Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodologiyasi



Download 0,88 Mb.
bet6/54
Sana30.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#846104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Хуқуқий мад ҳ қий тарб мажмуа 2020 (1)

3. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining metodologiyasi
Huquqiy madaniyat betakror ijtimoiy voqyelikdir. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining butun asosi bo‘lmish huquqiy madaniyatni qaytadan tiklamokda. Xalqimizning teran ma'naviy-huquqiy merosi, uning boy tabiiy va aqliy imkoniyatlari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari o‘quv fanini o‘rganishning umumiy asosini, ya'ni metodologiyasini va xususiyatlarini quyidagilar tashkil etadi:
birinchidan, huquqiy tarbiya umuminsoniy qadriyatlar va jahon andozalari (talablar);
ikkinchidan, huquqiy tarbiya bo‘yicha Sharq falsafasi (islom ta'limoti);
uchinchidan, o‘zbek milliy mafkurasi;
to‘rtinchidan, tarixiy-huquqiy meros va tajriba.
Huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va umumbashariy qadriyatlar. Xuquqiy madaniyat, eng avvalo, umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon sivilizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, xalqaro huquqning hamma: e'tirof etgan prinsiplari va me'yorlariga asoslanadi.
Yuksak huquqiy madaniyatga asoslangan demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan prinsiplari bor. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, insonning o‘z xohish-irodasini erkin biddirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat asosiy idoralarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, davlat va jamiyat boshkaruvida qonun ustunligi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat idoralarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi1.
Inson huquqlariga doir jahon andozalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va unga qo‘shimcha Fakultativ protokol hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirgan. Asosiy qonunimiz tarixda sinalgan umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning huquqiy tajribasiga tayangan.
Jahonning ma'rifiy rivojlangan mamlakatlari e'tirof etgan huquqiy madaniyat va davlat suvereniteti, demokratiya va xalqaro huquqning ustunligi kabi umumbashariy qadriyatlar O‘zbekiston davlatchilik manfaatlariga, xalqning o‘ziga xosligiga, uning milliy an'ana va urf-odatlariga to‘la mos keladi. Huquqiy olib borish orkali shakllangan huquqiy madaniyat O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar bilangina emas, balki xalqning o‘z ongi, uning ma'naviy-axloqiy dunyoqarashi va huquqiy tajribasi, mehr-shafqati bilan mustahkamlanadi. "Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir"1.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish