13-Mavzu. Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar hisobi Reja



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.03.2023
Hajmi0,87 Mb.
#917952
  1   2   3   4   5
Bog'liq
13-Mavzu. Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar hisobi Reja



13-Mavzu. Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar hisobi 
 
Reja: 
1. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi. 
2. Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi/ 
 
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi 
Hisobdor shaxslar — keyinchalik qilinadigan xarajatlar uchun hisobini berish sharti 
bilan pul mablag‘ini olgan shaxslar. Hisobdor shaxs korxona rahbarining buyrug‘i bilan 
faqat mazkur korxona (muassasa, tashkilot) xodimlari bodishi mumkin. 
13.1-rasm. Hisobdor shaxslar turlari 
Bo‘nak (avans) — kelajakdagi xarajatlar va to‘lovlar hisobidan berilgan pul 
mablag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 
kassa muomalalarini yuritish qoidalariga asosan
1
qat’iy belgilangan maqsad uchun 
beriladi. Xizmat safari
2
— doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish 
uchun korxona (muassasa, tashkilot, birlashma) rahbarining buyrug‘i bo‘yicha xodimning 
safari. Xizmat safariga yuboriladigan joyiga qarab O‘zbekiston Respublikasi ichidagi va 
tashqarisidagi xizmat safarlariga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat 
safari “O‘zbekiston Respublikasi xizmat safarlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan 
amalga oshiriladi. 
Kompaniya rahbari tomonidan chiqarilgan yoki tasdiqlangan buyruqqa asosan xizmat 
topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir maqsad va topshiriqni bajarish 
uchun yuborish hisoblanadi
3

Doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan (temir yo‘l, havo yo‘li, suv transporti va b.) 
xodimlarning ish yuzasidan borib kelishi xizmat safari hisoblanmaydi. Xizmat safarining 
muddati, yo‘ldagi vaqtini inobatga olmagan holda, 40 kungacha belgilanadi. Montaj va 
qurilish ishlari bo‘yicha safar 12 oydan oshmasligi kerak. Ayrim hollarda safar muddatini 
uzaytirish korxona rahbarining yozma ruxsati bilan bo’lishi mumkin. Safar muddatini 
korxona rahbari belgilaydi va safarga borishga ruxsat beradi. Ish yuzasidan yuqori organlar 
huzuriga borish faqat ularning chaqiruvi yoki ular bilan kelishilgan holda amalga 
oshiriladi. 
Xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni boshliqlari tomonidan amalga 
oshiriladi, buyruq va safar guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi. 
1
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 16 maydagi 12/17-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish QOIDALARI” 
2
“O'zbekiston Respublikasi xududidagi xizmat safarlari tug'risida” yo'riqnoma (O'zR AV tomonidan 29.08.2003 
yilda 1268-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan) 
3
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 73 page, 2014 


Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat 
safariga kelayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish maxsus jurnallarda yuritiladi. Tashkilotni 
rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni o‘yxatga 
olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qo‘yish uchun javobgar 
bo‘lgan shaxsni buyruq chiqarish yo‘li bilan tasdiqlaydi. 
Xizmat safariga chiqish kuni bo‘lib transport vositasini 24 soatgacha bo’lgan vaqt, 
OOdan va undan kechroq vaqt - keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa - transport 
vositasini doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi. 
Xizmat safari xarajatlari — tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga 
borish va qaytib kelish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib 
qo‘yish haqi. Yo‘l hujjatlari bo’lmagan taqdirda, xarajatlar temir yo‘l transportidagi yo‘l 
haqi qiymati miqdorida, lekin avto chipta qiymatining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda belgilanadi. 
Xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun sutkalik xarajatlar xizmat safariga 
yuborilgan ishlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida 
ko‘zda tutilgan miqdorlarda, lekin Toshkent shahrida, shahar va viloyatlar markazlarida - 
0,1, boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda - 0,08dan kam bo‘lmagan holda 
belgilanadi (respublika bo‘yicha o‘matilgan eng kam oylik ish haqiga nisbatan 
koeffitsiyentlarda). 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish