Milliy mafkura - ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e'zozlash, ardoqlash va ravnaqi haqidagi g‘oyalar majmui. Milliy mafkura - jamiyat ahlining ruhiyati ko‘rsatkichi, xohish-irodasining namoyon bo‘lishidir. Milliy mafkura har qanday mafkuradan yuqoridir. Milliy mafkura davlat taraqqiyotini belgilab beruvchi mafkuraviy mezonlarni ham qamrab oladi. Milliy mafkura adolatli huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati haqidagi siyosiy-huquqiy g‘oyalardan ham tashkil topadi.
Yaqin-yaqinlarga qadar "milliy mafkura" iborasini ishlatish jinoyat hisoblanardi. O‘z millatini sevish, milliy yutuqlardan faxrlanish, millat yo‘lidagi sa'y-harakatlar "millatchilik" tamg‘alari bilan qoralanardi. Nahotki biror bir inson o‘z millatiga mansubligidan g‘ururlansa, millatchi bo‘lsa?!
Millatchi millat bo‘lmaydi. Milliylik, millatga mansublik umumjahon taraqqiyot qonuniyatidir. "Millatchilik", "millatchi" deydiganlarni, o‘z nasl-nasabini bilmaydiganlarni achinish bilan buyuk davlatchilik, imperiyacha milliy siyosat manqurtlari deb baholash mumkin, xolos. Uzbekman, millatimdan va ona yurtimdan faxrlanaman, o‘zbek davlatining fuqarosiman, deya olmaganlar haqida nima deyish mumkin?! O‘zbek xalqi qanchalik istibdod, qanchalik tazyiqu cheklashlarga duch kelmasin, hyech qachon tili, dini, madaniyati, merosi ildizlaridan uzilib qolgan emas. Millatimizning ana shu teran, sog‘lom va boy ma'naviy tomirlari huquqiy madaniyat mustaxkam poydevorining tayanch nuqtalarini tashkil etadi.
O‘zbek milliy mafkurasining negizini quyidagilar tashkil etadi: birinchidan, milliy g‘urur, ikkinchidan, o‘zbek millatining asosiy fazilatlari va nihoyat, uchinchidan, buyuk milliy-madaniy merosimiz.
Milliy g‘urur. O‘zbek millatining g‘ururi, milliy iftixori quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘ladi: ona-Vatanimizning ko‘p ming yillik buyuk tarixiy
o‘tmishida, uning Sharq ma'rifatparvarligi, umuman, jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasida va unda tutgan
mavqyeida;
bizning vatandoshlarimiz, buyuk ajdodlarimiz bo‘lmish
jahon miqyosida tan olingan madaniyat, fan, din, adabiyot, san'at
daholarimizda, davlat va jamoat arboblarimizda;
diyorimizning madaniyat,san'at,me'morchilik,fanvahuquq
sohasidagi bebaho yodgorliklarida;
o‘zbek xalqining o‘z ona tili, milliy urf-odatlari, an'ana-
udumlari bilan faxrlanishida;
o‘zbeklarning buyuk islom sivilizatsiyasi va madaniyatiga mansubligida;
o‘zbek davlatining tabiiy boyliklarida, serhosil yerlarida,
buyuk daryolarida, qolaversa, mamlakatimizning iqtisodiy kuch-
qudratida;
ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligida, uning fuqarolari va butun xalqining istiqlol va taraqqiyotga, buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchida;
fuqarolarimizning jahon talablari darajasida bilim va
malaka olishga, fan-texnikaga, bozor iqgisodiyoti tadbirkorligi
madaniyatiga bo‘lgan ishtiyoq va intilishida;
O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishida, xalqaro nufuzining oshib borishida va nihoyat,
tinchlik, barqarorlik va o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini
tanlab olib sobitqadamlik bilan borayotganida.
Milliy g‘urursiz hyech bir millat millat sifatida ravnaq topolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |