Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


Iqtisodiy fanlar va Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari



Download 0,88 Mb.
bet11/54
Sana30.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#846104
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
Хуқуқий мад ҳ қий тарб мажмуа 2020 (1)

Iqtisodiy fanlar va Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. Iqtisodiy fanlar bazis hisoblanuvchi hodisalarni o‘rganadi: ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkil etish, xo‘jalik sohalari, mehnat, moliya, kredit va boshqalar. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari o‘quv fani eng muhim ustqurmaviy hodisa - tarbiya va huquqni o‘zining asosiy predmeti hisoblaydi. Iqtisodiy fanlar va huquqiy madaniyatning o‘zaro ta'siri, ularning bir-biriga kirib borishi, huquqiy madaniyatning iqtisodiyotga qanchalik bog‘liq ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Falsafa va Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. Falsafa tabiat va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Shu bois u jamiyat va madaniyat, davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida ko‘rib chiqadi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani falsafaning xulosalariga tayangan holda, huquqiy madaniyat muammolarini konkretlashtiradi hamda bir qator maxsus nazariy masalalarni o‘rganadi. Bunda falsafa va Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari bir-birini takrorlamaydi, aksincha, to‘dsiradi.
Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy prinsiplari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa huquqiy madaniyatning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydi va faqat shuning o‘zi bilan cheklanadi. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani esa huquqiy madaniyatni uning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa huquqiy madaniyatning mohiyatini topish kalitini bersa, Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari falsafani ijtimoiy taraqqiyot, huquqiy madaniyatning umumiy tamoyillarini ifodalash bilan qurollantiradi.
Sotsiologiya va Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. Sotsiologiya jamiyatning yaxlit va uning alohida tuzilish va ijtimoiy guruhlari to‘g‘risidagi, sotsial jarayonlar, alohida shaxslar va guruhlar xulq-atvorining qonuniyatlari haqidagi fandir. Sotsiologiya o‘zining xulosalarida empirik ma'lumotlarga, ijtimoiy tajribalarga asoslanadi. Barcha ijtimoiy hodisalar, shu jumladan, huquqiy madaniyat ham sotsiologik tadqiqotlarning ob'ektiga aylanadi. Sotsiologiya ham, falsafa singari, huquqiy madaniyatni bilishning umumiy vositasi hisoblanadiki, u huquqiy madaniyatni bilish asosida o‘zining predmetini chuqurlashtiradi va yanada oydinlashtirib oladi.
Siyosatshunoslik va Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. Siyosatshunoslik siyosatni, uning shakllarini, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalarni, shu jumladan, partiyalarni, siyosiy va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabatini o‘rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyati munosabatlar tizimi orqali, ya'ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish orqali o‘rganadi.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslarining barcha ijtimoiy fanlari bi-lan aloqasi ham shu kabi ikki tomonlamadir.
Yuridik fanlar va Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari o‘ziga xos predmetga ega. Yuridik fanlar, birinchi navbatda, huquqiy madaniyatning yuridik sohalari va ular amaliyotining tahlili, ya'ni huquqiy madaniyatning shakllanishi, mustahkamlanishi, amalga oshirilishi bilan shug‘ullanadi. Unda huquqiy madaniyat haqidagi ta'limot fuqaroning hukuqiy maqomi asosida yoritiladi. Fuqaroning huquqiy holati - insonning yuridik jihatdan ifodalanishining asosidir.
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fani yuridik fanlar bilan yaqin aloqadorlikdadir.
Avvalambor, davlat va huquq nazariyasi umummetodologik nazariy fan sifatida Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari uchun poydevor hisoblanadi. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari davlat va huquq nazariyasi doirasidagi mustaqil ilmiy yo‘nalishdir.
Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. U o‘z predmeti doirasida huquqiy madaniyat tushunchasi va mohiyati, ahamiyati va vazifalarini talqin qiladi. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari davlat va huquq nazariyasi xulosalariga tayanib, huquqiy madaniyat muammolarini aniqlashtiradi hamda davlat va huquq nazariyasi tomonidan o‘rganilmaydigan maxsus nazariy va amaliy masalalarni qarab chiqadi.
Shunday qilib, Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari yangi fan bo‘lib, u huquqiy madaniyat bo‘yicha muayyan nazariyani ishlab chiqishda ko‘pchilik ijtimoiy va yuridik fanlarning nazariy qoida va xulosalariga tayanadi va ularni rivojlantiradi.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish