Xuquqiy tarbiya tizimi hususiyati.
Ba'zan yuridik adabiyotlarda, asossiz ravishda huquqiy tarbiya ≪tizimi≫ va ≪mexanizmi≫ tushunchalari teng qo‘yiladi. Bu tushunchalar aynan bir ma'noni anglatmaydi.
Xuquqiy tarbiya tizimi —huquqiy tarbiya jarayoni qismlarining yig‘indisi bo‘lib, uning muayyan tartibi va uyushtirilishini ta'minlaydi.
Xuquqiy tarbiyaning usullari —xuquqiy tarbiya jarayonining ichki qurilmasi, jamoatchilik huquqiy ongida, ayniqsa, uning mafkuraviy qismida, tarbiyalanuvchilar (individlar, jamoat guruxlari) xuquqiy ongida mavjud bo‘lgan g‘oyalarni uzatish, o‘tkazish mexanikasidir.
Xuquqiy tarbiya tizimiga sub'ektlar (organlar, tashkilotlar, davlat tomonidan maxsus qo‘yilgan huquqiy tarbiyani olib boruvchi shaxslar) ob'ektlar (tarbiyalanayotgan aloxida shaxslar yoki aholining bir guruhi), ma'lum shakllarda, maxsus xuquqiy vosita va uslublar yordamida amalga oshiriladigan xuquqiy tarbiya tadbirlari yigindisi kiradi.
Xuquqiy tarbiya tizimi, bir tomondan, tarbiyalanuvchi fuqarolarning turli toifadagilarini,
ikkinchi tomondan, xuquqiy tarbiya vazifalarini bajaruvchi davlat organlari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ulardan ba'zilari uchun bu asosiy bosh funksiya hisoblansa (yuridik fakultetlar va oliy o‘quv yurtlari, I IV akademiyasi va maktablar, yuridik kollejlar), boshqalari uchun esa funksiyalardan biri (xalq deputatlari kengashlari, sud, prokuratura, advokatura, adliya, ichki ishlar organlari va shu kabilar) hisoblanadi.
Xuquqiy tarbiyaning mexanizmi
Xuquqiy tarbiya mexanizmida ketma-ket keluvchi quyidagi elementlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: birinchidan, jamoat huquqiy ongi; ikkinchidan, huquq normalari tizimi; uchinchidan, xuquqiy tarbiya normalari va vositalari; turtinchidan, tarbiyalanuvchilar xuquqiy ongi, uni jamoat huquqiy ongida mavjud bo‘lgan goyalar bilan boyitib borish zarurligi.
Bu to‘rt tarkibiy qism yig‘indisi huquqiy tarbiya mexanizmiga barqarorlik, ayni vaqtda moslashuvchan va usuvchan hususiyat bag‘ishlaydi. Bunda birinchi va to ‘rtinchi tarkibiy qism qaralayotgan mexanizmning ichki (ma'naviy) qismini, ikkinchi va uchinchisi — kismini tashkil kiladi. Mana shu tashqi qismning har ikkala bo‘g‘inida jamoat va shahsiy xuquqiy onglar o‘rtasidagi ≪uzatuvchi mexanizm≫ga nisbatan mustaqil vazifani bajaradi. Jamoat xuquqiy ongi xuquqiy tarbiya mexanizmining boshlangich bugini xisoblanadi, tarbiyalanuvchilar xuquqiy ongi esa qurilayotgan mexanizm ichidagi oxirgi bo‘gin hisoblanib, u jamoatchilik xuquqiy ongida mavjud bulgan goyalar bilan boyitilishi, to‘ldirilishi zarur. Xuquqiy tarbiya mexanizmi tarkibiy qismi oralig‘ida yana bir necha bo‘g‘inlar mavjud, ularsiz odamlarni xuquqiy tarbiyalashdek murakkab jarayonni tasavvur qilish qiyin.
Mavjud huquqiy borliqda jamoatchilik huquqiy ongida joylashgan g‘oyalar huquq normalarida ≪moddiy≫lashadilar, chunki tarbiyalanuvchi huquqiy tarbiya jarayonida ushbu normalar bilan to‘qnashadi.
Bizningcha, huquqiy tarbiyaning har qanday shakli huquqiy tarbiya ta'sirining tashqi ifodasi, ko‘rinishi, uning muayyan tashqi uyushtirilishi hisoblanadi, huquqiy tarbiya vositasi, huquqiy axborot manbaidir, uning yordamida huquqiy tarbiya amalga oshiriladi. Agar huquqiy tarbiya shakli tarbiyalanuvchilarga, xuquqiy mafkura ta'siri tashkiliy jihatdan qanday uyushtirilganligini ko‘rsatsa, xuquqiy tarbiya vositasi —uning nimalar yordamida amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Huquqiy tarbiya jarayonida mavjud bo‘lgan barcha xuquqiy tarbiya shakllaridan unumli foydalanish zarur.
Ular quyidagilardan iborat:
1) professional huquqiy ta'lim (maxsus tayyorgarlik, oliy va o‘rta maxsus yuridik o‘quv yurtlari);
2) aholini HUQUQIY tarbiyalash (xuquqiy bilim buyicha ma'ruzalar, kino, ko‘rgazmalar, huquqiy masalalar bo‘yicha tematik kechalar, jamoatchilik bilan huquqiy maslaxatlar va shu kabilar);
3) huquqbuzarlarni huquqni qo‘llash va huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan xuquqiy tarbiya qilish (sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari, advokatura), xuquqiy tarbiya faoliyati va x- k.
Fuqarolar huquqiy tarbiyasini turli xil huquqiy tarbiya vositalari yordamida amalga oshirish zarur. Masalan, moddiy vositalar (normativ-xuquqiy xujjatlar, ilmiy-ommabop —va badiiy adabiyotlar. kino, televidenie), shuningdek, og‘zaki vositalar (ma'ruzalar, suhbatlar, seminarlar (kengashlar) va boshqalar.
Ta'lim yoshlariga va katta yoshlarga beriladi. Yoshlar umumiy ta'limni maktabgacha ta'lim muassasalarida, maktabda oladilar. Ular ta'limdan ilk tushuncha, o‘qish, yozish, asta-sekin, bosqichma-bosqich u yoki bu fanlar bilan tanishib, o‘rganib boradilar.
Maktabni tugatgach uchinichi ta'lim turi - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olinadi. Bu ta'limda maxsus bir kasbga tayyorlash, biror bir ishda ishlash imkoniyati olish darajasida bilim beriladi. Bu ta'lim natajasida ikki: birinchidan - jamiyatda yashash uchun zarur bilim va k o‘nikmalar; ikkinchidan - mehnatga haq to‘lanadigan ishga kirguncha kerakli bilim olinadi.
Oliy ta'lim - murakkab ish bajarish darajasida bilimli b o‘lish, odamlar, texnik vositalarini boshqarishni bilish, ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlash qobiliyatiga ega bo‘lish darajasida bilim beradi.
Uzluksiz ta'lim tizimi insonning butun umri davomida uzluksiz ta'lim zinapoyasi yaratish orqali bilimga intilish, o‘z malakasini oshirish, yoshlikdan to keksalikgacha izlanish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Bir so‘z bilan aytganda uzluksiz ta'lim «Umirbod yasha, umrbod o‘qi» degan fikrni bildiradi.
Ta'lim olish davrini ikkiga bo‘lish mumkin: birinchi - insonning mustaqil hayotga kirish davri - yoshlik va navqironlik davridagi ta'lim; ikkinchidan - kattalikdagi ta'lim - o‘z bilimidan amalda foydalanish davri.
Insonning novqironlik davridan katta yoshlikka o‘tishi quyidagi belgilar bilan ta'riflanadi: xronologik (lug‘atiy) yosh; ruxiy uyg‘onish; ijtimoiy uyg‘onish; to‘la fuqarolik huquqiy layoqatli; iqtisodiy mustaqillik; mutaxasisslik bo‘yicha ishga jalb etish. Insonning yoshi maktabgacha, o‘quvchi, ishlovchi, pensioner davrlariga bo‘linadi. Xronologik (lug‘atiy) yosh deganda - shaxsning yoshini surushtirayotgan davrgacha yashagan yoshi hisoblanadi. Ruhiy uyg‘onish davrida - inson har tomonlama rivojlanadi, undagi biologik o‘zgarishlar deyarlik shakllanadi. Ijtimoiy uyg‘onish - katta yoshdagi shaxsning o‘z xatti-harakatlariga javob berish, o‘z bilimlarini hayotga tadbiq etish, boshqa shaxslar bilan aloqa qilishda ongli sub'ekt sifatida o‘zini tutishni bildiradi. To‘la fuqarolik huquqiy layoqat - muomila layoqati deb ham atash mumkin - shaxsni qonuniy ruhiy so g‘lom deb tanilishini, o‘z huquq va burchlarini bajarishi mumkinligini, saylash va saylanish huquqiga ega b o‘lishini bildiradi. Bizning Respublikamizda bu 18 yoshlik shaxslarga mansub. Iqtisodiy mustaqillik - shaxsnning o‘zini- o‘zi iqtisodiy ta'minlash darajasiga yetganligini, mehnati orqali olgan daromadiga egaligini, ota-onasiga tobelik davridan xolis ekanligini bildiradi. Mustaqillik bo‘yicha ishga jalb qilish davri - yuqorida k o‘rsatilganlarning barchasini o‘z ichiga olib, shaxsning katta yoshga yetganligini, iqtisodiy-siyosiy ishlarda qatnashishi mumkinligini bildiradi.
YuNeSKO «Ta'lim hammaga» ekanligini amalga oshirishga katta e'tibor berib, inson va fuqarolar o‘z hayotidan mamnun b o‘lishini, jamiyatning moddiy va ma'naviy rivojlanishiga taalluqli fikrlar, takliflar, ilmiy izlanishlar bilan qatnashishi darajasida bilimli b o‘lishlarini nazarda tutadi. «Ta'lim hammmaga» deganda erkak va ayol, yosh va qari ilimga teng ega b o‘lish huquqini bildiradi.
Ta'lim jarayonida, uzluksiz ta'limda shaxs o‘z oldiga bir necha maqsad qo‘yadi: jamiyat ishida faol qatnashish, jamiyat hayotiga mansub b o‘lish, k o‘p qirrali bilimga ega b o‘lish, biror bir sohaning mutaxassisi b o‘lish, o‘z maqsadlanini jamiyat maqasdi bilan birga olib borish, jamiyatning rivojlanishigia o‘z bilimi bilan k o‘maklashish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |