O‘zbekning asosiy fazilatlari. O‘zbeklarning asosiy xislatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- o‘zbeklarning turkiy xalqlarga mansubligida, ular bilan
yaqin qon-qarindoshligida, ularning tili va dini, madaniy va tarixiy iddizlarining birligida;
o‘zbeklarning barcha Sharq xalkdari - qozoq, qirg‘iz, turkman,
tojik, afg‘on, eron, arab, xitoy, hind va boshqalar bilan
yaqinligida, ular bilan o‘zaro ko‘p ming yillik yaqin etnik madaniy
munosabatlarida;
o‘zbeklarning o‘ziga xos sharqona mustaqil ma'naviy taraqqiyot
yo‘lining boshqa qardosh madaniyatlar bilan uzviy rivojlanishida;
o‘zbeklarning islom madaniyatini va ma'rifatparvarligini
o‘ziga xos idrok etishida va ravnaq toptirishida;
o‘zbeklarning qadimdan Ovro‘po, keyinchalik rus madaniyati
bilan yaqin hamkorligida;
o‘zbeklarning ochiqligiyu mehmondo‘stligida, xoh o‘z mamlakati
ichida, xoh tashqarisida barcha millat va elatlar, din vakillari bilan teng huquqli hamkorlikka moyilligida;
o‘zbeklarning ko‘p asrlik og‘ir va ziddiyatli tarixida, buyuk
milliy davlatchilik namunalariyu tarqoqlik o‘kinchlarini, mustamlaka zulmlariyu to‘la qaramlikni boshdan kechirganligida;
o‘zbeklarning istiqlol sharofati tufayli buyuk millat, xalq
bo‘lib birlashuvi, jipslashuvi uchun imkon yaratilganida va taraqqiyot sari o‘z mustaqil yo‘li bilan borishida;
o‘zbeklarning o‘z kuchiga ishonishida, mehnatsevarligida, tinib-tinchimasligida, ishchanligida, bilimdon va tashabbuskorligida;
o‘zbeklarning xalqqa, Vatanga sadoqatida, fidoyiligida, jonkuyarligida.
Milliy madaniy meros. O‘zbeklar boshqa xalqlar singari boy tarixga ega. Milliy ma'naviyatimizning, madaniy merosimizning buyuk xazina ekanligiga shak-shubha yo‘q. Shuning uchun ham faqat ma'naviy tiklanish va chinakam poklanish orqaligina biz o‘z milliy mafkuramizni yaratishimiz mumkin. Boshqa yo‘l yo‘q. Buni qancha tez anglasak, milliy istiqlolning yana bir muhim istehkomini yara-turmizkim, bu yaqinda g‘ishtlari qo‘yila boshlagan mustaqil o‘zbek davlati qal'asi uchun haqiqiy ma'naviy zamin bo‘lib qolajak.
O‘zbek xalqi ham, barcha xalqlar singari asrlar mobaynida saqlanib, sayqallanib kelgan milliy urf-odati, rasm-rusumi, udumi va an'analari, yurish-turishi, g‘ururi, ijtimoiy-iqtisodiy xayoti, dini, huquqiy ongi, umuman aytganda, madaniy-ma'naviy dunyosi aks etadi. Uzbek xalqining ma'naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni ifodalanishi bilan birga, oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Chunki bolalarimiz ana shu ko‘zga ilinmas his-tuyg‘u va ong, ajdodlar xotirasi va uzviyligi ta'sirida, ona suti, ona allasi bilan ma'naviy ozuqa, tarbiya oladilar. Ushbular til vositasida ongamizga kirib boradi, bularning barchasi millat ma'naviyatining gultoji hisoblanadi.
Sir emaski, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib va ravnaq topgan milliy-madaniy an'analarni va urf-odatlarni qadrlamaslik ma'naviy tubanlik, o‘z tarixiga, ona zaminiga, tuprog‘iga hurmatsizliqdir. Boy, qadimiy va navqiron ma'naviyatimiz durdonalari milliy-ma'naviy inqirozning oldini olishning, milliy-ma'naviy saltanatimizni tiklashning muhim omili va tayanchi-dir.
Millatimiz ma'naviyat sarchashmalari o‘zbek madaniyatining yangi bosqichdagi Uyg‘onishidir.
Ko‘p ming yillik madaniy merosimiz iddizlari unib, nish berib, kurtak ochmoqda. Bu o‘zbek ma'naviyatimizning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |