Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


Huquqiy tarbiya nazariyasn huquqiy amaliyot qonuniyatlari va tajribani inson ongiga singdirish umumlashtirish omilidir



Download 0,88 Mb.
bet2/54
Sana30.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#846104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Хуқуқий мад ҳ қий тарб мажмуа 2020 (1)

Huquqiy tarbiya nazariyasn huquqiy amaliyot qonuniyatlari va tajribani inson ongiga singdirish umumlashtirish omilidir. Huquqiy tarbiya nazariyasi huquqiy amaliyot bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, amaliyotga xizmat qiladi va amaliyotdan kelib chiqadi.
Huquqiy tarbiya nazariyasi ham amaliy hayot bilan, ham huquqiy amaliyot va tajriba bilan mustahkam bog‘langandir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida hayot ilgari surgan ulkan vazifalar negizida huquqiy madaniyat nazariyasini takomillashtirish uchun o‘z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, boyitadi va rivojlantiradi. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirishda shaxs, davlat va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ustun tarbiya ahamiyat kasb etadi .
Huquqiy nazariyasi huquqiy ong va huquqiy madaniyatnnng asosiy tushunchalari va mohiyati, prinsiplari va qonuniyatlari, jamiyatdagi vazifasi va rivojlanishi haqidagi bilimlarning umumlashtirilgan tizimni shakllantirishi uchun asosiy omildnr.


Har bir jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarga jahon huquqiy taraqqiyoti tamoyillari nuqgai nazaridan qarash zarur. Bu, bir tomondan, O‘zbekistondagi huquqiy islohotlarning yo‘nalishlari va mezonlari, qadriyatlari va maqsadlarini aniq belgilashga yordam bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatimiz taraqqiyotida huquqiy tarbiyalash orkali huquqiy madaniyatimiz qaerdan kelib, qayoqqa ketayapti, uning o‘ziga xos jihatlari, rivojlanishining shakl va ko‘rinishlari, mezonlari bormi yoki dunyodagi mavjud huquqiy taraqqiyot o‘zanidan ketadimi, degan savollarga javob topishga imkon yaratadi. Ana shu muammolar huquqiy madaniyat o‘quv fanining qisqacha asosini, o‘zagini tashkil qiladi. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishdek keng qamrovli ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu ma'noda huquqiy davlatning muhim belgisi - bu yuksak darajadagi huquqiy madaniyatdir. Ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, zamonaviy bozor munosabatlari mexanizmini yaratish jamiyatimiz oldiga O‘zbekiston huquqiy tizimini hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini jahon andozalariga moslashtirishdek o‘ta dolzarb muammoni hal qilish masalasini qo‘ymoqda. Avvalgi tuzum uchun jamiyatda yuksak huquqiy madaniyati bo‘lishining keragi yo‘q edi. Albatta, davlat hukumron kommunistik mafkura bilan sug‘orilgan huquq talablarini so‘zsiz bajaruvchi fuqarolarga ega bo‘lishdan manfaatdor edi va u bunga ko‘pincha erishardi ham. Biroq bunday tuzum, huquqni to‘la amalga oshirishga qaratilgan asl huquqiy madaniyatning, hatto u mafkuralashgan holda bo‘lsa ham, hukmron bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmas edi. Tuzum uchun o‘z huquqlari va erkinliklarini uncha tasavvur eta olmaydigan fuqaroga qaraganda huquqiy jihatdan savodli inson xavfliroq edi. Huquqiy tarbiya orkali huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish asosida huquqiy davlat kurish maksad kilingan. Demokratik huquqiy davlatni jamiyat va shaxsning yuksak huquqiy madaniyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Boz ustiga bunday jamiyat mazkur madaniyatni kjsaltirishdan manfaatdordir. Chunki madaniyat totalitarizm va o‘zboshimchalikka qo‘yilgan to‘siq hamda demokratik prinsiplar va normalarni hayotga joriy etishning asosidir. Jamiyatimiz huquqiy davlatni barpo etmokda. Bunday davlatning ko‘plab belgilari ko‘rinib turibdi, boshqalari uchun esa zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Huquqiy madaniyat, eng avvalo, jamiyat va shaxs umumiy madaniyatining ko‘rsatkichidir. Jamiyat madaniyatining yuksak darajasi huquqqa nisbatan chuqur ehtirom, hurmat va uni teran bilishni taqozo etadi. O‘z navbatida, huquq normalarining talablarini bilish va ularga rioya etish fuqarolik jamiyati demokratikligining va madaniyatining shartlaridan biridir. Huquqiy madaniyat deganda jamnyatda qaror toppsh huquqiy tizimning darajasini, xalqning bu huquq tnznmidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga bo‘lgan hurmati, huquqiy normalarning njro etilish darajasi, huquqqa rioya qilmagailarga murosasiz bo‘lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz.
Ushbu masalalar bo‘yicha jamiyatda tashkil topgan goya va fikrlar, nazariya va mafkura huquqiy madaniyat nazariyasi tushunchasini vujudga keltiradi.
Huquqiy tarbiya nazariyasi o‘quv fani quyidagi xususiyatlariga ega.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish