Mavzu. Oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy va ma’naviy asoslari Reja



Download 32,38 Kb.
bet1/4
Sana20.02.2022
Hajmi32,38 Kb.
#460353
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. Oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy va ma’naviy asoslari


Mavzu. Oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy va ma’naviy asoslari
Reja
1.Buruch va oilaviy burch tushunchalaring mazmun mohiyati
2. Oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy va ma’naviy asoslari.
3.Oilaviy burch va ma’sulyatni anglagan, jismonan yetuk insonlar mustahkam oila tayanchi
4.Burch va mas’ulyatni anglagan yoshlar davlat va jamiyatning kelajagi.
Masalaning bayoni Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bizda obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Buning oziga xos xususiyatlari mavjud bolib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Bu iymon-eʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik burchi va boshqa burch lar bor. Burch nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yaiada uygʻunlashmoqda. Ona Vatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli burch hisoblanadi.
Oila – eng qadimiy ijtimoiy tashkilotlardan biri. Oila ko‘p asrlik an’analarga amal qilib yashaydi, inson uchun ishonchli tayanch, uning ma’naviyati va axloqiyligining o‘zagi hisoblanadi. Inson o‘z hayotining ko‘pchilik qismini o‘tkazadigan oila jamiyatda favqulodda muhim rol o‘ynaydi. Oila va oilaviy-qarindoshlik munosabatlari bo‘lmagan ijtimoiy tuzilma hech qaerda yo‘q.
Oila tarixiy-ijtimoiy hodisa sifatida kishilik jamiyatida qator vazifalarni bajarib, ham o‘zining, ham jamiyatning takomillashuvini ta’minlab kelmoqda. Oilaning dastlabki bosh vazifasi – demografik vazifadir. Sirasini aytganda, oila nainki jinsiy aloqani tartibga solish, balki zurriyotni davom ettirish ehtiyoji tufayli ham yuzaga kelgan ijtimoiy-biologik hodisa hisoblanadi.
Jahonda ayni zamonda kechayotgan demografik siyosat o‘zbek oilasini ham befarq qoldirmayotir. Xususan, mustaqillik tufayli kun tartibiga qo‘yilgan sog’lom avlod uchun kurash maqsadlari ishni sog’lom oiladan boshlashni taqozo eta boshladi. Bu hol oilani rejalashtirish masalasini keltirib chiqardi. Oilani rejalashtirish bola tug’ishni tartibga solishni anglatsa-da, bu masalada jahon demografik siyosatida ikki yo‘nalish hukm surib kelmoqda.
Birinchi yo‘nalish – oilani ixtiyoriy usulda rejalashtirish. Bunda qancha farzand ko‘rish masalasini har bir oilaning o‘zi hal qiladi. Iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ayollarning ma’lumotlilik darajasi o‘sib, ishlab chiqarishda bandliklari oshgan, shuningdek, tibbiy himoyalanish imkoniyatlari kengaygan vaziyatda bir yoki ikki farzand ko‘rish bilan cheklanish an’anaga aylangan. Bu hol, ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida tobora chuqurlashayotir. Bu mamlakatlarda demografik siyosat tug’ilishni rag’batlantirishga qaratila boshlandi. Chunonchi, Germaniya va Polshada farzand ko‘rgan oila bir yo‘la katta miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlansa, Vengriyada farzand ko‘rgan ayol birinchi yili yuz foiz, ikkinchi yili oltmish foiz miqdorida oylik maosh olib turadi. Gretsiyada esa ayol homila ta’tiliga chiqqan kunidan bolasi etti yoshga to‘lib maktabga borguniga qadar avvalgi ish joyida qancha maosh olib turgan bo‘lsa, har oyda o‘sha oyligini olib turadi va ish joyi ham saqlanadi. Bunday imtiyozning bitta sharti bor. Shart shundaki, ona o‘zi bolasini har jihatdan sog’lom etib tarbiyalalamog’i va maktabga tayyorlamog’i shart. Maktabga esa maxsus imtihon ko‘rigi bilan tanlanadi. Bola shu ko‘rik imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib maktabga qabul qilinsa, davlat etti yil davomida onaga berib kelgan maoshdan kechadi va ona avvalgi ish joyida ishini davom
ettiraveradi. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, ona etti yil ish jarayonida davlat bergan maoshni qaytarmog’i shart.
Ikkinchi yo‘nalish – oilani siyosiy yo‘l bilan davlat tomonidan rejalashtirish. Bunday demografik siyosat Osiyo va Afrika hamda Lotin Amerikasi mamlakatlarida yigirmanchi asrning o‘rtalaridan qo‘llanila boshlandi. Zero, bu davrga kelib bu mamlakatlarda tug’ilish shiddatli tus olib, aholini oziq-ovqat, kiyim-bosh va ish bilan ta’minlash o‘ziga xos muammo sifatida jiddiy tus ola bordi.
Oilani rejalashtirishga oid harakatlar, dastlab, Lotin Amerikasining Braziliya, Venesuela va Gvatemala singari mamlakatlarida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, 1950-70- yillar davomida Osiyoning Xitoy, Singapur, Tseylon, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tailand hamda Afrikaning Marokash, Nigeriya va Tunis davlatlarida ham ko‘rina boshladi. Hatto Singapurda 1945-yilda oilani rejalashtirish milliy assotsiatsiyasi tuzilib, «Oq kitob» chop etildi. 1966-yilda mamlakat miqyosida oilani rejalashtiruvchi barcha klinikalarga rahbarlik qiluvchi maxsus boshqarma faoliyat ko‘rsata boshladi, shu tadbirlar tufayli aholi tug’ilishini ikki foizga kamaytirishga erishildi.
Oilaning ijtimoiy vazifasi aslida xuddi shu zaminda, oilaning jamiyatni bunyodga keltiruvchi va sog’ligini ta’minlovchi birlik ekanligida zuhur topgandir. Zero, oila ikki jinsga mansub kishilarning – erkak va ayolning o‘zaro tengligi, muhabbati, bir-birlarini anglagan holda birgalikda yashash va ko‘payish istagining, jamiyatni to‘ldirish, eng muhimi, uni ham iqtisodiy, ham ma’naviy-axloqiy jihatdan mukammallashtirish yo‘lida birgalikda qiladigan harakatining hosilasidir.
Eng keng tarqalgan tushunchalardan bo‘lgan axloq va ma’naviyat - bir xil tushunchalardir. Birinchi nuqtai nazar bo‘yicha axloq – ong shakli va «insoniyat idealini va tarixning gumanistik istiqbolini ifodalaydigan shaxsning o‘ziga o‘zi baho berishini, barcha odamlarning baxtli va munosib hayot kechirishga intilishidagi tengligini tasdiqlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy munosabatlar turi», ma’naviyat esa amaliy hatti-harakatlar, urf-odatlar sohasidir.
Ikkinchi nuqtai nazar axloqqa ijtimoiy normalar, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy- psixologik majbur qilish hamda jamoatchilik fikri yordamida ijtimoiy hayotning
barcha sohalarida (oilada, mehnat faoliyatida, siyosatda va hokazolarda) hulq- atvorni tartibga solib turuvchi vosita sifatida qaraydi. Ma’naviyat esa shaxsning ma’naviy erkinligi, uning gumanizm qadriyatlarini ichki tanlashi, shaxsiy ongi sohasi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, shaxsning ma’naviyatida jamiyatning qadriyatli asosini, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etadigan yalpi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan axloq printsiplari aks ettiriladi.
Insonning inson bo‘lib shakllanishida, hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf- odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydevori qo‘yiladi.
“O‘g’il-qizlarimizni el-yurtimizga munosib farzand, ertaga Vatanimizning xaqiqiy fuqarosi bo‘ladigan insonlar etib tarbiyalash avvalo oila bag’rida, oilaning sog’lom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati sharoitida chuqur ildiz otishini o‘ylaymanki, hammamiz yaxshi anglaymiz”1.
Bu narsa ma’naviyat bilan o‘zaro bog’liqdir, ya’ni er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik – ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng va oila asosiy rol o‘ynaydi.
Ma’naviyat o‘z-o‘zidan shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir insonning ichki ma’naviy salohiyatini shakllantirish yo‘lida barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish, vatan va millat manfaatlari yo‘lida halol, fidoyilik bilan mehnat qilish jarayonida shakllanadi. Oila mustahkamligi, ma’naviy va jismoniy barkamol farzand jamiyat mustahkamligi va ma’naviy yetukligining garovidir. Sohibqiron Amir Temur ham o‘g’il uylantirishda kelin tanlashni, farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi bejiz emas. Davlatning qudrati – sog’lom fikrli, bilimli, axloq-odobli, xalq, millat, vatan taqdiri uchun jonini tikadigan insonlar qo‘lida.
Ma’naviy ongning mohiyati odamlar o‘rtasidagi ma’naviy muomalaning barcha masalalarini hal etadigan, yaxshilik va yomonlikni belgilab beradigan o‘tmish va bugungi kun ma`naviyatining ilg’or elementlari qo‘shilishidan iborat. Ma’naviy ong «inson ongida odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, ularning jamoat ishiga, jamiyatga munosabatini tartibga soladigan ma’naviyat printsiplari va normalarining aks etishidir».
Shaxs ma’naviy ongi darajasi tavsifining umumiy mezoni bilan ma’naviy talablarni bilish darajasi va ularning kundalik hayotda namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi.
Ma’naviy ongning muhim tarkibiy qismi – ma’naviy his-tuyg’ular (masalan, vatanparvarlik, insonparvarlik, burch, mas’uliyat, or-nomus, vijdon) insonning inson bilan muomalada bo‘lishi jarayonida shakllanadi va axloqiy o‘zaro munosabatlarni belgilab beradi. Insonning ma’naviy his-tuyg’ulari odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hissiy jihatini ifodalaydi va intellekt bilan birgalikda o‘ziniig yoki boshka kishilarning hatti-harakatiga axloqiylik nuqtai nazaridan baho berish imkonini beradi.
Ma`naviy ong har xil omillar (masalan, inson hayoti sharoitlari, uning hayotiy tajribasi, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat) ta’siri ostida shakllanishi mumkin. Ushbu holatda davlat tomonidan yaratiladigan shart-sharoitlar shaxsning etnik ma’lumoti va tarbiyasida katta rol o‘ynaydi.

Download 32,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish