1 – SON LABORAТORIYa IShI Тransport vositalari xizmat muddatini muqobillashtirish (ishbilarmonlik o‘yini) 1. IShDAN MAQSAD: Тrasnsport vositasini ishlab chiqarish va ekspluatatsiya sarflarini o‘rgangan holda uning tannarxini qoplash va oxirgi holatgacha ishlash muddatini aniqlash;
2. IShNING MAZMUNI Тransport vositasining ekspluatatsion sarflarini aniqlash;
Тransport vositasining tannarxini qoplash va oxirgi holatgacha ishlash muddatlarini aniqlash;
Тransport vositasining iqtisodiy samaradorligini masofa (vaqt) bo‘yicha o‘zgarish grafigini qurish.
3. UMUMIY MA’LUMOТLAR Тransport vositasining ishonchlilikka erishilgan darajasini baholash va uni oshirish masalasi birinchi navbatda iqtisodiy jihatdan hal etilishi kerak. Ishonchlilikning talab etilgan darajasiga yetkazish bo‘yicha tuzilgan variantlarni taqqoslash transport vositalarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiya sarflariini e’tiborga olgan holda yuqori iqtisodiy samaradorlikka yetish shartiga asoslanishi lozim.
Тransport vositasining ekspluatatsiya davridagi iqtisodiy samaradorligining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi ikki asosiy omilga bog’liq:
- uni ishlab chiqarish uchun ketadigan sarflarga (loyihalash, ishlab chiqarish, sinash, ishlatish joyga yetkazish va boshqa sarflar) - ;
- ekspluatatsion sarflar (texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va boshqalar) - .
Bu sarflar samaradorlik balansida hamma vat manfiy son.
Тransport vositasi ishlaganda olinadigan daromad – .
Тransport vositasi samaradordligining masofaga bog’liqligi ushbu formula orqali aniqlanadi:
(1.1)
Iqtisodiy samaradorlik chizig’i maksimumga ega va ikki marta abssissa o‘qi bilan kesishadi.
- transport vositasining tannarxini qoplash masofasi, ming km;
- eng yuqori samaradorlikka erishiladigan masofa, ming km;
- transport vositasidan foydalanish iqtisodiy maqbul masofasi, ming km.
- transport vositasining chegaraviy holatigacha ishlash masofasi, ming km;
ning o‘sishi bilan ga teng bo‘lgan vaqtdan boshlab tenglamasiga ega bo‘lamiz.
Shu masofadan boshlab transport vositasi foyda keltiradi. Ekspluatatsion sarflar esa bosib o‘tilgan masofalar oshgan sari ko‘payib boradi, natijada olinadigan foyda to gacha kamayib ketadi. Тransport vositasining ekspluatatsiya qilish iqtisodiy maqbul masofasi va oralig’ida bo‘ladi, ya’ni
, (1.2).