Mavzu: Burama mix va mixlar yordamida biriktirish.
Reja 1.Mix va burama mixlar yordamida oddiy birikma tayyorlash trxnalogiyasi2. Po’lat va dub silindrik nagellar, mixlar, shuruplarning joylashtirilish sxemasi 3. SHuruplar YOg’och konstruktsiyalarning elementlari kertiklarsiz nagellar, boltlar, mix vositasida, shuningdek yelimlab biriktirilishi mumkin.
Nagelli birikishlar yog’och konstruktsiyalarni tayyorlashda ko’p qo’llaniladi. Nagel yog’och yoki po’latdan qilinadigan tsilindrik yoki plastinasimon sterjendan iborat.Detallarni nagellar bilan biriktirish hisoblab olib boriladi va ularni chizma bo’yicha andaza bilan rejalab o’rnatish kerak. TSilindrik nagellarning o’qlari orasidagi masofa tolalar bo’yicha S1 (41- rasm), tolalarga ko’ndalang S2 va element qirrasidan bo’lgan masofa S3 po’lat nagellar uchun kamida S1=7d; S2=3,5d; S3=3d (d-nagel diametri), dub nagellar uchun kamida S1=5d; S2=3d; S3=2,5d bo’lishi kerak.Biriktiriladigan elementlar paketining qalinligi V = 10d bo’lganda, po’lat nagellar uchun S1=6d; S2=3d; S3=2,5d; dub nagellar uchun S1=4d; S2=S3=2,5d qabul qilishga yo’l qo’yiladi.Dub yoki po’lat tsilindrik negellar bo’ylamasiga ikki qator qilib joylashtirish, tortilgan elementlari bo’lgan konstruktsiyalarni po’lat yoki dub nagellar bilan biriktirishda ulanadigan tomonlaridan har biriga kamida uchtadan tortish boltlari qo’yish tavsiya etiladi.Nagellar uchun teshiklar paketning hamma elementlarida birdaniga teshiladi. Paket oldindan mahkamlanadi, shunda parmalanadigan elementlar (taxtalar) o’zaro siljimaydi. Parma-lanadigan teshik o’rinlari parmalashdan oldin andaza bo’yicha eng ustki taxtada belgilab olinadi. Teshikni shunday parmalash kerakki.bunda parma kerakli yo’nalishda aniq og’may teshsin.Uyiladigan teshik o’lchamlari hamda diametri o’rnatiladigan ish bolti yoki nagelining diametriga aniq mos kelishi kerak.Tortish boltalarini o’rnatishda teshik diametri bolt diametridan 1-2 mm katta bo’lishi kerak. Teshiklarga boltlarni qo’yishda bolt kallagi hamda gayka ostiga yog’ochni tortib tarang-lashda ezilishdan saqlaydigan metall shaybalar qo’yiladi. TSilindrik po’lat va dub nagellar teshikka zich o’rnatilishi kerak.
Egilishga va siqilish bilan egilishga ishlatiladigan qurilish ulama balkalarning yog’och elementlarini biriktirishda dubdan qilingan plastinkasimon nagellar ishlatiladi. Dub bo’l-masa, nagellarni qayindan tayyorlash mumkin, lekin bunda ularni albatta antiseptiklash kerak.Plastinkasimon nagellar yog’ochligining tolalari birikish tekisligiga perpendikular joyyaashishi kerak. Plastinkasimon nagellar asosan ikki xil o’lchamli: qalinligi 12va 16mm va tola bo’yicha uzunligi 54 va 72 mm bo’lishi mumkin. Nagellar qoqiladigan uyalar elektr o’ygich bilan o’yiladi, bunda plastinkasimon nagel uchun o’yilgan uya uzunligi nagel uzunligidan 2 mm ortiq bo’lishi lozim. Plastinkasimon nagellarni bruslar kesimi balandligining 0,2 qismidan ortiq kiritish yaramaydi.Plastinkasimon nagellar balkaning butun uzunligi bo’yicha teshib o’tadigan yoki teshib o’tmaydigan bo’lishi mumkin. Teshib o’tmaydigan nagellar shaxmat tartibida joilashtiriladi.