6 sinf ona tili
1. Nima qilmoq?, nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so‘z turkumi ……. deyiladi?
A) ot B) ravish C) sifat D) fe'l
2. Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida
ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar … hisoblanadi?
A) harakat fe’llari B) holat fe’llari
C) o‘timli fe’llar D) o‘timsiz fe’llar
3. Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini
ifodalovchi fe’llar …… sanaladi.
A) harakat fe’llari B) holat fe’llari
C) o‘timli fe’llar D) o‘timsiz fe’llar
4. Tushum kelishigidagi so‘zlar bilan
bog‘lanadigan fe’llar …. sanaladi
A) harakat fe’llari B) holat fe’llari
C) o‘timli fe’llar D) o‘timsiz fe’llar
5. Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa
shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakllari …. shakli deyiladi
A) o‘zlik nisbati B) orttirma nisbat
C) majhul nisbat D) birgalik nisbati
6. Qaysi qatorda o'timsiz fe'llar vosita yordamida o'timli fe'lga aylangan?
A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq
B) o'qishmoq, yig'latmoq, ko'rsatmoq
C) bajartirmoq, o'qitmoq, berishmoq
D) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq
7. Quyidagi fe'llarning qaysilari o'zlik nisbat shaklida qo'llana olmaydi?
1) o'ylamoq; 2) gullamoq;
3) yaraqlamoq; 4) uzmoq; 5) otmoq; 6) kulmoq; 7) turmoq
A) 2, 3, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 6, 7 D) 2,3,5,6, 7
8. O'timli fe'llar qaysi qatorda berilgan? A) quvontirmoq, yozmoq, almashmoq
B) ko'rsatmoq, jiringlamoq, ko'rmoq
C) o'qimoq, qaramoq, uxlamoq
D) ichmoq, tanishmoq, yurmoq
9. Qaysi nisbat qo'shimchasi qo'shilsa ishla fe'li o'timli fe'lga aylanadi?
A) o'zlik nisbat qo'shimchasi
B) majhul nisbat qo'shimchasi
C) birgalik nisbat qo'shimchasi
D) orttirma nisbat qo'shimchasi
10. Qaysi qatorda o'zlik va majhul nisbatdagi fe'llar juftligi berilgan?
A) tarandi-taraldi, kiyindi-kiyildi
B) ajraldi-ajratdi, maqtadi-maqtandi
C) eshitdi-eshitildi, tashladi-tashlandi
D) yuvindi-yuuvundi, chaqirdi-chaqirildi
11. Qaysi nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalar doim o'timli fe'llarga qo'shiladi? A) o'zlik nisbati
B) birgalik nisbati
C) orttirma nisbat
D) nisbat hosil qiluvchi barcha qo'shimchalar o'timli va o'timsiz fe'llarga qo'shilishi mumkin
12. Holat fe'llari berilgan qatorni toping. A) uxlamoq, o'tirmoq
B) qizarmoq, g'azablanmoq
C) sug'ormoq, yasharmoq
D) o'tmoq, quvonmoq
13. Qaysi gapda o'zlik nisbat shaklidagi gap berilgan?
A) Ammo kampirning dodiga odam tez to'plandi.
B) Belbog'imga bitta kulcha tugilgan.
C) Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko`chirdi.
D) baxtni har kim o`zicha tushunadi.
14. Bir kuni chol bechora qo'li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi.
Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe'llar berilgan?
A) o'zlik, majhul, orttirma nisbatlar
B) aniq, majhul, orttirma nisbatlar
C) orttirma, birgalik, aniq nisbatlar
D) majhul, birgalik, aniq nisbatlar
15. Qaysi qatorda holat fe'llari berilgan?
A) unmoq, jimirlamoq, ikkilanmoq
B) yiqilmoq, bo'yalmoq, o'ylamoq
C) porlamoq, ketmoq, tegmoq
D) sarg'aymoq, tekislamoq, bermoq
16. Qaysi qatorda o'timli fe'llar qo'llangan?
A) almashmoq, joylashmoq, kuymoq
B) o'xshamoq, jiringlamoq, so'ramoq
C) o'qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq
D) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko'rmoq
17. Yemoq, demoq fe'llaridan majhul nisbat qay tarzda hosil qilinadi?
A) yemoq, demoq fe'llaridan majhul nisbat yasalmaydi
B) so'z asosiga zil qo'shimchasini qo'shish orqali
C) so'z asosi unli tovush bilan tugaganligi uchun -/ undoshini qo'shish orqali
D) so'z asosi va majhul nisbat qo'shimchasi orasida y tovushini orttirish orqali
18. Otasini hovlining chekkasidagi zax uyga ko'chirdi.
Ushbu gapdagi fe'lning nisbatini aniqlang.
A) aniq nisbat B) o'zlik nisbat
C) majhul nisbat D) orttirma nisbat
19. 1. Gul ochildi. 2. Yig'ilish ochildi.
Ushbu gaplardagi fe'llarning nisbatini aniqlang.
A) 1-gapda o'zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat
B) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o'zlik nisbat
C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat
D) har ikkala gapda majhul nisbat
20. U yuziga belbog'ini tashlab ko'rpachaga cho'zildi. Lag'mon ingichka qilib cho'zildi.
Ushbu gaplardagi cho'zildi so'zining nisbatini aniqlang.
A) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o'zlik nisbat
B) 1-gapda o'zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat
C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat
D) har ikkala gapda majhul nisbat