Reja: Muhabbat bu-hurmat,ishonch,e’tibor va e’tirofdir



Download 17,65 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi17,65 Kb.
#749796
Bog'liq
muhabbat insho


Men muhabbatni qanday tushunaman?
Reja:
1.Muhabbat bu-hurmat ,ishonch,e’tibor va e’tirofdir
2.Muhabbat insonni ijobiy tomonga o`zgartirishi mumkin
3.Muhabbat abadiy ilohiy tuyg`udir
 Muhabbat chaqmoqday ko`ngildagi har qanday qora bulutni ham tilka-pora qiladi.
( A.Qahhor)

Muhabbat nima o`zi? Uning insonga bergan quvonchini ham azobini ham ko`rib guvohi bo`lganmiz, lekin haligacham u inson qalbida e`zozlab ardoqlab kelinmoqda. Hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta`rif tavsif berilmagan. Muhabbat bu ikki inson o`rtasidagi mehr, hurmat, ishonch e`tibor va e`tirofdir. Muhabbat bu hayotda hammagayam nasib qilmasligi mumkin, uchrasa ham biz uni avaylab asrolmay qolishimiz ham mumkin. Muhabbat bu–baxt. Muhabbat bu -omad. Bu Olloh tomonidan biz bandalariga bergan ilohiy ne`matdir. Abdulla Qodiriyning bu haqida “Muhabbat degan narsa juda oz kishiga nasib bo`ladirg`on bir durri bebahodir.”- degandi, yani bu tuyg`uni Olloh faqat suygan bandalariga nasib qiladi. Muhabbat bu keng tushuncha bo`lib uning turlari ko`pdir. Muhabbat inson psixikasiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Muhabbat faqat 2 jinsning birlashishiga boʻlgan kuchli ehtirosdan iborat boʻlibgina qolmay, ayni chogʻda u odamning ota-onasi, qarindosh-urugʻlari, yaqin kishilari, doʻstlari, qoʻni-qoʻshnilari, oʻquv va mehnat jamoalari, oʻz xalqi va Vatani hamda umuman bashariyat bilan ruhan yaqinlashishning kuchli vositasi hamdir. Odam olamni, oʻzini kur-shagan tabiiy va ijtimoiy muhitni ularga boʻlgan Muhabbati darajasida anglaydi. Muhabbat odamlar va narsalar mohiyatini bilib olish uchun aqlga yoʻl ochadi, qorongʻu dunyoni yorugʻ etadi, ezgulikni yovuzlikdan, rostni yolgʻondan farqlash mezoni sifatida ham namoyon boʻladi. Muhabbat odamlarni, turli jamoalarni, xalqlarni, millatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Muhabbat bor joyda murakkab muammolar ham osonlikcha hal boʻladi, hatto urushlarga, janjallarga oʻrin qolmaydi.
Oʻrta Osiyo mutafakkirlari ham muhabbat masalasiga katta eʼtibor berganlar. Ular insonlar orasidagi, jumladan, erkak va ayol orasidagi muhabbatni yuksak munosabat deb tushunishgan. Ibn Sino muhabbat haqida maxsus ilmiy asar yozgani maʼlum. Yusuf Xos Hojib nazarida, muhabbat mustahkam oilaviy turmush, ijtimoiy takomilning zaminidir. Lutfiy fikricha, muhabbat insonni qadrlash, sadoqat va vafodorlik bilan chambarchas bogʻliq.. Alisher Navoiy muhabbatni 3 turga: erkak bilan ayol nikohida amalga oshadigan muhabbatga, umuman insonlar oʻrtasidagi munosabatlarda namoyon boʻladigan muhabbatga, Allohga boʻlgan muhabbatga ajratadi.
Abu Ruzayn Oqiliy Paygʻambar (s. a. v.)dan “Iymon nima?” deb soʻraganlarida, Ular shunday javob berganlari rivoyat qilinida: “Iymon Olloh va Uning rasulini har narsadan koʻra koʻproq sevmoqdir”. Boshqa bir hadisda shunday deyiladi: “Olloh va Rasulini har narsadan koʻproq seva olmagan kimsa moʻmin boʻla olmaydi”. Paygʻambarimiz (s. a. v.) bir duosida shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Ollohim, sevging bilan, seni sevganning sevgisi va senga yaqinlashtiradigan xislatlar (xulqlar) sevgisini menga nasib et. Sening sevgingni menga sovuq suvdan ham totli qilib ber”.
Muhabbat insonni ijobiy tomonga o`zgartirish kuchiga ham ega. Sevgan odamda hayotga nisbatan muhabbat kuchayadi. Buni quyidagilardan ko`rish mumkin: ularda ruhiy jihatdan keskin o`zgarish sodir bo`ladi, dunyoni o`zgacha tasavvur qilishadi, hayotni chuqurroq idrok eta boshlaydilar, o`zgalarni qalbdan tushunish, ularga hamdardlik bildirish kuchayadi, ilgari yaqqol ifodalamagan rahmdillik hislari paydo bo`ladi va ortadi. O`zgalarga yordam qo`lini cho`zish, tevarak–atrofdagi go`zallikni ko`ra olish-estetik idrok qilish kuchayadi. Axloqiy qarashlar yuksaladi, oldingi yomon odatlarini tashlaydi, ijodiy faoliyati va ish qobiliyati ortadi va hokazo.
Muhabbat eng qadimiy va navqiron tushuncha. U shungacha qarigan emas,bundan keyin ham qarimaydi. U hamisha oftob yanglig` qalbga yaqin, ammo har bir zamon, har bir avlod va har bir qalb uni yangi, mazmunli ,ko`rkam va fayzli bo`lishiga o`z hissasini qo`shadi.
Xulosa qilib aytganda muhabbat inson hayotini chiroyli mazmundor qiladigan unga bu tirik olamda o`ziga kuch ishonch beradigan faqat olg`a intiltira oladigan ilohiy tuyg`uligini guvohi bo`lamiz. Ishonchimiz komilki bundan necha asrlar o’tsa ham muhabbat tushunchasi eskirmaydi, u inson qalbida abadiy ilohiy tuyg’u bo’lib qolaveradi. 

Download 17,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish