Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari



Download 0,88 Mb.
bet5/54
Sana30.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#846104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Хуқуқий мад ҳ қий тарб мажмуа 2020 (1)

Mantiqny metod huquqiy tarbiyani olib borishda o‘rganishda oqilona, to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi. U ilmiy bilishning mavhum shaklidir. U huquqiy madaniyatni mantiqiy o‘rganishning usul va vositalarini ifodalaydi hamda tafakkur shakllariga, mantiq qonunlariga asoslanadi. Huquqiy tarbiyani o‘rganishda mantiqiy usuldan foydalanish huquqiy tarbiya bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llashda ziddiyatlardan holi bo‘lish imkonini beradi.
Qiyosiy metod huquqiy tarbiyani turli xil guruhlarning, davlatlarning huquqiy madaniyatidagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarini bilish va shu asosda huquqiy madaniyat taraqqiyoti qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod huquqiy tarbiya haqidagi tushunchalar, hodisalar va jarayonlarni o‘zaro solishtirish va shu asosda ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdan iborat. Turli mamlakatlarning huquqiy tarbiya asosida huquqiy madaniyati haqidagi qonun hujjatlari ham taqqoslab o‘rganiladi.
Huquqiy tarbiyaning tarixiylik metodi asosida uning taraqqiyotini muayyan tarixiy izchillikda o‘rganishni taqozo etadi. Ushbu metod ko‘llaniladigan Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanida huquqiy savodxonlikning qaror topishi, rivojlanishi tarixiy taraqqiyotaing murakkab jarayonlari bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Bunda ko‘pincha kishilik jamiyatining turli davrlarida ro‘y bergan voqyealar, hodisalar haqida bilim olish imkonini beradigan tarixiy manbalar, qonunlar, maxsus xujjatlar, muayyan ishlarga doir sud qarorlari va boshqalarni tahlil qilish usuli qo‘llaniladi.
Sotsiologik metod huquqiy madaniyat darajasini aniqlashda keng qo‘llanilishi mumkin. Sotsiologik metod so‘roqlar orqali o‘rganishni, anketalar yordamida ma'lumotlar to‘plashni, huquqiy statistika natijalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Bu usul huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan huquqiy ta'lim-tarbiya va tadbirlarning samaradorligini aniqlashda yordam beradi.
Sistemali metod huquqiy madaniyatni har tomonlama o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyatni turli ijtimoiy hodisalar tizimida o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani inson huquqlari masalasiga sistemali yondashishni hisobga olgan holda ilmiy ob'ektivlik, tarixiylik prinsiplari asosiga quriladi. Huquqiy tarbiya olib boish orkali barcha ijtimoiy hamda davlat institutlarining bir butunligi sifatida taxlil etiladi. Huquqiy tarbiya huquq, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, yuridik tashkilotlar, huquqiy munosabatlar, huquqiy xulq-atvordan tashkil topgan yaxlit, bir butun holda xarakterlanadi.
Kibernetik metod huquqiy tarbiya sohasida axborat-qidiruv tizimini yaratishda, matematik-statistik metodlarni qo‘llagan holda huquqiy statistika va axborotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlashda turli xil texnika vositalarini qo‘llashni o‘rganishga yordam beradi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani metodlarining butun bir majmui uning metodologiyasini tashkil etadi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish