Mavzu. Oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy va ma’naviy asoslari Reja



Download 32,38 Kb.
bet2/4
Sana20.02.2022
Hajmi32,38 Kb.
#460353
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. Oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy va ma’naviy asoslari

Masalaning bayoni Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog’lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni to‘g’rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qo‘yingki, yuksak axloqlilikka yo‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va axloqiy fazilatlari - qo‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat to‘yg’usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad ko‘taradi. Boshqacha aytganda ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning qo‘yidagi sabog’i ibratlidir: «Biz sog’lom avlodni tarbiyalash, voyaga etkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq- odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz» Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, axloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar.
Sog’lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog’imiz kerak. Bunday kishilar o‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari
iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus, o‘zaro hurmat, yuksak vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g’oyalarni mujassamlashtirgan bo‘lishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning fikri erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro:

  • o‘z haq-huququni taniydigan bo‘lsin, buning uchun kurashsin;

  • o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin;

  • atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;

  • shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un holda ko‘rib, faoliyat yuritsin2.

Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‘liq ta’rifdir.
Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganda qaddi bukilmaydi, ba’zan uyushtirilgan tuhmatu-fitnalar uning ruhini tushira olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson - fidoyilik, jasorat, mardlik, o‘z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-ko‘yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg’urish; tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo‘lganligi singari, o‘zi ham ularga kerakli bo‘lishga intilishi; odob-axloqi, fe’l- atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash; ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo‘lib qolgan madaniy merosni qadrlash; milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo‘lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularining barqaror bo‘lishi; o‘zaro muomala-munosabatda o‘rnak bo‘lishga moyillik, birovning og’irini engil qilishni odat qilish; umumxalq ma’qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko‘rsatish; vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy-vatanparvarlik tuyg’ulari bilan yashash; diyonat va adolat, mehr- shafqat va ezgulikni himoya qilish; va’daga vafoli bo‘lish va boshqalar kiradi.
Oilani mustahkamlashni taminlashga jahondagi nufuzli tashkilotlar ham e’tibor qaratmokda. 1970-yil 18-dekabrda BMTni “Xotin-qizlar huquqlarini barcha shakllariga barxam berish to‘g’risida Konventsiya” qabul qildi. Bu konventsiya
jamiyatdagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, oilaning ijtimoiy, iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, yoshlar tarbiyasini yaxshilashga qaratilgan hujjatdir.
Oilada farzand tarbiyasiga ayolning o‘rni biqyosdir. Mustaqil O‘zbekistonda oilani mustahkamlash ko‘p bolali onalarni ijtimoiy himoya qilish ma’naviy yetuk, jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash uchun juda katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Biz oila madaniyatini yuksaltirish uchun ham bu masalalarga jamoatchilik e’tiborini qaratishimiz, ularni hayotiy misollar vositasida, televidenieda, barcha ommaviy axborot vositalarida keng yoritishimiz zarur. Hayotda uchraydigan salbiy misollarni ham, ijobiy misollarni ham ko‘rsatish kerak”3
1998-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi qabul qilindi. Bu hujjatning maqsadi, mohiyatiga ko‘ra mamlakatimizdagi ma’naviy muhitni barqarorlashga onalik va bolalik huquqlarini himoya qilishga, yoshlar tarbiyasini yaxshilash uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan. Unda oilaviy munosabatlarning huquqiy, axloqiy asoslari ota-onalarning jamiyat va farzanlari oldidagi burch masalasiga katta o‘rin berilgan. Unda yana bir masala oila qurishda yoshlarni jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, kelib chiqishi va barcha holatlarda kamsitilmasligidur.

Download 32,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish