Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


O‘zbekiston o‘z taraqqiyoti, milliy davlatchiligi



Download 0,88 Mb.
bet21/54
Sana30.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#846104
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
Хуқуқий мад ҳ қий тарб мажмуа 2020 (1)

O‘zbekiston o‘z taraqqiyoti, milliy davlatchiligi
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining asosi bo‘lmish milliy davlatchiligi, huquqiy tizimini qaytadan yaratmoqda, xalqimizning ma'naviyati kamol topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi demokratik-huquqiy davlat qurishga azmu -qaror qilgan ekan, yuksak huquqiy madaniyat, Konstitutsiya va qonunga hurmat, itoatkorlik, milliy istiqlol mafkurasida muhim o‘rin egallamoqda. U o‘zida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, hayo, uyat va andisha, or-nomus, eliga va yurtiga sodiqlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlar va g‘oyalarni mujassamlashtirishga qaratgandir. O‘zbek xalqi asrlar mobaynida avaylab saqlab, sayqallab kelgan o‘z milliy urf-odatlari, rasm-rusumlari, udum va an'analari, g‘ururi, ijtimo-iy-iqtisodiy turmush tarzi, huquqiy ongi va madaniyati, e'tiqodi, qisqacha aytganda, madaniy-ma'naviy dunyosi bilan ajralib turadi. Buyuk allomalarimiz bashariyat ma'rifatparvarligini yaratishda bevosita ishtirok etganlar, ular jahon huquqiy sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ularning boy madaniy-huquqiy merosi hozirgi mustaqil huquqiy taraqqiyotimizning mustaqil poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzu: Yoshlar huquqiy ongini shakllantirishda huquqiy tarbiyaning roli.
Reja: 1. Yoshlar huquqiy ongi hususiyatlari.
2. Yoshlar huquqiy ongini shakllantirish usullari.
3. Yoshlar huquqiy ongini shakllantirishda huquqiy tarbiyaning roli
Tayanch so‘z va iboralar.
Huquqiy ong,samara, yoshlar, siyosat, huquqiy tarbiya, shaxs, jamoat, tadqiqot, jinoyat, jazo, huquqbuzarlik, tartib, yondoshuv, qonun.
Yoshlar huquqiy ongi hususiyatlari.
Huquqiy tarbiya faqat yoshlarning o‘zlari, shuningdek ularning yaqin atrofidagi shaxslar, kichik guruxlar huquqiy ongining mavjud darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilganidagina samarali bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga huquq masalalari yuzasidan keng jamoatchilik fikri holatini ham hisobga olmaslik mumkin emas.
Tadqiqotlar yoshlarning huquqiy ongida hisobga olinishi zarur bo‘lgan qator o‘ziga xos jihatlar mavjudligidan dalolat beradi.
Ko‘pgina yoshlar o‘zlarining xulq-atvorini qonun bilan solishtirish va huquqiy tushunchalar bilan fikrlashga o‘rganmagan. Ular asosan "yomon", "yaxshi" degan baxrlarga asoslanib ish ko‘rishga odatlanishganki, bu, albatta, yetarli emas. "Yomon" degani - bu shunchaki axloqqa zid bo‘lishi mumkin va ayni bir vaqtda tegishli oqibatlarga olib keladigan huquqqa zid harakat haqida berilgan baho bo‘lishi ham mumkin. Ayrim yoshlar qonuning ijtimoiy rolini, uiing ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi ahamiyatini real tasavvur eta olmaydilar, balki huquqni asosan formal taqiqlashlar tizimi deb o‘ylaydilar. Ularning fikricha, qonunlar faqat jinoyatlarga qarshi kurash uchun mavjud bo‘lib (biz so‘rovlar o‘tkazgan bolalarning 28 foizi ana shunday deb o‘ylagan), asosan taqiqlanadigan narsalar ro‘yxatini ko‘rsatish va jazo choralarini bayon qilishga xizmat qiladi. Ko‘pincha o‘smirlar "qonun uni ijro etish uchun mavjuddir", deb ham javob qilishadi. Ular qonunlarning qanday, nima uchun yaratilishi, masalalarni ular nima uchun aynan shunday hal etishi, nega boshqacha yechim bermasligi, qonunlarning jamiyat va har bir kishi turmushida qanday rol o‘ynashi, nima uchun ularni buzmaslik kerakligi xususida unchalik ko‘p bosh qotirmaydilar.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish