Mavzu: Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va faoliyati


Behbudiy hayotining so’nggi kunlari va qatl



Download 296 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2022
Hajmi296 Kb.
#419916
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“м.бехбудий-туркистон маърифатпарварлик харакатининг асосчиси

Behbudiy hayotining so’nggi kunlari va qatl
oldidan qilgan vasiyati
Bugungi istiqlol so’nggi100 yildan ortiqroq tariximizning eng katta armoni bo’lib, kelgani hozirda hech kimga sir emas. U dastlab jadidlar nomi bilan tarixga kirgan va sho’rolar davrida “xalq dushmani” tamg’asi bosilib qatag’on qilingan yosh, zamonaviy, taraqqiyparvar, fidoyi ziyolilarimiz ko’ksida tug’ilib yetilgan edi.
Ne baxtki, ular orzu qilgan istiqlol bizga nasib etdi. Ularni milliy pul, milliy qo’shin, milliy tarbiya kabi juda ko’p dardu-armonlari bugun davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarilib bosqichma - bosqich hal qilinmoqda. Binobarin, ular bizga har qachongidan ham yaqindir. Behbudiy ular orasida mumtoz bir o’rinni egallardi. Mana shu Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, boniysi edi68.
“Siyosiy – ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o’sha vaqtdagi jadidlaridan unga teng kela oladigani yoq deb o’ylayman” deb yozadi Fayzulla Xo’jayev69.
M. Behbudiy umrining oxirigacha Turkistonning ma’rifati taraqqiyoti, istiqloli uchun kurashdi. U bu yo’ldan hatto 1919 yil boshlarida Buxoro amirining dahshatli zindonida o’z qatlini kutib yitgan og’ir damlarda ham voz kechgan emas.3 Orzulari chil-chil bo’lgan Behbudiy 1919 yilning 25 martida parishon bir holda yo’lga chiqadi va qo’lga olinadi.
Qayerga ketayotgan edi u? Uning ko’nglida qanday tug’yonlar kechayotgan edi? Savollarning bir qismi hali ham ochiq turibdi. Ayrim taxminlar bor. Masalan, yosh tadqiqotchi olim Halim Said o’z maqolasida “Behbudiyni qatl etgan kim?”savolini bir qator dalillar asosida qotil bolshevizm va uning imperiyachilik siyosati ekanini isbotlashga harakat qiladi.
Ikkinchi bir maqolasida uning 1919 yil 25 martda g’oyib bo’lganligi aytiladi. S. Ayniy u bilan so’nggi uchrashuvini shunday xotirlaydi: “1919 yil fevral oyida Toshkentga borib qaytdi. Maktab prugrali va Toshkentdagi ilmiy xollar bilan Samarqand muallimlarini tanishtirmoq uchun muallimlar majlisini chaqirishga buyurdi. Shundan keyin ko’chaga ko’rinib, mazkur majlisga nima sababdan kelmaganini, ikkinchi majlis uchun qaysi kuntayinlansa kela olishini so’radim. Hozir biroz xastamen, paytim va fursatim bo’lsa xabar beramen”.
Behbudiydek botartib bir ziyolining o’zi majlis belgilab, kelmasligi va bunga biror izoh bermasligi, uning ustiga keyingi uchrashuvni ham mujmal qilib qo’yishi chindan ham u bilan bir sirli ishlar ro’y berayotganiga ishora beradi. U nimadandir bir qattiq larzaga ekanligi aniq, Halim Saidning aniqlashicha Behbudiyning g’oyib bo’lishi haqida dastlabki xabar voqeadan bir oy o’tar-o’tmas, ya’ni 1919 yilning 23 aprelida “Mehnatkashlar tovushi”gazetasida bosilib chiqqan. So’ng u “Ishtirokiyun” gazetasida bosilib chiqqan. Maqola muallifi Hoji Muin bo’lib, u xalq orasida tarqalgan mish-mishlarni yig’adi. Va ularning tagiga yetishishga urinayotgan yoshlardan zorlanadi. Unda keltirilishicha, shu yil to’rt kishi ( Mahmudxo’ja, Mardonquli, Shohmuhammadzoda, Muhammadqul Yrovoy va turk muallim Naim Afandi) “Moskvaga yoki bir yerga bormoq qasdiga yo’lga chiqqanlar. Ot bilan Buxoro tuprog’idan o’tayotganlarida Qarshida qo’lga olganlar. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda vahshiyona o’ldirilganlar”70.
Uning fojiali o’limi bir yildan keyin oshkor etiladi. 1920 yil 25 martda Samarqandda tantanali ta’ziya marosimi o’tkaziladi.
1922 yilda “Inqilob” jurnalining 1-sonida Hoji Muiniy mufti Mahmudxo’ja hazratlarining qanday shahid bo’lganligi va amir tomonidan yozilgan “Vasiyatnoma” nomli xabar maqolasi bosilib chiqadi. Hoji Muinning maqolasidan ma’lum bo’lishicha, bu Behbudiyning Samarqand sho’rolar sarhadidan Shahrisabzga, amirlik chegarasidan o’tganligini u sheriklari Mardonqul, Shomahmud o’g’li, Muhammadqul O’rinboy o’g’li bilan birga Shahrisabzga qo’lga olinib, taxminan ikki oy qamoqda saqlangan. So’ng Qarshiga keltirilgan. Buyerda ham o’n kunlar zindonda turgan va chamasi iyunning boshlarida qatl qilingan.
Voqea zindon yonidagi podshohlik chorgohida yuz bergan. Ehtimolki, u tunda amalga oshirilgan. Odatdagidek, mahkumlarning o’ziga chuqur qazdirilib, o’ldirilib, ko’milgan, so’ng kishi bilmas qilib tekislab tashlangan71.
Bu yerda savollar ko’p. Masalan, ular qayoqqa ketayotgan edilar? Ularni kim, nima uchun o’ldirdi? Qachon va qaysi kunda ular o’ldirildi? Chorbog’ning o’rni qayerda? Nihoyat u yerdan biror narsa topish mumkinmi?
Uning biografiyasida muhim o’rin tutuvchi 1919 yilning 25 mart sanasi ayrim manbaalarda Samarqand sarhadidan Behbudiyning chiqqan kuni ba’zida qatl kuni sifatida beriladi. Halim Said uning qayoqqa ketayotganligi haqidagi taxminlarini o’zaro solishtirib, Parijga, Antanta davlatlarini yig’ilishiga borayotganini taxmin qiladi. Prof. Naim Karimov fakt va materiallarni tasdiqlar ekan, buni yana konkretroq ko’rsatishga harakat qiladi. Uningcha Behbudiy sho’rolar Rossiyasida bolshevizmga qarshi kurash olib borayotgan muxolif guruhlarning rahbarlari qatorida Shahzoda orolida AQSh prezidenti Vil’sonning taklifi bilan uyushtirilayotgan kengashga bormoqchi edi. Rejaga ko’ra, Behbudiy Bokuda Saidnosir Mirjalolov bilan uchrashishi va Istambul orqali Shahzoda orolariga yetib borishi lozim edi. Ular baxtga qarshi uchrasha olmadilar.
To’g’rirog’i, sobiq Turkiston muxtoriyati hukumati vkillarning jahon afgor ommasi oldiga chiqib, Rusiya bol’shevizmining g’ayrirus musulmonlarini qatli om qilib, millat sifatida yo’q qilishga qaratilgan vahshiyona siyosatini oshkor qilishga imkon bermadi. Sho’rolar hukumati amir qo’li bilan millatning fidoyi farzandini qatl qildi.1 So’ng esa yoshlar yonida turib Behbudiyga ko’z yosh to’kdi va o’z maqsadiga erishdi. Birinchidan, amir va uning saltanatiga yoshlarda g’azab va nafrat uyg’otishga muvaffaq bo’ldi. Bu esa o’z navbatida, Buxoroning sho’rolashuvini tezlashtirdi. Ikkinchidan, sho’rolar hukumati o’zining aqlli va g’oyat e’tiborli dushmanidan qutuldi.
Behbudiy amirning Qarshi shahridagi voliysi Nuriddin Og’alik tomonidan 1919 yil 25 martda vahshiylarcha o’ldirilgan. Behbudiy va yo’ldoshlari Qarshi zindonida yotgan vaqtlarida Qarshi beginning birinchi mahrami, ham zindonboni Ahmad ila ikkinchi mahrami Sodiqjon Behbudiy o’rtoqlari ila yashirin musobaha etib, ularning tirik ekanliklarini bilganlar. Va har vaqt ularning ahvollaridan xabardor bo’lib turganlar. Nihoyat, Behbudiy afandilarning suhbatlari ta’siri bilanmazkur ikki mahram, bularga muxlis va mehribon bo’lganlar. Hatto, bir kun mazkur mahramlarning rizo va xohishlari bilan bek Behbudiy va yo’ldoshlarini huzuriga chaqirib: “Sizlar na uchun qo’lg’a tushdingiz?” deb so’rag’on. Behbudiy: “Bizlar Baytullohni ziyorat etmoq uchun Samarqanddan chiqqan edik. Yo’lda amir ma’murlari: “Sizlar jadid, kofir va tilchi deb, bizni qo’lga oldilar. Taftish qilsun bizning gunohsizligimiz shoyad ma’lum bo’lur”, deganlar. Bek: “Sizlar jadid va kofirdursiz. Buxoroga janobi oliylariga tig’ totgon sizning maslakdoshingiz emaslarmi? Sizlarni o’ldirmoq kerak. Sizlar qutulmoq uchun Baytullohga bormoqni bahona qilib ko’rsatursiz”72.
To’g’ri , Hoji Muin keltirgan ma’lumotga ko’ra, Behbudiy Qarshi begining so’roqlariga javoban Baytullo ziyorati uchun yo’lga chiqqanini bildiradi. Lekin, bu ehtimoldan uzoq deb o’ylaymiz. Avvalo an’anaviy ziyorat mavsumi Qurbon hayitiga uzoq edi (o’sha yili kuzga to’g’ti kelgan). Qolaversa, nuhofaza uchun bundan boshqa ma’qul dalolatni topish qiyin edi.
1926 yildan 30-yilgacha Qarshi shahri Behbudiy nomi bilan yuritildi. Uning nomining abadiylashtirilishi bir niqob edi. Qarshi shahriga uning nomi qo’yilgan o’sha 1926 yildayoq u mansub jadidchilikni aksilsho’roviy harakat sifatida qoralash kompaniyasi boshlab yuborilgan edi. Aslida ham shundoq bo’ldi. Ular zulm va zo’ravonlikni sinfiy kurashni, millatni qoq ikkiga ajratib, orasida nifoq va dushmanlik solishni rad etdilar. Behbudiyning qayoqqa ketayotganligi to’g’risida Zaki Validiyning quyidagicha fikri bor: “Behbudiy Zakaspiyni egallagan inglizlar bilan Turkiston musulmon shorosi nomidan rus bolsheviklariga qarshi shartnoma tuzish uchun borayotgan edi. “Bu gapda jon bor albatta. Behbudiy 1906 yildayoq ularning maslak va e’tiqodini rad etgan edi. “Xurshid” gazetasida “Xayrul umuri afsatuxs” ( “Umrning yaxshisi o’rtachasidir”) degan maqola yozib, din va millatni inkor qiluvchi sosialistik qarashning aql va shariatga zid ekanligini, zo’ravonlikka asoslanganligini oshkor aytgan edi73. Har qanday din aql va tafakkur timsoli ekanligini, har qanday taraqqiyot milliy zaminida kechgandagina mustahkam va samarali bo’lishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Qolaversa, 1918 yilda Behbudiy faol ishtirok etgan va juda katta umid bog’lagan Turkiston muxtoriyati xuddi shu bolsheviklar tomonidan xoinona qonga botirildi. Bu yetmaganidek, 1- jahon urushi, so’ng fevral inqilobi, bolsheviklar to’ntarilishi va uning oqibatlari natijasida shunday to’kin-sochin Turkistonda ochlik boshlandi. Mahalliy xalqni ezib olish natijasida bolsheviklar hukumati Volgabo’yidan g’alla zahiralarini olib kelishga qarshi chiqdilar. Qahatchilik butun o’lkani qamrab oldi. Millatni saqlab qolish lozim edi. U ham Behbudiyni yo’lga otlantirgan sabablardan bo’lsa, ajab emas.
Behbudiy amir zindonida yotgan paytda bekning birinchi mahrami va zindonboni Ahmadbekning aytgan haqsiz so’zlariga chiday olmay Behbudiyni mudofaa uchun bekka qarab, “Taqsir, ul-bularning ishlarini haqiqatlab ko’ring, agar gunohlari bo’lsa, so’ngra o’ldiring”, deganida, bek achchiqlanib: “Endi bildimki, sen ham jadidekansan. Chunki jadidlarga tarafdorlik qilasan. O’ldiradurg’on jadidlar uchta edi. Endi sen bilan to’rtta bo’ldi. Seni ham o’ldurmak kerak” deb aytadi. Ahmad ko’ziga yosh kelgan holda, qo’rqqnidan qimirlamay turg’on74.
So’ngra bek odamlariga Behbudiy va uning hamrohlarini va Ahmadni zindonga qamab qo’yib, amirdan keladigan farmoyish ila o’ldirajagini bildirgan. Behbudiy oyoqqa turib, jasorat ila tubandagi so’zlarni so’ylagandan so’ng, yo’ldoshlari ila yig’lay-yig’lay zindon sari borganlar: “Bizlar o’limdan qo’rqmaymiz. Balki haq yo’lida o’lmakni o’zimiz uchun sharaf deb bilamiz. Shunday yo’lda yolg’iz biz o’lmagan. Balki ko’p kishilar to’g’rilik va inqilob yo’lida shahid bo’lganlar”75.
U o’lim oldida ham Turkistonda, Buxoro yerlarida maorif nurlarini yoyish, elni jaholatdan, qullikdan qutqazish, ularga haqiqat, adolat va ozodlik yo’llarini ko’rsatishga, bu yo’lda qurbon bo’lganlarni unutmaslikka chaqiradi76.
Shundan bir necha kun o’tgandan so’ng, Sodiqjon amirdan bekka qatl buyrug’i kelganini bekka bildirgan. So’ngra Behbudiy o’zining hayotidan umidini uzib, yig’lay-yig’lay quyidagi vasiyatnomani yozib Sodiqjonga topshirmoq uchun Ahmadga bergan va har qanday yo’lbilan bo’lsada, Samarqandga yuborishni o’tingan. Vasiyatnomaning ostidan boshlab o’zi, so’ngra Mardonquli va Muhammadquli afandilar qo’l qo’yganlar. Vasiyatnoma quyidagicha:
“Ey, Turkiston maorif ishlarida bo’lg’on o’rtoq va o’g’lonlarim! Men o’zim garchi bandi bo’lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga biroz vasiyat qilib o’taman. Meni sevar o’rtoqlarim! Biz ikki oydan beri Buxoro shaharlarida bandi bo’lib yurib, axir o’n kundan beri bir yerda (Qarshi shahrida) bu zolimlarning qo’liga tushib, bandi bo’ldik. Jadid, kofirlik otini ko’tardik. Bu yerdan qutulmog’imiz gumon bo’ldi.
O’rtoqlarim Siddiqiy, Ayniy, Fitrat, Qori va Akobir mahdum va o’g’lonlarim Vadud Mahmud Abdulqodir Shakuriy: Sizlarga vasiyat qilaman: maorif yo’lida ishlayturg’on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O’rtadagi nifoqni ko’taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qilmangizlar! Har ishni qilsangiz jamoa birlan qilingizlar! Buxoro tuprog’iga tezlik bilan yo’l boshlangizlar! Bizning konimizni zolim beklardan talab qilingizlar! Maorifni Buxoro tuprog’ida joriy qilingizlar! Bizning yurtimizga maktablar ochingizlar! Bizlar ul chog’da qabrimizda tich yoturmiz. Maning o’g’lonlarimga salom yetkazinglar. Bu hamrohlarimning avlodlaridan xabardor bo’linglar. Ushbu vasiyatnomani yozib Ahmadga berdim”77.
Bu vasiyatnomadan uch-to’rt kun o’tar –o’tmas Yahyobek Behbudiy va yo’ldoshlarini, Ahmadni o’ldirishga buyurgan. So’ngra Behbudiy va yo’ldoshlari tahorat olib, namoz o’qimoqchi bo’lganlar. Ammo shu choqda jallod yetib kelib ularni namoz o’qishga qo’ymagan va eng avval Behbudiy hazratlarini joynamoz ustida boshini kesganlar. Bu holni ko’rib Mardonqul Muhammadquli va Ahmad afandilar tavhid va shahodat kalimalarini o’qib, o’limlarini kutib turganlar. Shundan so’ng jallod ularni bir-bir boshini kesgan. Bekning mahrami Sodiqjon voqeani boshidan oxirigacha ko’rganlar va bilgani uchun ham Behbudiyga muxlus bo’lganidan shu voqeani bir daftarchaga yozib qo’ygan va undan o’rtog’i Hojimurod ko’chirib olib, fojiani teatr shaklida tartib etib, otini “Maorif qurbonlari” deb qo’ygan. Hojimurodning so’ziga ko’ra, mazkur Sodiqjon 1920 yil 21 dekabrda amir tomonidan Shahrisabz, Kitob va Guzor taraflarida qo’zg’atilgan isyonchilar tarfidan Sodiqjon o’ldirilgan. Shuning uchun Sodiqjon yozgan voqea vasiyatnomaning asl nusxasi o’sha vaqtda yo’qolib ketgan78.
Mayli, bular oldindagi ishlar. Hozir eng zarur, kechiktirib bo’lmaydigan ish-Behbudiy qabrini tiklashdir. Dastlabki vazifa beklik zindonini va uning yonidagi chorbog’ini aniqlashdir. Ayrim tarixchilar buni hozirda o’lka muzeyi joylashgan uzoq yillar qamoqxonaga aylantirilgan Xo’ja Abdulaziz madrasasi atrofi deb taxmin qiladilar. Muzey direktori S. Po’latov bino atrofida 30 dan ortiq kalla suyagi chiqqanini ma’lum qiladi. Ularni o’rganish kerak, albatta. Lekin ramziy bo’lsa-da, Behbudiy qabrini tiklash lozim. Balki shu Xo’ja Abdulaziz madrasasi atrofidan tubroq olinib sobiq qamoqxonaning yon-veridan qabr tiklanar. Axir u ham qatag’on qurboni, ehtimolki birinchi qurboni edi. Nima bo’lganda ham, avlodlar kelib ko’nglini to’kadigan murokaba qiladigan joy kerak. Toki Cho’lpon aytgan:
“Qo’limdagi tutam-tutam gullarim,
Qabring topib, sochmoq uchun terildi”,
Deb armon qilmagay79.

Xulosa
Mahmudxo’ja Behbudiy XX asr bo’sag’asidagi Turkistonning orzu- armonlaridan biri sifatida maydonga keldi. U o’z davrining ijtimoiy – siyosiy harakatlarida faol qatnashgan eng yirik namoyondasi yangi zamon o’zbek madaniyatinig asoschisi edi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi mustaqil jumhuriyat g’oyasining yalovbardori, “yangi maktab” g’oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisidir. O’zbek dramachiligini boshlab bergan 1-dramaturg, teatr, noshir, jurnalist edi. U tariximizning g’oyat og’ir va murakkab bir davrida yashadi.
XVI asrdan boshlangan inqiroz va turg’unlik jaholat va mutaasiblik avj pardasiga chiqqan. O’zaro janjal, mahalliy urug’chilik nizolari millatni nihoyat holdan toydirgan ediki, bu imkondan fodalanib o’lkani zabt etgan Rossiya zo’r berib uni turg’un va tutqun saqlashga urinar edi. Mana shunday bir sharoitda millatni mahv etish, vatanning butkul g’orat qilish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk, ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotga boshlash jadidlar nomi bilan tarixga kirgan Behbudiy boshliq fidoiylar zimmasiga tushdi.
Tariximizning so’nggi 100 yildan so’ng aniqroq davrida xalqimizning eng katta armoni bo’lib kelgan bugungi istiqlol kurtagi dastlab mana shu jadidlar ko’ksida nish urib yetilgan edi. Behbudiyning chet ellarda bo’lishi, dunyoqarashining o’zgarishida chuqur iz qoldirdi. Bu mamlakatlarda ta’lim- tarbiya, mqaorif sohasiga katta qiziqish bilan qaradi. Turkiston sharoitida foyda farqlanuvchi maktab, oliy ta’lim, matbuot, teatr ishlari jamiyatning boshqaruv tizimini imkon boricha yaqindan o’rganishga intildi. Uning fikricha, yoshlarni chet mamlakatlarning mashhur oliy o’quv yurtlariga olib borib o’qitish kerak. Diqqat bilan e’tibor bersak, Behbudiy bundan salkam 100 yil avval aytgan bu fikrlar xuddi bugun aytilganday jaranglab turibdi. Zero, bu masalalar hozir ham o’zining dolzarbligini yo’qotgan emas.
Behbudiy uzoqni ko’ra biluvchi, xalq hayotini, dardini chuqur anglab oluvchi, uning og’irini yengil qilish uchun hayotini baxsh etgan arbob edi.
Behbudiy tariximizning ma’lum bo’lgan buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Xalq, Vatani uchun fidoiylarcha yashagan, mehnat qilgan Behbudiyning umri, hayoti va mohiyati e’tibori bilan shu xalq, shu Vatan uchun fido bo’ldi.
Shunday ekan, bugungi kunda Behbudiyga munosabatimiz qanday holda? U kishining nomini abadiylashtirish uchun nima ishlar qilindi? Behbudiyga uzoq yillar ashaddiy millatchi, sosializm dushmani tamg’asi bosildi. Uzoq yillar davomida uning nomi faqat salbiy ma’noda tilga olindi.
Mustaqillik davriga kelib, Behbudiyga adolatli va haqqoniy munosabat berish boshlandi. Uning o’zbek xalqi tarixidagi nomi tiklandi. Badiiy asarlari, publisistik maqolalari chop etiladigan ilmiy tadqiqotlarda hayoti, ijodi xolis tadqiq etiladigan bo’ldi.
Bizning jonajon, qadim Buxoromiz uzoq tarixga ega bo’lgan afsonaviy shahar hisoblanadi. Ko’pgina tarixiy materiallar, ashyoviy dalillarni o’ziga jam qilgan muzeylarga ega. Behbudiy haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan shunday qadamjolar tashkil qilinsa, u kishining ruhlarini shod etgan bo’lar edik.
Behbudiyning asarlari u kishi haqidagi ma’lumotlar juda oz miqdorda bizgacha yetib kelgan. U kishi haqidagi hozirgi kun tarixchi olimlar tomonidan yozilayotgan maqolalar alohida to’plam shaklida chop etilsa, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. Xuddi shuningdek Buxoroda so’lim maskanlar ko’p. Ulardan biri Behbudiy nomi bilan atalib, unga haykal qo’yilsa, ko’p savob ish qilingan bo’lur edi.
Behbudiy o’zbek xalqi va o’zbek yurti, millati uchun jonini fido etgan tarixiy shaxslardan biri. Biz ham xalqimizning sevimli farzandlariga o’zimizning hurmat ehtiromimizni ifodalashimiz kerak.
“Sani mundin buyon Turon ko’rolurmi, ko’rolmasmu?
Saning mislingni Turkiston topolurmi, topolmasmu?
San, ey ustozi oliyjon eding, ajubai davron,
Otingni tilga har inson buyuk hurmatla olmasmu?
Vatan avlodi yod etdi, sani hurmatla shod etdi,
Va lekin intihomingni ololurmi, ololmasmu?”
(S. Ayniy)



Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish