2- mavzu. Ota-onaning bola shaxsini tarbiyalashda o‘rni



Download 342,89 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi342,89 Kb.
#814322
Bog'liq
2-mav o\'qit


2- Mavzu. Ota-onaning bola shaxsini tarbiyalashda o‘rni
Reja:
1.Bola tarbiyasida oilaning o’rni
2. Bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan omillar
3.Ota–onaning jamiyatdagi obro’yini ahamiyati.

Mavzu bayoni Oila shunday muqaddas makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakillanadi, etnik madaniyat, urf-odatlarimiz, axloiqiy ma’naviy qadriyatlarimiz saqlanadi va rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va madaniy hayot poydevori qo’yiladi va mustahkamlanadi.




Mavzu yuzasidan topshiriq



Savol

Bola tarbiyasida uchraydigan muammolarni sanab o’ting

1.




2.




3.




4




5.





Oilada bola tarbiyasida ota-ona obro’sini ijobiy-salbiy ta’sirini quyida yoritib bering?




O‘yin davomida o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.

O‘yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan boQlagan holda hayotga tatbiq etish.



Bolani ruhiy jihatdan o‘yinga tayyo

berish.

Bolani ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlash.



O‘yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e’tibor berish.


Chunki ma’nayiy etuk oila ma’naviy yuksak jamiyat tayanchidir Respublikamizda hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarni moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda Ma’lumki farzand oilaning quv


Maktabgacha yoshdagi bola shaxsini shakllanishida oilaning ahamiyati katta,aqlan etuk, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog’lom muhitni vujudga keltirish, uni mustahkamlash umum davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o’zgarishlar, yutuqlar, kamchiliklar, ziddiyatlar oilada o’z aksini topadi. O’zbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim bo’lgan ustivor vazifa sifatida qaraydi. Shu o’rinda prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrini keltirishimiz mumkin “Biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-hotirjamlik, ahillik va o’zoro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-marifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur.” Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalariga inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan,oila a’zolarining turmush sharoitini va bo’sh vaqtini samarali uyushtirish ishlari kiradi. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy- iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta’sirida o’zgarib boradi.
Oilada ma’naviy sog’lom muhitni yaratish ham ota ham onaga bog’liq. Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug’ullanishi lozim. Chunki donolarimiz ”Bolalarni tarbiyalash-onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati” deb uqtirib o’tganlar. Inson bolasining ruhiyatida shunday bir hislat borki, u oilada o’rganlarini bir umr unitmaydi va doimo shunga taqlid qilib yashaydi. Bilasizmi siz bolani u bilan gaplashganda, nasixat qilganda yoki unga ish buyurganda tarbiyalayman deb o’ylamang. Siz bolani turmushning har bir onida, hatto siz uyda yo’qligingizda ham tarbiyalaysiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ru’hiy olami sirli bir dunyoki. Biz bu olamga kirishimiz, bolaning his–xayajonini, quvonchlarini, iztiroblarini o’zimizda sinab ko’rib munosabatda bo’lsak bolalarimizni tushunushimiz osonroq bo’ladi.
Oilada bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan omillar, ko’pincha ota-onalarning bolaning ruhiyatini tushunmay muomala qilishlaridan, pedagogik bilimlari etarli emasligidan shaxs rivojlanishi omillariga e’tiborzsizligidan kelib chiqadi Tarbiyada har bir bolaning hulq-atvoriga qarab alohida muomala, munosabat, e’tibor zarur. Bunda uning yoshi, aql-farosati, jinsi, ruhiy holati, jismoniy kuch-quvvati hamma-hammasini hisobga olish kerak.
Bulardan tashqari oilada bolalarni to’g’ri tarbiylashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi birlikdir, bunda ota-ona oiladagi katta-kichik, hamma bir yoqadan bosh chiqarishga harakat qilishi zarur. Bolalarga muomalada, ularni rag’batlantirishda, jazolashda, tarbiyaviy ta’sir etishda yakdillik bo’lishi kerak.
Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o’rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o’z holiga tashlab qo’ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshidan boshlab bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi tajribani o’rganadi, kuzatadi va o’zini turli hil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o’rganadi. Oilada bolani tarbiyalshda uchraydigan hatoliklar turli tumandir. Ular orasida keng tarqalganlardan quyidagilarni e’tirof etishimiz mumkin.
a) ota-onalarning haddan tashqari hukmronlikka intilishlari:
b) bolaning erka bo’lishi, ularga nisbatan biror talabning yo’qligi:
c) bobo-buvilar, ota-onalar tomonidan tarbiyada yagona talabning yo’qligi;.
Ota-onalar bolalarni to’g’ri tarbiyalashlari uchun avvalo o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari shart. Bolalar ma’naviy dunyosining o’ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro’li siymo, namuna deb bilishlari, maslahat olishlari, taqlid qilishlari va lozim bo’lgan paytda har qanday yordamni olishlariga ishonch hosil qilishlaridir. Oilaviy tarbiyada otaning roli nihoyatda katta. Chinki oilada ota bolalarning doimiy tayanchi bo’lib kelgan. Shu sababli oiladagi o’g’il doimo otasiga o’xshashga intilgan, uning hatti-xarakatiga taqlid qilgan. Otaning onaga, onaning mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a'zol’riga bo’lgan munosabati bola qalbida yahshilik yoki yomonlik, ma’qul yoki noma’qul ishlar haqida dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Maqsadsiz, tarbiya natijalarini hisobga olmasdan qilingan ota-onalar mehnati bari bir samarasizlik bilan tugaydi.
Ota-onalar farzand fidoyilaridir. Bu sharq xalqlari, xususan o’zbek millatiga xos fazilatdir. Bolaning odobli, axloqli va mehnatsevar bo’lib o’sishlari uchun har bir oiladagi sharoit, oila boshliqlarining namuna bo’lishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ularning yaxshi odatlari, muomala madaniyati, so’zi bilan ishining birligi farzand uchun ibratdir. Har bir ota-ona o’z farzandini sevadi. Hech kim ulardan yomon baxtsiz insonlar etishib chiqishini istamaydi. Farzandning har bir yutug’i ota-onaning yuragini tog’dek ko’taradi, faxr va g’urur tuyg’ularini vujudga keltiradi. Lekin ota –onaning maqsad va niyatini farzandlar qanday tushunadilar, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ular qanday yo’l tutadilar, bular nihoyatda murakkab masalalardir. Ota–onaning jamiyatda tutgan o’rni, nufuzi farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bu narsa mansab bilan belgilanmaydi, eng yaxshi obro’va e’tibor, halol mehnatdir. Halol mehnat bilan jamiyatda ortirilgan obro’ oilada farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Farzand ham ota-onalaridek bo’lishga intiladilar. Mehmondo’st oilada o’sgan farzandlar ham mehmondo’st bo’ladilar, ota-onalarning shakllanib, kamol topib borayotgan shaxsga ko’rsatadigan ta’sir kuchi juda katta. Ularning bolaga ta’sir etishining asosi ota-onalarning bolaga nisbatan beg’araz muhabbati hamda farzandi haqida talabchanlik bilan qo’shib olib boradigan g’amxo’rligidir. Bola tarbiyasi jarayoni mukammal bo’lishi uchun ota-onalar avvalo o’zlari bir-biriga mеhrli bo’lishlari muhim. Ota-onaning bolaga bo’lgan mеhr-muhabbati–bu hissiyotdir. Oila sharoitida bolada ota-onasining mеhri, erkalashlari asosida ota-onalarga, qarindosh-urug’lariga bo’lgan hissiyotlari shakllanib boradi. Bolaning otasiga bo’lgan hurmati, onaning hurmatini joyiga qo’yishda asos bo’ladi. Onaga bo’lgan mеhr-muhabbat, oqibat-natijada o’z oilasiga, farzandlariga bo’lgan munosabatlarida o’z aksini topadi. Bolani yoshligidanoq bilim olishga qiziqtirish, ularni kitoblar olamiga olib kirish, ularni yoshiga mos rasm, badiiy kitoblar tavsiya qilish, kitob o’qish madaniyatini o’rgatib borish, ular uchun oilada adabiy muhitni yaratish ham juda muhim ishlar hisoblanadi. Ota-ona, oilada oila qadrli bo’lishini o’rgatish uchun ular turli yoshdagi farzandlari ruhiy dunyosiga mos muomala qilishlari darkor.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ishi mazmuniga quyidagilar kiradi: ota-onalargao‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish; ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, mala-kalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashniiig mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish); bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiya-lashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarinio‘rganish va ommalashtirish. Bola bog‘chada egallagan eng yaxshi fazilatlami oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni bolalar bog‘chasida namoyon qilsa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir ijobiy ishlarni ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchiin ochiq cshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarda ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va maz-muni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yichajuda ko‘p ishlarni tarbiyachi-pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U otaonalarga bolalar tarbiyasida nima-larga ko‘proq e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tay-yorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.MTMsi va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim otaonalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad — oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usul-lari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarinio‘rganib, ommalashtirishdir. Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga borishidan awalo‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ularo‘rtasida ishonchli aloqao‘r-natilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to‘g‘risida (ota-onalarning fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida ma’lum tasawurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bildiradi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarnio‘qib va hikoya qilib berish mum-kinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kat-talarga hurmat nihida tarbiyalash kabi ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni va usuUari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshli, imkoniyatlari,o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday o‘ynayotganini ko‘radilar, bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan: -bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida; -maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to‘g‘risida; -ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalar-ning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Nazorat savollar 1.Maktabgacha yoshdagi bolarni oila tarbiyalash usullarini izohlang? 2.MTM tomonidan ota-onalarga amaliy-metodik yordamni ta’riflang? 3.Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy madaniy jihatdan yetukligiga qo‘yiladigan minimal talablari nimalardan iborat?
Download 342,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish