Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


Huquqiy tarbiyada yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash



Download 0,88 Mb.
bet35/54
Sana30.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#846104
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
Хуқуқий мад ҳ қий тарб мажмуа 2020 (1)

Huquqiy tarbiyada yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash.
Keng ma'noda-barkamol, saloxiyatli avlodga bilimlarni egallashlarida hamda malaka va ko‘nikmalarni, yoxud ma'naviy sifatlarni tarkib toptirishda yangi, zamonaviy o‘qitish uslublarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashdir.
Tor ma'noda-«texnologiya»-texnos-uslub, logis-fan. Ya'ni bola shaxsini yangi, zamonaviy uslublar bilan kamol toptirish ma'nolarida ifodalash mumkin.
Axborot texnologiyasi-dunyo miqyosida amalga oshirilayotgan, demokratik ta'limdagi zamonaviy o‘qitish uslublariga xos axborotlardan keng ko‘lamda foydalanishga erishish.



Yangi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun, respublikamizda yangi tizimning huquqiy asoslari yaratildi. Umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi to‘g‘risidagi Nizom, Umumiy o‘rta ta'limning davlat standartlari, o‘quv predmetlari bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi dasturlar va boshqa qator me'yoriy hujjatlar shular jumlasidandir.
Yangi pedagogik texnologiya bu-o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlaridagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir. Ya'ni o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish o‘ta muhimdir. Bu bevosita yoshlarimizning tafakkuriga, ongiga, ruxiyatiga ta'sir etish bilan amalga oshiriladi. O‘quvchi qaysi o‘quv fanini yoqtirishi, yaxshi mukammal o‘zlashtirishi va shu asosda mustaqil fikrlash qobiliyatiga erishish mumkin? Bu ijodiy muhit barpo etilganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida o‘zaro bir-biriga hurmat, ishonch va o‘zaro shaxs sifatida tan olish xissi paydo bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi. Bu-dars o‘tish jarayonida munozara, baxs, muloqotlar kabi usullardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya-umumiy o‘rta ta'limni zamonaviy asbob-uskunalar, o‘quv-uslubiy qurollar, o‘zida millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etgan eng yaxshi darsliklar, ko‘rgazmali vositalar, axborot texnologiyalari va kompyuterlar bilan jixozlangan, internet (ya'ni, butun dunyoda o‘rnatilgan axborot almashuvi tizimi), elektron pochta orqali ma'lum xududdagi o‘quvchilarning bilim darajalarini aniqlash texnologiyalari bilan jixozlanishi bilan ham tubdan farqqiladi. O‘quv binolari, ustaxonalar tashqi hamda ichki ko‘rinishning chiroyliligi, ko‘rkamligi va zamonaviyligi bilan ham ajralib turadi.
Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishni osonlashtirishda yoxud jadallashtirishda o‘qituvchining o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar yaratishi, darsliklar yozishda ishtiroki, nutqining ravonligi, o‘quvchi ongiga yetkaza olish, huquqiy tushuncha, terminologiyalarni bilishi, milliy pedagogika yutuqlari hamda jahondagi demokratik o‘qitish uslublaridan ustalik bilan o‘z o‘rnida foydalanishlari katta ahamiyat kasb etadi.
Yangi pedagogik texnologiyaning avvalgi o‘qitish uslublaridan farqi-ilgari o‘qituvchi bolalarni o‘qitardi, yangi tizimda o‘qishga o‘rgatadi. O‘quvchi mustaqil o‘qishi, mustaqil manbalar ustida ishlashi, konspekt qilish, ommaviy axborotni muntazam o‘rganib, tengdoshlariga yetkazishi, ya'ni erkin fikrlashga o‘rgatib borish, shu bilan birga, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida insonparvarlikni o‘rnatish, bola shaxsini o‘qituvchi tomonidan hurmat qilish, uni eshitish, zarur ko‘rsatmalar berishiga erishish kerak.
O‘qituvchi-izlanuvchi, ijodkor, o‘z fanining ustasi, bilimdon, so‘z ustasi, avvalo halol, shirin so‘z sifatida shogirdlari orasida obro‘qozonishi va o‘z faniga muxabbat uyg‘otishi zarur. Ustoz-xayotda, oilada, farzandlar tarbiyasida, dili pok, aytgan so‘ziga amal qiluvchi, rostgo‘y bo‘lishi shart. Kasbiga bo‘lgan munosabatida, jamoada namuna bo‘la olishi zarur. Shundagina o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va joriy etishga erishadi. Bu vaziflarni to‘liq bajarishda shogirdlari, ya'ni uning o‘quvchilari, ota-onalar, jamoa, davlat unga yordam beradi.
Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun, o‘qituvchida yangi usulni qo‘llashdagi boshidan oxirigacha (ya'ni bir yillik) yutuqlar, kamchiliklar, taxlillar hamda xulosalar va takomillashtirish yo‘llari bayon etilgan o‘qituvchi kundalik daftari - «Yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish yo‘llari» nomli sifatli, ilmiy-metodik, huquqiy ish hujjati tutilishi shartdir.
Shu bilan birga, yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha erishgan yutuqlar, kamchiliklar, takliflar bilan ushbu texnologiyani bajaruvchi matbuotda maqolalar, risolalar bilan chiqishi, O‘qituvchilarga mashg‘ulotlar o‘tishi, maktab, shaxar, viloyat, respublika hamda xalqaro pedagogik o‘qishlarda, seminarlarda faol ishtirok etishi zarur.
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarning ishlab chiqish va joriy etishning ikkinchi eng yangi yo‘nalishi bu – axborot texnologiyalari hisoblanadi.
XXI-asr arafasida O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi uni jahon hamjamiyatidan mustahkam o‘rin olishi, mustaqil tashqi siyosat olib borilishi, bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning jahonga yuz tutishi ta'limda axborot tizimining keng ko‘lamda kirib kelishiga yo‘l ochib beradi.



3. Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda bilimlarni baholashning o‘rni.
Birinchidan, respublikamizda ta'lim, jumladan huquqiy ta'lim va tarbiyaga oid axborotlarning, nashrlarning ko‘payishi, to‘planishi:
Ikkinchidan, ilg‘or, rivojlangan davlatlar ta'limiga oid axborotlarning O‘zbekistonga kirib kelishi hamda o‘qituvchilarning ulardan xabardor bo‘lishi;
Uchinchidan, o‘qitishda kompyuter texnikasining keng miqdorda maktablarda qo‘llanishga erishish, davlat tomonidan kompyuter texnikasiga ko‘p miqdorda mablag‘ ajratish;
To‘rtinchidan, iqtidorli yoshlarni chet elda ta'lim olishini ko‘llab-quvvatlash jamg‘armalari hamda ta'lim muassasalari, ta'lim muassasalari professor-pedagog xodimlari safidan yetuk o‘qituvchi-kadrlar tayyorlash, ularning rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'limidagi ijobiy tajribalarni o‘rganishi, o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda o‘z malakalarini orttirishini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan «Ustoz» respublika jamg‘armalari orqali axborot texnologiyalarining takomillashib borilganligi;
Beshinchidan, ta'limda, jumladan, huquqiy ta'limda o‘quvchilarning internet programmalari bilan ishlash malaka, ko‘nikmalarini shakllantirish;
Oltinchidan, axborot-pochta nuqtalarini test markazlari, test viloyat bo‘limlari, «Istedod» jamg‘armasi bilan maktab kompyuterlarini bog‘lash orqali, bitiruvchilarning axborotnomalarga, Oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik darajalarini aniqlash.
Yangi pedagogik texnologiyani kompyuter texnikasiz tasavvur qilolmaymiz. Huquqiy ta'limda kompyuter texnikasidan qanday foydalanish zarur?
Birinchidan, maktab, ushbu fan zamon talabidagi «Kompyuterklass» bilan ta'minlangan bo‘lishi:
Ikkinchidan, kompyuter texnikasini boshqara oladigan hamda huquqiy ta'lim bo‘yicha programmalar tuza oladigan mutaxassis kadrlarning mavjudligi:
Uchinchidan, huquq fani o‘qituvchisi hamda o‘quvchilarning kompyuter texnikasi bilimlarini egallaganligi, kompyuterlardan «Huquqshunoslik asoslari» fani dars mashg‘ulotlarida uzviy bog‘lab qo‘llashga erishish:
To‘rtinchidan, «Huquqshunoslik» fani bo‘yicha dasturlar, «test», disket bloklarini bibliografiyasini tuzish:
Beshinchidan, huquqiy ta'limda Internet tarmoqlaridan ham elektron axborot-pochta kabilardan foydalanishga erishish.
Olimlar va o‘zbek ta'limining tajribalari XXI-asr yangi pedagogik texnologiyasidan quyidagi maqsadlarda foydalanishga erishishimiz zarurligini ko‘rsatmoqda:

  1. Zamon talabida Davlat ta'lim standartlari, o‘quv dastur va rejalari, darslik, o‘quv qo‘llanma, ko‘rgazmali qurollar, test bloklari, reyting tizimi nizomi, kompyuter programmalari, internet va axborot pochta, yuksak malakali, bilimli, vatanparvar o‘qituvchi majmuasi yaratiladi va joriy etiladi:

  2. Zamonaviy bilimli, malaka, ko‘nikma yoxud ma'naviy yuksak huquqiy bilim, huquqiy madaniyatga erishgan komil inson shakllanadi:

  3. Asosiy maqsad «Jamiyatning guli» hisoblangan yoshlarni vatanparvar, insonparvar, mexnatsevar, halol, pok, adolatli, kamtar, huquqbuzar-jinoyatchilarga, ona-Vaianimizga, Konstitutsiyaviy tuzumimizga qarshi, raxna soluvchi har qanday shaxslarga, ekstremistik oqimlarga nafrat bilan qarovchi, olgan bilimlarini jamiyatimiz taraqqiyotiga, vatani va oilasiga sarflovchi barkamol avlodni tarbiyalashdir:

  4. Yangi pedagogik va axborot texnologiyasi yoshlarning raqobatbardosh bilim egasi, bo‘lib yetishishga chorlaydi. «Biz, ayniqsa minglab yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchilar, jamiyat menga nima berdi, deb emas, men o‘zim shu tug‘ilib o‘sgan Vatanimga, uning rivojiga, shogirdlarimga, farzandlarimga nima bera oldim, qanday savob ish qildim, ta'limga oz bo‘lsa-da yangilik kirita oldimmi, o‘zining kelajagini, baxtu saodatini ishonib topshirib qo‘ygan ona Vatanim, xalqim mendan, muqaddas, buyuk, ma'suliyatli kasb egasi ekanligimdan rozimi, deb har birimiz so‘rashimiz zarur. Shunda buyuk Vatan-ustozni ulug‘laydi» deydi Islom Karimov.


Bilimni baholash va nazorat qilishdan maqsad o‘qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash, o‘z bilimini muntazam ravishda oshirishga intilish hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish orqali kelajakda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishdir.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida test usulida bilimni baholash keng qo‘llanilmoqda.
Mazkur usuldan foydalangan o‘qituvchi o‘quvchini uzluksiz, mustaqil o‘qishga o‘rgatadi, ularda o‘qishga ishtiyoq, muvaffaqiyatga intilishini shakllantiradi. Reyting tizimida testlardan foydalanish esa tinglovchilarni tez va to‘g‘ri fikrlashga o‘rgatishdan tashqari, ularning bilimini tez baholash uchun o‘qituvchiga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, mazkur usul o‘qituvchi oldiga juda katta talab qo‘yadi:
Birinchidan, o‘qituvchi o‘z ustida uzluksiz ishlash;
Ikkinchidan, har bir darsga ajratilgan vaqtdan o‘z o‘rnida foydalala olish va shu orqali ko‘zlangan maqsadga erishish;
Uchinchidan, o‘qituvchi nafaqat bilim berishi, balki tarbiyaga ham alohida e'tibor qaratishi lozimdir.
Huquqiy bilim berishda o‘qituvchi dars jarayonida tinglovchilarga mavzuga oid muammoli savollar bilan murojaat qilishi lozim. Albatta, bunday savollar bolalarning (talaba yoshlarning) yosh xususiyatlarini qat'iy inobatga olgan holda beriladi.
Nazorat qilishning ikki tomonlama afzallik jihati mavjud. Ular nazoratning o‘qitishga ijobiy ta'siri, nazoratning tarbiyalashga ijobiy ta'sir qilishida namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari nazorat qilishning rivojlantirishga ham ta'siri katta, u diqqatni tortish, eslab qolish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi xususiyatlarda namoyon bo‘ladi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish