A o'rganiladigan materialni o'quvchilarning shaxsiy tajribasi va kuzatishlari bilan, quyi sinflarda esa ularning o'yinlari bilan bog'lash darker, chunki kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni o'qitish albatta o'yin faoliyatini talab qiladi; B ta'limni atrofdagi hayot bilan, yangi jamiyatni qurish amaliyoti bilan bog'lash; D nazariyani amaliyot bilan fanning rivojlanishi jamiyatning ehtiyojlariga bog'liqligini yoritadigan qadamjolarga sayohatlar shak-lida bog'lash; E nazariy va amaliy yo'sindagi turli masalalami hal qilish va topshiriqlarni bajarish, laboratoriya ishlari bilan shug'ullanish va ishlab chiqarishga doir mavjud bilimlar asosida amaliyotlar octkazish hamda ularning natijalarini albatta tekshirish; F o'quvchilarning unumli mehnati, ya'ni ijtimoiy-foydali ish-larni o'zlariga mos shakllarda yo'lga qo'yish
TA'LIMNING AMALIY HAYOT BILAN BOG'LANISH PRINSIPI
Nazariyani amaliy hayot bilan bog'lash prinsipini ro'yobga chiqarish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u didaktik prinsip (qonuniyat) larni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Ta‘lim qonuniyatlari bu - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir. Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi. .
Kasb nima? Kasb inson uchun zarur bôlgan,bôsh vaqtida shug'ullanadigan,Vatani uchun xizmat qiladigan ishdir.Kasblarni hamma xam egallay olmaydi.Kasb ôrganish uchun eng avvalo ôqish va bilim olish zarurdir.Bilim olish igna bilan quduq qazishdek gap.Agar insonda bilim bôlmasa u ôzi istagan biror bir kasbni egallay olmaydi.
Akademik litsey – oʻrta maxsus oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasida 1997-yilda qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta’lim toʻgʻrisida"gi konunga muvofiq umumiy oʻrta ta’lim maktablari (9sinf)ni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi. Ta’lim muddati 2 yil Akademik litsey oʻrta maxsus ma’lumot beradi. Oʻquvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal oʻstirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-252hunarga yoʻnaltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi.
Akademik litseyda oʻquvchilar oʻzlari tanlab olgan ta’lim yoʻnalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) boʻyicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Akademik litseyni bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiklangan diplom beriladi va u ta’limning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallagan ixtisoslik boʻyicha ishlash imkoniyatini beradi
Kasb-hunar kolleji - oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasida 1997-yil 29 avg .da kabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunga muvofiq, umumiy taʼlim maktablari (9-sinf)ni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi. Taʼlim muddati 3-yil K.-h. k. oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beradi; oʻquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasbhunar boʻyicha bir mutaxassislik va 2—3 ishchi-kasb malaka koʻnikmalarini egallash imkonini yaratadi. .
K-h. k.larida taʼlim olish oʻquvchilarga oʻz bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega boʻlishni taʼminlaydi. K.-h. k.larida oʻquv dasturlari oldingi oʻquv bosqichi — umumtaʼlim maktablari va keyingi pogʻonada turgan oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlari bilan oʻzaro mutanosiblikda boʻlib, taʼlimning uzluksizlik va izchillik prinsipiga amal qiladi. K.-h. k.lari zamonaviy asbob-uskunalar, oʻquv-uslubiy qurollar, koʻrgazmali vositalar, axborot texnologiyalari va kompyuterlar bilan jihozlanadi. K.-h. k.larida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi va ularni tayyorlashda har bir hududning oʻziga xos geografik va demografik shart-sharoitlari va mutaxassislarga boʻlgan mahalliy ehtiyojlari hisobga olinadi
bugungi kunda moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi. .
Kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o‘quvchilari o‘qishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, ta’lim yo‘nalishi o‘xshash bo‘lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi
]Dars — maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. D. muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. D. — insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning D. shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. D.ni tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan.