2. Qonunga itoatkorlik.
Qonunga itoat etish huquqiy madaniyatning asosidir. Davlat aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalasini qo’yib, qonunga ko‘r-ko‘rona itoatkor bo‘lishni emas, balki fuqarolar uning talablarini ongli ravishda bajarishlariga erishmoqda. Fuqarolarning qabul qilinayotgan har qanday qonun xujjatlari, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining ma'nosi va ahamiyatini anglab yetishlari muhim. Yanada muximi shundaki, bu ularning e'tikodiga aylanishi kerak. Zero, shundagina fuqaro o‘zining xayotiy faoliyatida konun normalariga jazolanishdan qo‘rqib emas, balki ihtiyoriy ravishda amal qiladi. Mana shundagina haqiqiy yuksak xuquqiy madaniyat, xuquqiy ongning munosib darajasi haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.
Qonunlar va huquqiy hujjatlarni bilish fuqarolar kundalik hulq-atgvorlarining qonun hujjatlaridagi talablarga muvofiq ravishda, har xil hayotiy vaziyatlarda o‘zlarini to‘gri tutishlariga imkon beradi.
Biz demokratik huquqiy davlat qurilayotgan mamlakatda yashamoqdamiz. Bu adolatli fuqarolik jamiyati sari borayogganligimizni, unda taraqqiy etgan, adolatli konun xukmron bulishini bildiradi. Uz navbatida, bu fukarolarga nisbatan talablarni oshiradi. Ular uz davlatining qonunlarini bilishlari va ularga so‘zsiz rioya etishlari kerak. Konunchilik va xuquqiy madaniyatni taraqqiy ettirish va takomillashtirish hukukiy madaniyatni shakllantirishning yagona yo‘lidir.
«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy Dasturi» doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi keng kamrovli tizimni barpo etinga karatilgan. U axolining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirishni, fukaro, davlat va jamiyat o‘rtasidagi uzaro munosabatlarda xamjixatlikni ta'minlashni, fukarolarning xuquqiy ta'limi va xuquqiy tarbiyasini gakomillashtirishni, davlat apparati xodimlari va fukarolarning xuquqiy bilimlarini oshirishni, huquqshunoslarni tayyorlash va kayta tayyorlashni, ularning, malakalarini oshirishni, xuquqiy madaniyat sohasida ilmiy izlanishlar olib borishni kuzda tutadi.
Dastur barchani va har bir insonni yuridik taraqqiyotning istiroki bilimlar bilan qurollantirishga da'vat etadi. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan tomonidan qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy Dasturi” , Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy Dasturi to‘g‘risidagi qaror, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar, olib borilayotgan targ‘ibotlar muddatli “kompaniya” emas, balki davlatning ma'lum maqsad sari yunaltirilgan strategik yuli, jamiyat faoliyati va xayotida konunning ustunligini ta'minlash borasidagi kundalik mehnat ekanligidan guvoxlik beradi.
Ma'lumki, qonunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan savollarga javob bor. U yagona adolatli mezondir. Shui ing uchun axoliga huquqiy xizmat ko‘rsatishni, axolining ommaviy-huquqiy ta'lim berishni kengaytirish davlatning birlamchi vazifasidir. Shu maqsadda ≪Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi≫ni maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy o‘kuv yurtlari va umumta'lim maktablarida huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya borasida yuridik bilimlarni test sinovi va davlat imtixonlari tarzida joriy etish, pedagoglarning huquqiy madaniyatini ko‘tarish, ilmiy noshirlikni, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlarni, ma'lumotnomalarni ko‘paytirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |