MAVZU: Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
REJA: 1.Huquqiy tarbiyani asoslarini shakllantirish.
2.Huquqiy tarbiyaning konstitutsiyaviy asoslari.
3.Qonunlarimizda huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatni mustahkamlash masalasi.
4. Huquqiy tarbiyani shakllantirish bo‘yicha davlat siyosati.
Tayanch so‘z va iboralar : Tadbir, xalq, aholi, davlat siyosati, konstitutsiya, huquqiy asos, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya, siyosat.
Xalqning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi tadbirlarini davlat siyosati darajasiga ko‘tarish alohida ahamiyatga ega. Istiqlol yillari huquqiy tarbiya, huquqiy ta'lim va huquqiy madaniyatga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. U davlat mustaqilligini mustahkamlash strategiyasida, demokratik institutlar tizimini barpo qilis va yangi huquqiy mafkurani yaratishda o‘zining munosib o‘rnini egalladi.
Birinchi Prezidsntimiz I. A. Karimovning aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy tarbiyani yaxshilashga qaratilgan ishlarni davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olish zarurligi haqidagi g‘oyasi uning 1997 yil 25 iyunda e'lon qilingan ≪Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida≫gi farmonida amalga oshirilgan. Unda ≪aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar —davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilansin≫6,—deyilgan.
Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish davlat siyosati ekanligi inson huquqlari va erkinliklarining birlamchi ahamiyatga ega ekanligi, Konstitutsiya va konunlarning ustunligi, demokratlashuv, ijtimoiy adolat, huquqiy tarbiyaning ilmiyligi, izchilligi va umumiyligi, huquqiy ma'lumotlarning ochiqligi, huquqiy tarbiya va savodxonlikka o‘ziga xos munosabatda bo‘lish kabi asosiy qoidalarga tayanadi.
≪Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi≫ davlat siyosatining yangi huquqiy ma'naviyatni va mamlakatdagi huquqiy madaniyatni shakllantirish borasidagi strategic yo‘nalishilarni belgilab berdi. Bundan tashqari Prezident farmoni asosida Vazirlar Mahkamasining tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etishga qaratilgan bir qator qarorlari qabul qilindi. Jumladan, 1997 yil 10 iyulda ≪O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish boshqarmasini tuzish to‘grisida≫. 1997 yil 21 iyulda ≪O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘grisida≫, 1997 yil 22 iyulda ≪Huquqiy marifat targ‘iboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida≫ qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib, aholining huquqiy madaniyatini ko‘tarish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratildi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustun yo‘nalishi bo‘lganligi uchun bir qator amaliy ishlar qilindi. ≪Ijtimoiy fikr≫ jamoatchilik markazi, Adliya vazirligi kqshidagi Fuqarolarning qonuniylikning buzilishi haqidagi shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha boshqarmasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent Davlat yuridik instituti qoshida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish markazi o‘z faoliyatini boshlab yubordi. Qabul qilingan davlat qarorlari va yangi demokratik institutlar faoliyatining natijasidan har bir insonning bahramand bo‘lishi. Har bir fuqaro ularning ishini his qilishi amaliy ahamiyatga molik.
Bularning hammasi, mamlakatda aholining huquqiy madaniyati va huquqiy savodhonligini oshirish borasidagi ishlar keng mikyosda olib borilayogganidan dalolat beradi. Jamiyatning huquqiy madaniyati har bir fuqaroning har bir oilaning va har bir jamoaning madaniyatidan tashkil topadi. Mamlakatimizda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun yuridik o‘quv yurtlari, huquq- tartibot idoralari xodimlarining malakasini oshirish markazlari, fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish, yuridik adabiyotlar, darsliklar va qo‘llanmalarni nashr etish va tarkatish muassasalarining keng tarmog‘i xizmat qilmo
Do'stlaringiz bilan baham: |