uni, balki Buxoroi sharifdagi madrasaga boshlab kelgan bo`lsa ajab emas!
Mahmud Az-Zamaxshariy madrasada diniy bilim oldi va o`zida bor bo`lgan bilimlarini mukammallashtirib bordi. Madrasani tugatib qaytgan yillari u Xorazmshohlar xizmatiga bel bog`ladi. Hukmdorlar bilan yaqin munosabat shakllantirishga urinib ko`rdi. Lekin Mahmudning bilimiga, ko`rgan shuncha yillik ta’limiga hukumat raislari tarafidan, kotiblikdan boshqasi e’tiborli ko`rilmagach, bir necha yillik xizmatdan keyin u saroydan bosh olib ketdi. 1118-yilda qattiq betob bo`lib qoldi. Kasallikdan forig` bo`lgach, hukmdorlarning xizmati-yu, hashamatli saroylarda hayot kechirishdan batamom voz kechdi.
Umrining qolgan qismini ilm olishga, komil inson siymosida o`zini ko`rishga, fanlarni rivojlantirishga, yozilgan asarlarni sinchiklab o`rganishga astoydil qasd qildi.
Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari Buxoroi sharifdagi madrasani tamomlagandan so`ng, ilk bor ilm talabida, avval Marv, so`ng Nishopur, Isfahon, Shom (hozzirgi Suriya davlati), o`sha davrning markaz shaharlaridan bo`lgan Bag`dod, Hirot ( hozzirgi Afg`oniston islom respublikasi), Hijoz ( ikki marta) va Makkai mukarramaga safar qildi va o`sha yurtlarda umr guzaronlik qilib, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar: aqoid, fiqh, balog`at, hadis kabi va yana xattotlik san’atini mukammal darajada o`rgandi. Arab tili va adabiyotiga bo`lgan kuchli muhabbati tufayli, arab dunyosida avloddan avlodga o`tib kelayotgan maqollar, urf-odatlarni chuqur tahlil qilishiga sababchi bo`ldi. Alloma juda ko`plab ilmiy ishlar, tahliliy izlanishlar olib borib, 50 dan ortiq turli sohalarga bog`liq bo`lgan ilmiy kitoblar yaratdi.
Maxmud Az-Zamaxshariy hazratlari Makka shahrida yashagan vaqtlarida, sermahsul ijod qildi. Mintaqa geografiyasiga oid juda ko`plab, xilma-xil ma’lumotlarni to`pladi. Alloma bundan tashqari, mahalliy qabilalarning lahjalarini o`rganib chiqdi. U Makkada 5 yil hayot kechirdi va ko`plab asarlari aynan shu yerda dunyo yuzini ko`rdi. Shu boisdan ham Makka tuprog`i olimning ko`nglida juda chuqur iz qoldirgan va insonlar tarafidan “Jarullohi”, ya’ni “Allohning qo`shnisi ” degan yuksak nomga sazovor bo`ladi.
Hazratning asarlari haqida suhbatlashishdan oldin, bu ulug` zotning ustozlari haqida ham qisqacha ma’lumot olsak.
Albatta, allomaning mana shunday yuksak marralarni zabt etishida, o`z davrining ilmlarini puxta egallashida va kelajakda yetuk olim bo`lib yetishib chiqishida uning ustozlarini o`rni benihoya katta bo`lgan.
Ana shunday ustozlaridan biri – til, lug`at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jarir Dabbiy Isfahoniydir. Isfahoniy ham Xorazmda bir qancha muddat yashagan. Bu o`lkada mu’taziliylar ta’limotining joriy bo`lishi ham ana o`sha Isfahoniy nomi bilan bog`liqdir. Isfahoniy Urganchda kuchli mu’tazila maktabini ochgan. Mahmud esa ustozining diniy qarashlarini qo`llab-quvvatlagan.
Mahmud Az-Zamaxshariyning yana bir qancha ustozlari Abu Mansur Nasr Xorisiy, Abu Saad Shaqqoniy, Abul Xattob ibn Batar kabi o`z davrining mashhur olimlaridan hadis ilmidan tahsil oldi. Makka shahrida o`qib yurgan davrlarida esa naxv va fiqh bo`yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh Yabiriy Andalusiy, shayh Sadid Xayatiy, lug`at ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn Xadar Javloqiydek mashhur olimlardan oldi.
O`z davrining yirik olimi darajasiga ko`tarilgach, Zamaxshariy hazratlarining Xorazmda ham, Sharqning boshqa ko`pgina shaharlarida ham ko`pdan-ko`p shogirdlar bor edi va alloma ko`p vaqtini ular bilan o`tkazar edi. Qarindosh- urug`larninga tanqid va qistovlariga qaramasdan, umri davomida bir marta ham uylanmadi. Ilmiy asarlar yaratishni va munosib shogirdlar tayyorlashni, farzand o`stirishdan muhim deb hisobladi.
Shuning uchun bo`lsa kerak,Maxmud Az-Zamaxshariy hazratlari “Arab va arab bo`lmaganlarning ustozi”, “ Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug`langan.
Olim arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag`ishlangan “Al-Mufassal”, Qur’oni karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” kabi asarlari, butun musulmon dunyosida juda ham mashhurdir. Qohiradagi mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining tolibi ilmlari ayni vaqtgacha ham “Al-Kashshof” asari asosida Qur’oni karimni o`rganib kelishmoqda. Buyuk olim, filolog va jug`rofiy fanlar bilimdoni Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari Makka shahridan Xorazm diyoriga qaytib, bir necha yil shu yerda yashadi. Alloma 1144-yil 14-aprelda bu yorug` olamni tark etadi.
Lekin shunday bo`lsada,Mahmud Az-Zamaxshariyning hayoti tarix sahifalarida, buyuk asarlari bilan o`chmas iz qoldirdi. Kelajak avlodga haqiqiy olim qanday bo`lishi kerakligini, o`zining sa’y-harakatlari bilan, ilm yo`lidagi chekkan mashaqqatlari bilan, o`z yurtidan ayro bo`lsa ham maqsadlari tomon olg`a qadam bosishi bilan ko`rsatib bera oldi.
1333- yilda Xorazmga safar qilgan, mashhur arab sayyohi ibn Battuta (1304-1377) “Ar-Rixla”, ya’ni “Sayohatnoma” asarida, Zamaxshariyning ustida qubbasi bo`lgan maqbarasini ko`rganligi haqida yozadi.
Buyuk mutafakkir olim Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari arab tili grammatikasi, lug`atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga doir ellikdan ortiq asarlar yozgan. Ammo ushbu asarlardan kam sonlisi bizning davrgacha yetib kelgan. Zamaxshariy hazratlari “Al-Mufassal” asarini 1121- yilda Makka shahrida istiqomat qilgan paytlari, bir yarim yil mobaynida yozib tugatgan.
Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari xorazmshohlardan bo`lgan Alouddin Abdulmuzaffar Otsizga bag`ishlab, “Muqaddamat ul-adab” asarini yozadi. Xorazmshohlar davrida mintaqada ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiyotga erishgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa Otsiz olim, shoiru adiblarga ancha hurmat bilan qarar, o`zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotning chin ixlosmandlaridan edi. U yashagan davrda ilm-fan yuqori darajaga yetganidan bo`lsa kerak, Zamaxshariy hazratlari “Muqaddamat ul-adab” asarini unga bag`ishlab yozdi.
“Muqaddamat ul-adab” kitobi besh katta qismga bo`lingan bo`lib, o`z ichiga otlar, fe’llar, bog`lovchilar, ot o`zgarishlari va fe’l o`zgarishlari haqidagi ma’lumotlarni oladi. Asar 1137- yilda yozib tugallangan.
Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari o`z asarlarida o`sha davrdagi arab tilida iste’molda bo`lgan barcha so`zlar, iboralarni keng ochib berishga harakat qilgan. So`zlarning etimologiyasiga katta e’tibor qaratadi. Shu boisdan, Zamaxshariyning ushbu asarini, mazkur yo`nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga to`la haqlimiz. “Muqaddamat ul-adab”ning arab, fors, turkiy, mo`g`uliy lug`atlar kiritilgan nusxalari ham mavjud.
Alloma Makka amiri, olim va adib Abul Hasan ibn Hamza ibn Vaxxos As-Sulaymoniy bilan do`st edi. Ibn Vaxxosdan olgan ma’lumotlariga asoslanib, Hijozga qilgan safari davomida “Kitob ul-jibol val-amkina val-miyoh”, ya’ni “Tog`lar, joylar va suvlar haqida kitob” nomli asar yozib, unda joylar, tog`lar va dengizlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
Olim adabiyot, tafsir, hadis, fiqhga doir mukammal asarlar yaratdi.
Allomaning “Asos ul-balog`a”, ya’ni “Balog`at asoslari” asari, asosan lug`atshunoslikka bag`ishlanadi. Ushbu asarda arab tilining mukammalligi, fasoxati borasida so`z boradi. Fikrni chiroyli tarzda ifodalash, so`z boyligidan to`g`ri foydalanish uchun kishida fasoxat, balog`at ilmlari bo`lishi kerak. Buning uchun so`zni o`z o`rnida ishlata bilish va qoidalarga muvofiq yozish ham kerak bo`lgan. Bu asarda badiiylikning asosiy qismi frazeologik so`z birikmalari va ularni amalda tatbiq etish yo`llari chuqur tahlil qilingan.
“ Atvoq uz-zahab fil-mavoiz val-xutab”, ya’ni “O`git va nasihatlarning oltin shodalari” asari nasihatomuz maqolalar to`plamidan iborat. Asar birinchi marta 1885-yil Olmoniya olimi Fon Xomir tomonidan nemischaga tarjima qilinib, arabcha matni bilan birga keltiradi.
Zamaxshariy hazratlarining “Robi ul-abror va nusus ul-axyor”,ya’ni “ Yaxshilar bahori va fozillar axbori” asarida adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar, latifalar, suhbatlarning eng saralari jamlangan, 97 bobdan iborat bu asarning nodir bir qo`lyozma nusxasi Toshkentda, O`zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Bundan tashqari, Leydin, Berlin kutubxonalarida ham qo`lyozmalari mavjud.
Arab tilshunosligi rivojida arablardan tashqari boshqa xalqlar olimlarning hissasi katta, ana shunday olimlardan biri Mahmud Zamaxshariydir. U hijriy 467-yil rajab oyining 27-kun (milodiy 1045-yilning 19-martida , Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida tavvalud topgan. Shunga ko’ra Zamaxshariy tahallusini olgan. Uning otasi o’z davrining ilmli kishilaridan bo’lib, Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Masjidda Imomlik qilgan. Onasi ham savodli, oqila, fozila ayollardan bo’lgan.
Arab tilshunosligi rivojida arablardan tashqari boshqa xalqlar olimlarning hissasi katta, ana shunday olimlardan biri Mahmud Zamaxshariydir. U hijriy 467-yil rajab oyining 27-kun (milodiy 1045-yilning 19-martida , Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida tavvalud topgan. Shunga ko’ra Zamaxshariy tahallusini olgan. Uning otasi o’z davrining ilmli kishilaridan bo’lib, Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Masjidda Imomlik qilgan. Onasi ham savodli, oqila, fozila ayollardan bo’lgan.
Al-Zamaxshariy dastlab otasi ko’magida savod chiqardi. So’ng Xorazmdagi madrasada tahsil ko’rdi. O’z bilimini yanada kuchaytirish niyatida Buxoroga keldi. Chunki Buxoro somoniylar davridan boshlab ilm-fan markaziga aylangan, bu yerda ilm-fanning dunyoga dong taratgan vakillari yig’ilgan edi. U Buxoroda o’qishni tugatgach bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo’ldi. Shu vaqtda Xorazmshohlar davlati saljuqiylar saltanatiga bo’ysunar edi. Saljuqoylar hukumdori Malikshoh va uning vaziri Nizom-ul Mulk fan madaniyat homiysi sifatida dunyoga tanildi. Bir qancha shaharlarda sunniy mashabi bo’yicha shariatni o’rganadigan madrasalar qurdirdi. Bu madrasalar Nizomiy nomi bilan yuritildi. Xorazmda yetarli obro’ etibor topmagan Zamaxshariy Nizom-ul Mulk huzuriga yo’l oladi. Lekim Zamaxshariy mu’taziliy mashabiga mansub bo’lganligidan bu yerda ham o’z qadrini topmadi.
Zamaxshariy Muhammad ibn Anushtegin asos solgan Xorazmshohlar saltanati vujudga kelgunga qadar Bag’dod, Hamadon, Makka singari dunyoning turli shaharlarida yurib ularning olimu fuzalolari bilan tanishdi. Muhammad ibn Anushtegin taxt tepasiga kelgach Zamaxshariy o’z yurtiga qaytadi va Anushtegim mahramatidan bahramand bo’ladi. Anushtegin vafotidan so’ng uning o’g’li Otsiz ham Zamaxshariyga hurmat e’tiborda bo’lgan. Ahumga qaramay u yana Makkaga talpinadi. Makkada uni amir Ibn Baqqos uni yana izzat ikrom bilan kutib oladi. Ibn Baqqosning yordamidan ilhomlangan Zamaxshariy uning Qur’oni Karim tavsiriga bag’ishlangan “Al-Kashshof” asarini yozib tugatadi uch yil Makkada yashagandan so’ng Zamaxshariy vatanini qo’msaydi, Xorazmga qaytib bir necha yil yashadi va 538-yilning arafa kechasi (milodiy 1143-yil) Jurjoniya, hozirgi Urganchda vafot etadi. Zamaxshariy davrining buyuk olimi darajadiga ko’tarildi. U tilshunoslik, adabiyot, jug’rofiya, tafsir, hadis, fiqh va ilmi alqiroatga oid 50dan ortiq asarlar yaratdi. Ularning ko’pi bizgacha yetib kelgan. Mashhur tarixchi Ibn al-Kiftiyning etirof etishicha u o’z asrida arab tilid ijod qilgan ajamlar (arab bo’lmaganlar) orasida eng buyugi bo’lgan.
Zamaxshariy Muhammad ibn Anushtegin asos solgan Xorazmshohlar saltanati vujudga kelgunga qadar Bag’dod, Hamadon, Makka singari dunyoning turli shaharlarida yurib ularning olimu fuzalolari bilan tanishdi. Muhammad ibn Anushtegin taxt tepasiga kelgach Zamaxshariy o’z yurtiga qaytadi va Anushtegim mahramatidan bahramand bo’ladi. Anushtegin vafotidan so’ng uning o’g’li Otsiz ham Zamaxshariyga hurmat e’tiborda bo’lgan. Ahumga qaramay u yana Makkaga talpinadi. Makkada uni amir Ibn Baqqos uni yana izzat ikrom bilan kutib oladi. Ibn Baqqosning yordamidan ilhomlangan Zamaxshariy uning Qur’oni Karim tavsiriga bag’ishlangan “Al-Kashshof” asarini yozib tugatadi uch yil Makkada yashagandan so’ng Zamaxshariy vatanini qo’msaydi, Xorazmga qaytib bir necha yil yashadi va 538-yilning arafa kechasi (milodiy 1143-yil) Jurjoniya, hozirgi Urganchda vafot etadi. Zamaxshariy davrining buyuk olimi darajadiga ko’tarildi. U tilshunoslik, adabiyot, jug’rofiya, tafsir, hadis, fiqh va ilmi alqiroatga oid 50dan ortiq asarlar yaratdi. Ularning ko’pi bizgacha yetib kelgan. Mashhur tarixchi Ibn al-Kiftiyning etirof etishicha u o’z asrida arab tilid ijod qilgan ajamlar (arab bo’lmaganlar) orasida eng buyugi bo’lgan.
Mahmud Zamaxshariy buyuk olim sifatida o’zidan keyingi avlodlarga boy ilmiy meros qoldirdi. Ular ichida tilshunoslikka oid asarlari alohida qiymatga ega. Zamaxshariy garchi arab bo’lmasada arab tili grammatikasiga doir bir qancha qimmatli asarlar yaratdi. Zamaxshariy arab tili grammatikasiga doir “Al-mufassal” nomi bilan mashhur bo’lgan “Al-mufassal fi san’at il-ir’ob (Fleksiya san’ati haqida mufassal kitib. “Al-muxojat bil-masoyin an-naxviya av al-axaji an-naxviya” ( Grammatik masalalarga doir jumboqlar).
Grammatika doir asarlari ichida “Al-mufassal” arab tili morfologiyasi va simtaksisini o’rganishda muhim qo’llanma sifatida Sharqda ham G’arbda ham katta shuhratga ega bo’lgan.
Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” (adabiyotga kirish) asari tilshunoslik uchum ham katta ahamiyatga ega. Bu asar Xorazmshoh Alovuddavla Otsizga bag’ishlab yozilgan bo’lib, 5 qismdan iborat:
XULOSA
Mahmud Az-Zamaxshariyning g`oyatda keng tarqalgan mashhur “Kashshof an xaqoiq it-tanzil va uyun laqovil fiy vujuh it-tavil”,ya’ni “Qur’on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so`zlar ko`zlarini ochish” asari Qur’on tafsiriga bag`ishlangan. “Kashshof” asarini Mahmud Az-Zamaxshariy Makkada turgan paytida, uch yil davomida 1132 - yildan boshlab, 1134 - yilgacha yozib tugatadi.
Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimiz Az-Zamaxshariy hazratlari chin ma’noda, bizlar uchun katta ibrat maktabini yaratdi. Minglab o`zbek yoshlarining qalbida ilmga bo`lgan intilishini yanada jonlantirishiga turtki bo`ladigan, benazir ilmiy meros qoldirdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ko`p allomalar qatori Az-Zamaxshariy hazratlarining nomlari ham abadiylashtirildi. U zotning yozgan asarlarini o`rganish bugungi kunimizda ham davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |