Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari


Mavzu: Sinfdan tashqari huquqiy tarbiya



Download 0,88 Mb.
bet31/54
Sana30.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#846104
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
Хуқуқий мад ҳ қий тарб мажмуа 2020 (1)

Mavzu: Sinfdan tashqari huquqiy tarbiya.
Donishmanddan men farzandimga qachondan tarbiya berishni boshlasam maqsadga muvofiq bo‘ladi deb so‘raganlarida, farzandingiz qachon tug‘ilgan deb so‘rabdi. So‘rovchi 7 kunlik bo‘lganligini aytgan. Donishmand shunda yetti kunga kechikibsiz deb javob bergan ekan.
Biz farzandga tarbiyani uni kuta boshlashimiz bilan berib borishimiz kerak. Bu tarbiya bizning maqsadimiz, intilishimiz, va o‘zimizni tarbiyalamog‘imizda boshlanadi. Ingliz donishmandlari “SeN farzandingdan avval o‘zingni tarbiyala, chunki, farzanding sendan andoza oladi” deganlar.
Bolalarning qalbi, vujudiga go‘daklik paytidan boshlab odob-axloq, huquqiy qonun-qoidalar haqidagi ilk tasavvur va tushunchalarni singdirishda jamiyatning asosiy negizi bo‘lgan oilaning roli va ahamiyati katta. Huquqiy tarbiya umumiy tarbiyaning bir qismi hisoblanadi. Huquqiy tarbiya berishda ham umumiy tarbiya qoidalariga amal qilish kerak.
Endigina yoryg‘ dunyoga kelgan norasidaning qalbi, jismi jonida o‘zbek xalqining "Qonun noning, nomus-oring", "Qonunbuzar-el buzar, el buzarni qonun tuzar", "Qonun bilganga - keng dunyo, qonun bilmaganga - tor dunyo", "Qonun -elniki, el - yurtniki", "Qonun qayiradi, yolg‘on ayiradi", "Qonun kaliti adolat, adolatning kaliti sahovat", "Qonunsiz bitirgan ishning oxiri voy"," Qonun haq so‘zni yoqlar, haq so‘z odamni" kabi bebaho maqollari, hikmatlari ijtimoiy muhit, jamoatchilik, mahalla, qo‘ni-qo‘shnilar, ota-ona, bobo va buvilar ta'sirida shakllanib chuqur ildiz ota boshlaydi. Bular eng oliy darajada ma'naviy-ahloqiy, huquqiy qadriyat, inson qalbining gavharlaridir.
Huquqiy tarbiyani bolalarga gudakligidan oilada uqtirmoqlik maqsadga muvofiq deb belgilangan. Prezidentimiz ta'birlari bilan aytganda, oila hayotning abadiyligini, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday bo‘lib yetishishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Shuning uchun Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas sanalgan. "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng qimmatli an'analar: halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllanadi",-deydi Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Qonun va qonunchilikka, ahloqiy-huquqiy qoidalarga amal qilishning zarurligi, jinoyat qilgan kishining muqarrar ra­vishda jazolanishi, poraxo‘r boyimasligi, qonunni mensimaganning obro‘si ketishi, qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqishi muqarrarligi xaqidagi sharqona, o‘zbekona hikmatlarni bolalarning ongiga singdirishda oila katta o‘rin tutadi. Ayni paytda oila unda tarbilanayotgan farzandlarning dunyoqarashi, xuquqiy saviyasi hamda madaniyatini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Boisi millatimiz azaldan demokratik xuquqiy tamoyillarni islom shariyat huquqi, fiqh ilmi asosida o‘z ruhiyatiga singdirishga doimiy harakat qilib kelgan. Biz fuqarolar erkinligi asoslangan demokratik jamiyat va qonun ustivorligiga asoslangan huquqiy davlatda yashayotgan ekanmiz har bir ongli shaxsni o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat va jamiyat, millat hamda xalq oldidagi huquqiy mas'uliyatini chuqur anglashga erishmog‘imiz lozim.
Huquqiy tarbiyaning navbatdagi bosqichi bolalar bog‘chasi hisoblanadi. Lekin tarbiya beruvchi shaxs uning metodini, yo‘llarini bilmasa, to‘g‘ri tarbiya bera olmaydi. Huquqiy tarbiya bu - tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko‘zlagan va shaxsga (guruh, shaxslarga) ta'sir qiladigan, ularga huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya etish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. O‘u sababli bog‘cha muassasasida huquqiy bilim beruvchi tarbiya berish usulini biluvchi shaxs bo‘lishi talab etiladi. Chunki bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchi ijtioiylashuvi boshlangan shaxs hisoblanadi. Huquqiy bilim dasturlashgan tarzda amalga oshirilishi lozim. Dastlabki huquqiy tushunchalar va ularga amal qilish jarayoni shakllanadi. Navbatdagi huquqiy tarbiya bosqichi maktabda undan keyin kasb xunar kollejlari, litseylarda amalga oshiriladi. Bu jarayon davlat ta'lim standarti asosida huquqiy fanlar orqali ta'lim berish bilan amalga oshiriladi.
Oliy huquqiy ma'lumotga ega, muayyan tajribali o‘qituvchi fan dasturi, tegishli darslik hamda qo‘llanmalarga asoslanib dars jarayonida huquqiy bilim, tarbiya beradi. Huquqiy tarbiya va ta'lim o‘zaro muvofiqlashadi. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiya berish juda muhim vazifa hisoblanadi. Chunki o‘z huquqlarini va burchlarini bilgan kishi jamiyatning barcha sohalarida ongli ravishda faoliyat yuritadi va faollik ko‘rsatadi. Umumta'lim maktablarining boshlang‘ich sinflaridayoq “Konstitutsiya alifbosi”, yuqori sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat”, “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”, “Lavla va g‘uquq asoslari” kabi fanlarning o‘qitilishidan kutilgan maqsad ham ana shundan iborat. Chunki ta'lim muassasalari o‘z oldiga yosh avlodga ta'lim berish bilan bir qatorda ularni milliy tarbiya vositalari orqali yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalash vazifasini qo‘yadi. Shu ma'noda huquq ham insoniy fazilatlar bilan uyg‘un holda shaxs ijtimoiy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Masalan, ahloq va huquq masalasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ahloq huquqbuzarlikning har qanday ko‘rinishini va ayniqsa jinoyatlarni keskin qoralaydi, bu kabi hodisalarni baholashda huquq va ahloq bir fikrdadir. Rivojlangan jamiyatda huquqqa qarshi har qanday harakat ahloqsizlik hisoblanadi.
Oliy ta'limda huquq fanlari mutaxassislarga yo‘naltirilgan tarzda amalga oshiriladi. Ular yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishini e'tiborga olib mutaxassisliklariga oid huquqiy fanlar o‘tilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kengaytirilgan tarzda “Huquqshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fani o‘rgatiladi. Ta'limdan tashqari huquqiy bilim olmoqlik katta ahamiyatga ega hisoblanib, bunday huquqiy tarbiyani mehnat jamoalari, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga, nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunga rioya etish yo‘llari nimadan iborat ekanligi yetkazmoq lozim. Tartib buzuvchilar orasida o‘z xatti-harakatini noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham o‘ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko‘p uchraydi. Shunday tushuncha hosil
bo‘lmasligi uchun tarbiya jarayonida har bir jamoada o‘rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, ma'muriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur. Shaxs va jamiyat o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarning jamiyat rivojlanish prinsiplariga mos bo‘lishi shaxs faoliyatining yo‘naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog‘liq. Hayotiy pozitsiya esa tarbiya jarayonida shakllanadi. Shu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o‘z nazoratiga olgan va bu vazifani bajarishni eng dono kishilarga topshirgan.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish