Ўзбекистон Республикаси
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Бухоро давлат университети
ТАРИХ КАФЕДРАСИ
Рахматова Маргубанинг
5120300-тарих таълим йўналиши бўйича
бакалавр даражасини олиш учун
“М.Бехбудий-Туркистон маърифатпарварлик харакатининг асосчиси” мавзусидаги
Битирув малакавий иши
Илмий раҳбар: катта ўқитувчи: Ш.Қудратов
Бухоро-2017
М.Behbudiy-Turkiston ma’rifatparvarlik harakatining asoschisi.
Reja.
Kirish
I Bob.Behbudiyning tarixiy ma’naviyatimiz taraqqiyotidagi o’rni
Behbudiyning tarjimai holi va uning jadidchilik
g’oyalarining shakllanishi.
Behbudiyning o’zbek teatri va matbuoti
sohasidagi faoliyati.
ii BOB. bEHBUDIYNING IJTIMOIY-SIYOSIY QARASHLARI.
2.1Behbudiyning 1917-1918 yillardagi faoliyati.
Behbudiyning hayotining so’nggi kunlari
va qatl oldidan qilgan vasiyati.
Xulosa.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.Mustaqillik – bu O’zbekiston xalqlari hayotida buyuk tarixiy voqeadir. Ming yillik tarixga va boy madaniyatga ega bo’lgan , jahon fani xazinasiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek xalqi ilk bor davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi. Nihoyat, 32 millionli o’zbek xalqi qalbi to’rida asrab – avaylab kelgan muqaddas orzusi ro’yobga chiqdi - O’zbekiston hur, ozod, mustaqil respublika deb e’lon qilindi.
XIX asr 80-yillari oxiriga kelib, dunyo ro’yi – zamin quruqligining1/6 qismini egallagan SSSR deb atalmish ulkan davlatda ro’y berayotgan voqealarni hayrat bilan kuzatardi. Va albatta, bundan o’n-on besh yillar oldin o’zining ko’p sonli raketalari, qurol – yarog’lari, g’alati tabiatli odamlari, kutilmagan ixtiro yaratish yoli bilan ko’p emas, kam emas-70 yilcha yashab kelgan mana shu davlatning ko’p o’tmay parchalanib ketishini hech kim ham tasavvur qilmagan edi.
Darhaqiqat, 1991 yilda ro’y bergan ana shu jahonshumul hodisa natijasida bu davlatga qaram bo’lgan va uning qoloq chekka o’lkalaridan biri bo’lgan O’zbekiston ham o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. Bu tarixiy o’zgarishlar ana shu yillar davomida barcha sohalarda yo’l qo’yilgan xatolarni ochib berdiki, bugungi mustaqil O’zbekistonning biz talaba-yoshlari bu voqealarning aynan guvohi bo’libgina qolmay, balki ana shu xatolar, noto;g’ri yuriltilgan siyosat hamda o’zligi, miliyligi va barcha qadriyatlaridan uzoqlashgan turli millat vakillarining tarixinibugungi kun nuqtai-nazari bilanyangicha talqinlarda o’rganishga muvaffaq bo’layapmiz.
Bu yil respublikamiz mustaqilligining 26 yilligini nishonlash arafasida turibmiz. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston o’zining istiqlol va taraqqiyot yo’liga ega ekanligini yaqqol ko’rsatdi. Bu borada amalga oshirilgan va faxrlansak arziydigan asosiy ish – milliy qadriyatlarimizning tiklanayotganidir. “Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning , davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash , deb ta’kidlaydi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov,- milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi. Biz iqtisodiy islohotlarning yangi davriga qadam qo’yar ekanmiz, madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlarimiz, ma’naviyatimizni rivojlantirish vazifalarini ham belgilab olishimiz kerak. Zero milliy istiqlol mafkurasining ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarining jamiyat va xalq hayotiga tutgan o’rni beqiyos ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Xalqimiz azaldan o’z ma’naviy qadriyatlari va diniy e’tiqodini yusak qadrlab kelgan. Shuning uchun eng mushkul damlarda ham o’zligini yoqotmadi”1.
Ilgari ta’qiqlab qo’yilgan urf-odatlar, an’analar, rasm-rusumlar tiklandi (Navro’z milliy bayramimiz, Ramaqzon va Qurbon hayitlari va h. k.). Xalq hunarmandchiligi uchun keng yo’l ochib berildi. Chunki I Karimov ta’kidlaganidek, “bu milliy boylik bizga ota- bobolarimizdan meros bo’lib qolgan. Binobarin,biz ham uni ko’z qorachig’imizdek asrab-avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak”2.
Mustaqillikka erishguncha o’tgan muddat mobaynida , aynan so’nggi 70 yil davomida bizni o’zmerosimiz durdonalari va ularni yaratgan buyuk ajdodlarimizdanvoz kechishgacha olib borib qo’ydilar. Ma’naviyatga , jahon ilmiga o’zining munosib hissasini qo’shgan bobokalonlarimizning nomlarini zikr qilishga ham qo’rqib qolgan edik. Xullas , biz o’tmishimizni batafsil o’rganish o’rniga undan bosh tortish kayfiyatiga tushib qolgandik3.
O’zbekistonimizning mustaqilligi e’lon qilinishi , bu qiyin yo’lda qo’yilga birinchi qadamlar,qisqa davr ichida ona Vatanimizning xalqaro miqyosda keng tan olinishi, qolaversa, jahon hamjamiyatida uning obro’-e’tibori tezlik bilan o’sib borayotganligi hur diyorimizni chinakamiga ravnaq toptirish uchun mustahkam poydevor yaratmoqda4.
Mustaqillik haqida o’ylar ekanmiz, eng avvalo ko’z oldimga mustaqil jumhuriyatdagi har bir xalqning milliy qiyofasi keladi. Ming shukurki mustaqillik sharofati bilan kohna xalqning asriy orzu-umidlari ro’yobga chiqdi. O’zbekiston o’z irodasi bilan mustaqil bo’lib oldi5.
Ajdodlarimiz yashab o’tgan davrlarini o’rganar ekanmiz, ularning zamonasiga xos bo’lgan g’oyalar bilan yashaganligining guvohi bo’lamiz.Bu g’oyalar jamiyatga ikki xil ta’sir etadi,ya’ni ayrimlari jamiyat rivojini to’latsa , ayrimlari salbiy ta’sir ko’rsatadi. Vatanimiz istiqlolga erishganiga bor-yo’g’i sanoqli yil bo’ldi. Bu iki xil ko’rinishdan iborat, salkam bir yarim asrga cho’zilgan “oq poshsho” va “qizil imperiya” mustamlakasi va qaramligi davriga nisbatan juda oz muddat, tarixning shunchaki lahzasi xolos. Ammo uning mazmuni va mohiyati, qadri va qimmati hamda ahamiyatini hech bir narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. U o’zbek xalqiga tegishli bo’lsada, bevosita jahon xalqlarining ozodlik va mustaqillik uchun kurashi silsilasiga daxldor. Afsus, shunday bo’lsa-da, unga erishish bizlar uchun jahon taraqqiyoti tarixining eng so’nggi davridagina nasib bo’ldi. Bu taqdirdan biz o’ta xursand bo’lish bilan birga o’z mas’uliyatimizni ham unutmasligimiz kerak. Yurtimizning hozirgi holati uzoq muddatda qafasda saqlangan qushni eslatadi. U endigina o’z qaddini rostlab, qanot yozib parvozga shaylanmoqda.
Darvoqe, uning davlat gerbida tasvirlanganligi ham tasodif emas, albatta. O’tgan davr mobaynida xalqimiz ongiga mavhum vatanparvarlik ruhu va begona ong, begona mafkura singdirilishiga sabab, u o’zligi va qadr-qimmatini unutdi, o’z tarixi va ota-bobolari ruhiyatidan begonalashdi, endi ularni tez orada tiklab yanada rivojlantirish zarurati tug’ilmoqda6.
Bugungi istiqlol so’nggi yuz yildan ortiqroq tariximizning eng katta armoni bo’lib kelgani hozirda hech kimga sir emas. U dastlab jadidlar nomi bilan tarixga kirgan va sho’rolar davrida “xalq dushmani” tamg’asi bosilib, qatag’on qilingan yosh, zamonaviy, taraqqiyparvar ziyolilarimiz ko’ksida tug’ilib yetilgan edi.XX asr o’zbek maorifu-madaniyati,ehtimolki,bugungi mustaqil tafakkurimiz ular oldida burchlidir.
“Usuli jadid”, “usuli satviya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktabni Turkistonda shular tashkil qildilar. Shular birinchi bo’lib zamonaviy oily maktab g’oyasini ilgari surdilar, o’nlab jamiyatlar, shirkatlar uyushtirib, ular yordamida qanchadan – qancha yoshlarni taraqqiy qilgan Yevropa mamlakatlariga o’qishga yuborishga muvaffaq bo’ldilar. O’zbek teatrining birinchi g’ishtini qo’ygan, nashru-matbuotini ham boshlab bergan shular.Ular o’z hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiqlolga tayyorladilar, she’r va maqolalar , sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini singdirishga urindilar. Rossiya qonunlari imkon bergan darajada Turkiston musulmonlarining sha’nu-sharafini himoya qildilar,inqilob yillarida esa mustaqillik bayrog’ini baland ko’tardilar.Ne baxtki,ular orzu qilgan istiqlol bizga nasib etdi.Ularning miliy pul, milliy qo’shin , milliy tarbiya kabi juda ko’p dardu armonlari bugun davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarilib, bosqichma-bosqich hal qilinmoqda. Binobarin, ular bizga bugub har qachongidan ham yaqindirlar7.
Ushbu tadqiqot ishi jadidchilik harakatining boniysi, Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi,ular orasida mumtoz bir o’rinni egallagan - Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va faoliyatiga bag’ishlanadi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Behbudiydek allomalarimizni ilmiy tafakkur nuqtai-nazaridan o’rganish masalasi uchu sharoit yaratildi. Mahmudxo’ja Behbudiy tarixiy ma’naviyatimiz taraqqiyotida alohida o’ringa ega. Shunday bo’lsa-da, biz uning boy merosidan bebahra yashab keldik. Mazkur mavzuni tanlashimning asosiy boisi ham tariximizdagi noma’lum qirralarni ochishdan iborat bo’lib,quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi:
1.Diplom ishini tayyorlash bilan Mahmudxo’ja Behbudiydek vatandoshimizning miliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizga qo’shgan hissasini ochib berish;
2. Mahmudxo’ja Behbudiyning va uning merosining ilmiy adabiyotlarda qay tarzda yoritilishini baholi qudrat ochib berish;
Mazkur diplom ishi ham shu niyatda yozildi. Shu o’rinda tabiiy savol tug’iladi:xo’sh, Mahmudxo’ja Behbudiy o’zi kim? U qanday shaxs? Uning buyuk xizmati nimada?
Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida (hijriy 1291 10-zulhijja)Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida ruhoniy oilasida tug’Ildi. Otasi Behbudxo’ja Solixo’ja o’gli turkistonlik Ahmad Yassaviy avlodlaridan,ona tomondan bobosi Niyozxo’ja urganchlik bo’lib, amir Shohmurod zamonida (1785-1880)Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda otasi, imom xatiblik bilan shug’ullanib kelgan otasi Behbudxo’ja vafot etadi. Yosh Mahmudxo’ja tog’asi qozi Muhammad Siddiqning tarbiya va qaramog’ida o’sib voyaga yetadi. 18 yoshidan qozixonada mirzolik qiladi. Uning zamondoshlarining yozishicha, Behbudiy dastlab Samarqand madrasasida, so’ngroq Buxoroda yashirincha tahsil oladi. Xullas, an’anaviy tahsil, so’ng esa o’z ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali shariatning yuksak maqomlari - mufti, qozi darajasiga ko’tarildi8.
Behbudiy “usuli jadid” maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o’tiladigan darslar,imtihonlarning qay tarzda olinishi, maktabning tuzilishi, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimlarning vazifalari, ularning ta’minot masalalari va boshqa ko’p jihatlarini Gaspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o’rgandi. Shular asosida Turkistonda “usuli jadid” maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi.Nafaqat tashkil etish, u shu maktablarni kitob bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko’rsatdi.U Samarqandning eski shahar qismida bepul kutubxona – qiroatxona, o’z hovlisida maktab ochadi, yangi usuldagi maktabni esa o’z hovlisiga ko’chirib keladi9.
1919 yil 25 mart kuni Behbudiy va uning sheriklari Mardonqul va Muhammadquli bilan amir ayg’oqchilari tomonidan Shahrisabzda qo’lga olinadi.Taxminan ikki oy qamoqda saqlanib, so’ng Qarshiga keltirilgan. Bu yerda o’n kuncha zindonda turgan va chamasi iyunning boshlarida qatl qilingan10.
Mana ,qisqacha bu buyuk shaxs va uning qilgan xizmatlari haqida tanishdik.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Mavzuni o’rganish darajasi haqida gap ketar ekan,uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda Sadriddin Ayniy, Hoji Muin ibn Shukrullo, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomonidan bir qator maqola, xotiralar e’lon qilingan.Keyingi yillarda, xususan, mustaqillikka erishgandan so’ng jadidlar faoliyatini o’rganishga harakat kuchaydi. Behbudiy asarlari ham qayta nashr etila boshlandi. Jumladan, Behbudiy tarjimai holini yoritishda Hoji Muinning 1922-23-yillardagi o’zi muharrirlik qilgan “Mehnatkashlar tovushi” (1922), “zarafshon”(1923) gazetalarida chop etilgan maqolalari muhim ahamiyatga ega11.
Behbudiy haqida 70-yillardan bugungi kungacha e’lon qilinib kelinayotgan Solih Qosimov, Ahmad Aliyev, Naim Karimov,Sherali Turdiyev va yosh tadqiqotchilardan Halim Sayyid, Normurod Avazov, Zebi Ahrorovalar ishlarining barchasida Hoji Muin ma’lumotlari asos qilib olinadi.
Aynan biz ko’rib o’tayotgab mavzu bo’yicha bugungi kun olimlarimizdan Solih Qosimov, Ahmad Aliyev, Naim Karimov, Zebi Ahrorovalar samarali ish olib bormoqdalar.Ularning Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va faoliyati haqidagi maqolalari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Xalq ta’limi”, “O”zbekiston ovozi”, “Muloqot”, “San’at” kabi oynoma va ro’znoma sahifalarida chop etilishi xalqimizga o’tmish merosimizga bo’lgan qiziqishni kuchaytirmoqda.
O’zligini anglagan xalqgina buyuk kishilarining nomlarini e’zozlab, ruhi poklarini doimo yod etadi.Shu maqsadda “Ma’naviyat” nashriyoti so’nggi vaqtlarda “Istiqlol qahramonlari”rukni ostida mustaqillik yo’lida jonini fido etgan vatandoshlarimizhayoti va faoliyatini yoritish sohasida talaygina ishlarni amalgam oshirmoqda. Jumladan, 1997 yilda shu nashriyot tomonidan B. Qosimov tahriri ostida Behbudiyning “Tanlangan asarlar”i nashrdan chiqdi. Asarda Behbudiyning butun hayoti va faoliyati keng yoritib berilgan.
Diplom ishida bu va yana boshqa mualliflarning ko’plab risola va maqolalaridan va albatta,davriy matbuot nashrlarining materiallaridan keng foydalanildi. Zero, prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “oldin odamlarga moddiy boylik berish, so’ngra ma’naviyat to’g’risida o’ylash kerak, deydiganlar haq bo’lmasa kerak. Ma’naviyat xalqning, insonning kuch-qudratidir… Ma’naviyatni mustahkamlash uchun mehnat va mablag’ni ayash o’z kelajagiga bolta urish demakdir”12.
Bu haqqoniy fikrdan har birimiz xulosa chiqarmog’imiz , ma’naviyatimizni mustahkamlashga ulush qo’shmog’imiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |