Mavzu: Huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi.
Reja: 1.Huquqiy ta'lim tushunchasi
2. Huquqiy ta'lim huquqiy tarbiya vositasi sifatida.
3. Huquqiy ta'limga quyilgan talablar.
Huquqiy ta'lim jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o‘rgatilishi lozim: Birinchidan, bilim berilishi, bilim davlat va huquq bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, olingan bilimni hayotga tadbiq etish mahorati o‘rgatiladi.
Uchinchidan, shaxs doim o‘z ustida ishlashi, izlanishi biror natijaga ega bo‘lishlikka harakat qilishi kerak.
To‘rtinchidan, davlat va jamiyat ishlari bilan qiziqish hislatlariga ega bo‘lishni shakllantirishdan iborat.
Bilimning davlat va huquqqa bog‘lab berilishidan asosiy maqsad har bitta jamiyatning a'zosi ongida atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishlikni, davlat va huquqning jamiyat uchun, insonlar uchun nimaga zarur ekanligini shakllantirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentti I.A.Karimov «Har qanday jamiyatda ham demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, qonunlardan xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir» degan fikrida jamiyatning har bir a'zosining o‘ziga tegishli huquqlarini jamiyatda qay darajada qo‘llay olishi, to‘g‘rirog‘i foydalana olishi haqida so‘z yuritilmoqda.
Shuningdek, shaxsning o‘z ustida ishlashi, xususida huquqshunos olimlar U. Tojixonov, A.Saidovlarning quyidagi haqqoniy fikrlarini keltirish o‘rinlidir. Ular shunday deydilar: «Yuridik savodxonlik huquqiy bilimlarning alifbosini, eng oddiy normalarini, bilimini, huquqiy ko‘rsatmalarning murakkab labirintida adashmaslikni, zarur hollarda mutaxassisga yordam so‘rab murojaat qilish ehtiyojini o‘zida shakllantirishni taqozo etadi»5
Odamlarning qonun to‘g‘risidagi tasavvurlari, qonunga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlik bilan chambarchas bog‘liqdir. Yangi qoidalarni qabul qilishdagi fuqarolarning ishtiroki, davlat va jamiyat ishlariga qiziqish xislatlariga ega bo‘lishini, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish lozimligini maktabgacha ta'limdan boshlash o‘ta dolzarb muammo hisoblanadi. Huquqni o‘qitishdan bosh maqsad ham o‘shadir.
Huquqiy ta'limning asosini huquqiy bilim tashkil etadi. Bilim shaxsning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. O‘qituvchi dars jarayonida jamiyat va davlatdagi yangiliklarni o‘zi mukammal bilishi va ularni tinglovchilarga o‘rgatishi lozim. Masalan, yangi qonunning o‘zidan, kelajakga tegishli tamoyillarini o‘quvchi o‘qituvchidan o‘rganadi.
Dars jarayonida tinglovchilar:
Davlat va uning boshqarilishini
huquqqa bog‘liq tushunchalarni:
huquqiy munosabatlar tushunchasini:
huquqiy munosabatlarning kelib chiqish asoslarini:
huquqbuzarlik tushunchasi, turlarini:
huquqiy javobgarlik tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma'lumotlarni bilib olishlari lozim.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil, 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» gi Konstitutsiyaviy qonunni tinglovchilarga o‘qituvchi sharhlab berishi lozim. Unda Senat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasi ekanligini, uning tashkil topishini, vakolatlarini va boshqa faoliyatini tushuntirib berish lozim.
O‘qituvchi tinglovchiga har bir qonunning jamiyat uchun, inson hayoti uchun zarur va afzal tomonlarini (yangi qonunning) ochib bera olishi kerak. Har bir qonun yangiliklarini o‘quvchi ilk o‘qituvchisidan eshitishi maqsadga muvofiqdir. Chunki boshqalar qonun sharxini yetarli darajada bilmasligi tufayli noto‘g‘ri tushuncha hosil qilib qo‘yishlari mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan masalardan kelib chiqqan holda o‘qituvchi darsga kirishdan oldin mavzu bo‘yicha maxsus huquqiy hujjatlar (na'munaviy dastur va ishchi o‘quv reja) lar bilan tanishib, dars matnini tayyorlab, tinglovchilardan tushgan savollarga javob berish darajasida tayyorgarlik ko‘rishi dozim. Agar u yoki bu savolga javob berishga qiynalsa, o‘qituvchi tinglovchilarga kelgusi darsda bu savolga javob berishini aytishi mumkin. Tegishli qonuniy hujjatlar yoki adabiyotlardan foydalanib har bir javobsiz qolgan savol kelgusi darsda tushuntiriladi.
Shuningdek, olingan bilimlarni hayotga tadbiq etish, bu shaxsning hayotida uchragan huquqiy muammolarning yechimini topishi demakdir. Huquqiy bilimga, ma'lumotlarga ega bo‘lgan shaxs, huquqiy munosabatlarga kirishganda harakatlarini qonun asosida amalga oshirishga erishadi.
Mehnat huquqini o‘rganish asosida:
Yozgi ta’tildada ishlayotgan o‘quvchi:
bir kunda necha soat ishlash mumkinligi:
mehnatga haq qanday to‘lanishi kabi to’grisida bilimga ega bo’ladilar.
Mehnatni o‘qish davrida davom ettirishi mumkinmi degan bir qancha savollarning javobini dars jarayonida bilganligi sababli, mehnat faoliyatini qonun asosida amalga oshirilishini kuzatadi.
Olingan huquqiy bilimlar shaxsga o‘z ilmiy yoki ijodiy izlanishlarida ham yordam beradi.
Buning uchun tinglovchi dars jarayonida bilganlaridan foydalanishi kerak.
Masalan, o‘quvchilarning ba'zilari referatlar yozish, devoriy gazetalarga maqolalar yozish, huquq burchaklarini tashkil qilish, to‘garaklarida qatnashishga qiziqadilar. Bunday shaxslarning o‘z maqsadlariga erishish uchun o‘qituvchi ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi, yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
Tinglovchilar orasidan davlat, jamiyat hayoti bilan qiziquvchilar, rahbarlik xususiyatiga ega shaxslar ham aniqlanadi. Ular davlat va huquq nazariyasi, davlatdagi mavjud qonunlar, ularning yaratilishi bilan alohida qiziqadi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun o‘qituvchilar avvalambor o‘zi yaxshi huquqiy bilimga ega bo‘lishi, qonun yangiliklari bilan tanishgan bo‘lishi shart. Agar o‘qituvchining ma'lumoti u yoki bu huquq sohasi bo‘yicha to‘la bo‘lmasa, tinglovchiga maxsus maktablar, yoki mutaxassislar bilan uchrashuviga yordam berishi lozim. Ana shundagina jamiyatimizda haqiqiy bilimdon, o‘z kasbini sevadigan, uning huquqiy asoslarini biladigan mutaxassislar yetishib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |