15 .MAVZU MASHINALARNING BARQARORLIK KO‘RSATKICHLARI NOMENKLATURASINI TANLASH
1.5.1. Mahsulotni barqarorlik ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini aniqlash
Mashinalarni barqarorlik miqdorlari ko‘rsatkichlarining baholanishi, ishlov berilayotgan manba xususiyati, ekspluatatsiya qilish rejimi, shart-sharoiti va inkorlarni sodir bo‘lishi natijasiga qarab aniqlanadi.
Barqarorlik ko‘rsatkichlari har bir manbani barqarorlikni shartli ravishda baholaydi va ko‘rsatkichlari: o‘lchamli va o‘lchamsiz kattaliklarga ega bo‘ladi.
Barqarorlikni kompleks ko‘rsatkichlari texnologiya mashina va jihozlarni barqarorligini tashkil etuvchi alohida elementlarining bir qancha xossalarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardir. YAgona va kompleks barqarorlik ko‘rsatkichlarini umumiy sonlari ishlab chiqarish sistemasini tashkil etuvchi har bir elementlarining xossalari miqdorlarini yig‘indisining umumiy miqdoriy tavsilotini aniqlaydi. Masalan, umumiy ko‘rsatkichlari miqdori 30 bo‘lsa, yagona elementni barqarorligi 10 % olinib, 3-4 ko‘rsatkichi qabul qilinadi. Mahsulotni barqarorlik ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini aniqlash, ikki guruhga bo‘linadi:
1-guruhga inkor va inkorning tavsifini mahsulotning samaradorligiga bog‘langan holda ta’siri tahlil etiladi, qolgan hollardagilar 2-guruhga kiradi. To‘qimachilik sanoati mashina va apparatlaridagi oxirgi samaradorlik shu jihozlarni o‘rnatilib, ishlatilib to‘plangan davrini yig‘indisiga proporsional bo‘ladi.
To‘qimachilik jihozlari inkordan so‘ng tezda - oddiy tartibda ta’mirlanuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan tiklanuvchi hisoblanadi.
Bu kategoriyadagi jihozlarni samaradorlik koeffitsienti, texnikaviy foydalanish koeffitsientiga teng:
Ksam =Ktf
O‘z navbatida 1 va 2 guruh mahsulotlari ikki ko‘rinishga bo‘linadi: bu ko‘rinishdagi mahsulotlar ekspluatatsiya jarayonida ruxsat etilgan holatiga borib, ish qobiliyati yoki yaroqsiz holatda bo‘ladi.
To‘qimachilik mashinalarining asosiy normal barqarorlik ko‘rsatkichlaridan tashqari ularning xarakterli xossalarini chuqur tahlil etish uchun qo‘shimcha barqarorlik ko‘rsatkichlari, ya’ni mahsulotning mahsusligini xarakterlaydi.
To‘qimachilik sanoatida qo‘llanilayotgan texnologik mashinalar: piliklash, halqali - yigiruv, rotorli - yigiruv, yigiruv - burama, pnevmo-mexanikaviy, o‘rama mashinalari Dav ST 27.003-83 bo‘yicha, hamda korxona, soha standartlari asosida quyidagi barqarorlik asosiy ko‘rsatkichlari qabul qilingan.
2. SHakl
Do'stlaringiz bilan baham: |