Mavzu: Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va faoliyati


Mahmudxo’ja Behbudiyning tarjimai holi va uning jadidchilik g’oyalarining shakllanishi



Download 296 Kb.
bet3/9
Sana31.01.2022
Hajmi296 Kb.
#419916
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“м.бехбудий-туркистон маърифатпарварлик харакатининг асосчиси

Mahmudxo’ja Behbudiyning tarjimai holi va uning jadidchilik g’oyalarining shakllanishi
Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida (hijriy yilning 1291 10-zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida ruhoniy oilasida tug’ildi. Otasi Behbudxo’ja Solixo’ja o’gli turkistonlik Ahmad Yassaviy avlodlaridan,ona tomondan bobosi Niyozxo’ja urganchlik bo’lib, amir Shohmurod zamonida (1785-1880)Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda otasi, imom xatiblik bilan shug’ullanib kelgan otasi Behbudxo’ja vafot etadi. Yosh Mahmudxo’ja tog’asi qozi Muhammad Siddiqning tarbiya va qaramog’ida o’sib voyaga yetadi. Arab sarfi naxfini kichik tog’asi odildan o’rganadi. 18 yoshidan qozixonada mirzolik qila boshlaydi. Tog’asi qozilikdan tushgach, Behbudiy ham mirzolikdan bo’shaydi. Sal keyinroq Kobod bo’lusida mulla Zubayr qozixonasiga mirzalikka borib, undan muftiylik idorasiga o’tadi. Darvoqe, Behbudiyning maktab, madrasa hayoti haqidagi ma’lumotlar nihoyatda kam. Uning zamondoshlari bilan bo’lgan suhbatlardan ayon bo’ladiki, Behbudiy dastlab Samarqand madrasasida, so’ng Buxoroda yaxshi tahsil ko’rgan.
Xullas, an’anaviy tahsil, so’ng esa o’z ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatniung yuksak maqomlari - qozi, mufti darajasigacha ko’tariladi13.
Darhaqiqat, Behbudiy ruhoniy shaxs bo’lgan. Biroq u o’ziga xos din arbobi edi.Uning umri bus-butun xalq manfaatlarini himoya qilish uchun baxshida etilgan edi. U o’zining jamoat va davlat arbobi sifatidagi qizg’in faoliyatida ham hech qachon dindan chekinmadi,ayni paytda ruhoniy sifatida also xalq manfaatlariga xiyonat qilmadi14.
Afsuski mana shunday imoni pok zot ham umri davomida bir necha bor ta’qibga yo’liqdi, “kofirlik va kofir qiluvchilik”da ayblandi. Utahrir qilib kelgan matbuot organlari yopildi, ta’qiqlandi.
Qisqasi, Behbudiy uzoq yillar mobaynida barcha jamoat va davlat ishlaridagi lavozimlari bilan bir qatorda, o’zining diniy sohadagi lavozimi – muftiylik vazifasini ham halollik bilan ado etgan. Behbudiyning ma’rifatparvarlik va din arbobi sifatidagi faoliyati uzviy birlikni tashkil etadi. U din arbobi sifatida dalillar asosida jamiyatdagi davlatmand sinf vakillarini insofga, shavqatga chorlaydi,ularning ochko’zligi va noinsofligini keskin qoralaydi. Ayni paytda ma’rifatparvar arbob sifatida keng mehnatkash omma vakillarini o’qimishli, bilimdon qilish vositasida ijtimoiy tengsizlik ildizlarini quritish mumkin degan xayol bilan bepul maktablar ochadi, keng xalq ommasining barcha tabaqalarini ma’rifatli etish choralarini izlaydi, bu yo’lda shaxsiy mablag’larini beg’araz sarf qiladi15.
U xalqni ,millatni ma’rifatli etish yo’lidagi tadbirlar uchun o’z mablag’larini ayagan mulkdorlarni qanchalik yomon ko’rsa, umumxalq manfaatini oyoq osti qilib, mulkdorlar yuz-xotirini qilgan din arboblaridan ham shunchalik nafratlanar edi.Xullas, Behbudiyning qarashlari, faoliyatida ma’rifatparvarlik va shariat uzviy birlikni tashkil etadi.Biroq, biror-bir sabab bilan o’z faoliyatining bu ikki uzvini tanlash ehtiyoji paydo bo’lganda, biz aminmizki, Behbudiy ma’rifatparvarlikni tanlardi, bu yo’l qanchalik mashaqqatli va tahlikali bo’lishidan qat’iy nazar, shu yo’ldan aslo chekinmasdi. Darhaqiqat, u xuddi shu yo’ldan bordi, bu yo’ldagi barcha to’siqlarni to halok bo’lgunicha mardonavor yengib o’tdi16.
M. Behbudiyning hayot yo’li , uning din va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati bizning barcha ruhoniylarga surishtirmasdan reaksion deb beradigan bahomiz qayta qaralishi va har birining jamiyatda tutgan o’rni ijtimoiy hayotdagi mavqeiga qarab belgilanishi zarurligini taqozo qiladi. Nahotki, ajdodlarimizdan qanchadan qanchasi din vositasida ham xalq manfaati uchun, haqiqat uchun kurashganligidan ko’z yumish kerak bo’lsa. Shaxsning diniy e’tiqodi uni kamsitish uchun asos bo’lmasligi kerak. Qani endi, har kim ham mufti Behbudiyga o’xshab xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qilsa, uni baxtiyor hayotga erishtirish uchun kurashga o’z shaxsiy mablag’larini sarflashdan erinmasa, o’z hayotining mazmunini xalq manfaatlari uchun kurashda ko’ra olsa edi.
Xullas, Behbudiy shaxsiyatini baholashdagi asosiy mezon uning dindor yoki dahriy bo’lganligiga qarab emas, balki uning faoliyati kimning manfaatiga xizmat etganiga qarab belgilandi. Behbudiy esa butun ongli faoliyati davomida faqat xalq manfaatlarini himoya qildi, xalqni baxtiyor etish uchun kurashdi. Behbudiy faoliyatini baholashdagi asosiy mezon shunga qarab belgilanishi zarur.Afsuski, shaxsga sig’inish hukmronligi deb ataladigan yillarda kimning ismiga “ruhoniy” degan sifat qo’shilsa, bas, aslo uning kosasi oqarmas edi: bu kasb egalarida ijobiy fazilatlar bo’lishi mumkinligini hatto taxmin qilib ham bo’lmas edi. “Eshon”, “mufti”, “qozi” unvonlarining o’ziyoq ularning o’ta reaksionligi belgisi trzida qabul etilardi. Muayyan shaxsning taqvosi, xudojo’yligi, diniy e’tiqodining o’zi ham shu kuishining riyokorligi, xalq manfaatlariga zid ish tutuvchi kimsa ekanligini isbotlaydigan dalil, uning o’ta darajadagi reaksionligi o’rnini tutadigan hujjatga aylanib qolgan edi17.
Xullas, Behbudiydek xalqning haqidan hazar qiladigan taqvodor shaxsni badnom etish uchun yana bir oson bahona uning jadidligi edi.Darhaqiqat, jadidlar o’ta sho’rpeshona bo’lib yaratilgan qavm ekan:ular dunyoga kelibdiki,zamona zo’rlari doimo ularni olabo’ji qilib ko’rsatishga taxt edilar18.
Dastaval, jadidizm nima, uning paydo bo’lishiga nima sabab bo’ldi va bu harakat o’z oldiga qanday vazifalarni qo’gan edi, degan savollarga javob bermoq zarur.
“Jadid” so’zi arabcha bo’lib, “yangi” demakdir, jadidizm esa yangilik tarafdorlarini bildiradi.Garchi bu so’zlar arabcha bo’lsa ham , ammo tatarlar orqali kirib keldi19.
Jadidchilik harakati XIXasrning oxiri va XXasrning boshidantarixiy vaziyat bilan chambarchas bog’liqdir. Ma’lumki, bu davrga kelib butun dunyo Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Italiya, Yaponiya, Ispaniya, Rossiya kabi davlatlar o’rtasida bo’lib olingan, kapitalistlarning jahon monopolistik ittifoqi vujudga kelgan va mustamlaka xalqlari ikkiyoqlama ekspluatasiya natijasida g’oyat nochor ahvolga tushib qolgan edilar. Oqibatda qaram xalqlarning ziyolilari orasida asta-sekin tushkun xalqlarni qashshoqlikdan va o’z o’lklarini xarobalikdan qutqarish uchun milliy- ozodlik harakati uyg’ona boshladi. Agar bir qancha Sharq mamlakatlarida panislomizm bayrog’I ostidan boshlangan harakat G’arb davlatlarining imperialistik siyosatiga qarshi bosh ko’targan bo’lsa, Rossiyada XIX asrning oxirida yuzaga kela boshlagan jadidchilik harakati o’ziga xos yo’ldan bordi. Zero, panislomizm va jadidchilik o’rtasida muayyan o’xshashlik mavjud bo’lgani kabi ular bir-biridan keskin farq qilardi. Agar panislomistlar najotni islom davlatini tuzishda ko’rsalar, jadidlar xalq ommasini ma’rifatparvar qilish yo’li bilan tenglik va farovonlikka erishish mumkin deb o’yladilar20.
Xullas, jadidchilik mustamlaka Osiyoda milliy - ozodlik harakati uyg’ongan va kuchaya borgan sharoitda paydo bo’ldi. Biroq dastlabki qadamlaridanoq jadidlar o’z faoliyatlarini maktab - maorif sohaso bilan cheklab qo’ydilar. Ularning fikricha, xalqning qashshoqligiga sabab uning ilmsizligi, o’qish imkoniyatiga ega emasligidir. Bunday tushuncha ularni asosiy diqqatini xalqni ma’rifatli qilishga qaratishga olib keldi. Shubhasiz, bunday qarash to’g’ri emas edi. Xalqning qashshoqligiga sabab, ijtimoiy tengsizlik va mustamlakachilik siyosati edi. Demak, ikkiyoqlama zulm yo’qotilmay turib, ulkan xarobalikdan va xalqning qashshoqlikdan qutqarish mumkin emas edi. Jadidlar esa buni anglamadilar va millatning madaniy saviyasi ko’tarilsa, mahalliy xalq ham yevropaliklar kabi yaxshi yashashi mumkin deb o’yladilar.Xullas, maqsadga erishishning asosiy yo’li maktab va ma’rifatni rivojlantirish deb tushunish jadidchilikning asosiy xususiyatlaridan biridir21.
Bu harakat Rossiya imperiyasida yashovchi musulmonlar, dastavval Qrimda paydo bo’ldi va Bog’chasaroy shahrida nashr etilgan “Tarjimon” gazetasi orqali tashviq qilina boshladi va asta-sekin Kavkaz, Volgabo’yi, Sibir va Turkistonda yashovchi xalqlar o’rtasida ham tarqala bordi22.
Bu regionlarning hammasida ham Rossiya imperiyasiga qaram o’lkalarning tubjoy xalqlari tilida maorifni rivojlantirish uchun harakat avj oldi. Eng muhimi shundaki, jadidlar tubjoy xalqlarini ma’rifatli qilish uchun kurashar ekanlar, turli kongilli tashkilotlar, o’qish va o’qitish imkoniyatidan mahrum bo’lgan kambag’al bolalarini bepul o’qitish uchun zo’r kuch va g’ayrat sarf etdilar.
Musulmon jadidlari dunyosidagi bu ijtimoiy- ma’naviy siljishda “jadidizmning otasi” qrim-tatar Ismoil Gasprinskiy (1851-1914) va uning turkiy tilda nashr etgan “Tarjimon“ ro’znomasining xizmati katta bo’ldi. Gasprinskiy “Tarjimon “ro’znomasi sahifalarida chor Rossiyasi qaramog’idagi musulmon maktab va madrasalarini isloh qilish, ularda dunyoviy fanlar o’qitish masalasini ko’tarib chiqdi23.
Sharqu G’arbning tarix va madaniyatini chuqur bilgan arab, fors tillari bilan bir qatorda ingliz, nemis, frnsuz tillarida ham erkin so’zlasha olgan bu kishi 1881 yilda rus tilida “Rusiya musulmonchiligi” kitobini yozadi.Bu kitobda u Rusiyada yashovchi barcha musulmonlarni o’zligini saqlab qolish yo’li bitta, u ham bo’lsa ma’rifat va u orqali mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotiga tengma–teng aralashishga erishmoqdir, degan fikrni ilgari suradi24.
Bu yo’ldagi birinchi qadam “usuli jadid”, “usuli savtiya” nomlari bilan tarixga kirgan yangi maktablarni tashkil qilish bo’ldi. Gaspirali 1884 yilda Bog’chasaroyda bir maktab ochadi va unga “usuli jadid maktabi” deb nom beradi.Musulmonlar avval bu maktabga uncha ishonqiramay qaradilar, - deb yozadi u bu haqda, - ammo birinchi ommaviy imtihondan so’ng, o’quvchilarning soni birdaniga 9 dan 30 bolaga ko’paydi. O’qitishda”usuli savtiya”ning qo’llanilishi tufayli mening rahbarligimda xo’ja (muallim) bolalarga olti oyda turkcha va arabcha o’qitishni, turkch yozish va boshlang’ich diniy qoidalarni o’rgatishga muvaffaq bo’ldi25.
Natija esa Bog’chasaroy maktabi tashkilatchisi kutganidan a’lo bo’ldi: usuli savtiya maktablari matematik progressiya usuli bilan avj ola boshladi.Tez orada bu to’lqin Turkistonga ham yetib keldi. 4Ismoilbek tomonidan ishlab chiqilgan “usuli jadidlar” nomi tarixda katta o’rin tutgani singari Behbudiyning nomi ham Turkiston maktab - maorifida keng o’rin egallaydi. Taxmin qilish mumkin-ki, yosh Mahmudxo’ja dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidchilik harakatining asoschisi Gasprinskiyning xizmati katta bo’lgan26.
Behbudiy birinchi bo’lib o’lkada bu yangicha usuldagi maktablarni tashkil etishni targ’ibotchilaridan hamda amaliyotchilaridan hisoblanadi. Bu sohada Behbudiy Ismoilbekdan ko’p yangi tomonlarni o’rgandi27.
Mahmudxo’ja Behbudiy XIX asrning oxirlaridayoq hayotga hushyorlik bilan qaray oladigan bir ziyoli darajasida shakllana boshladi. U ko’z ochib jadidchilik dunyoqarashi bilan oshno bo’ldi, shu ruh bilan voyaga yetdi, o’z faoliyatida jadidchilik oqimining eng zabardast namoyondalarining biri darajasiga ko’tarildi. XX asrning boshlarida butun musulmon dunyosida paydo bo’lgan keskin jadal uyg’onish - dunyoga yangicha qarash, ilm - fanni rivojlantirish demokratik erkinliklarni amalgam oshrish,milliy mustaqillik va birovlarning yerini, boyligini bosib olganlarga qarshi kurash- jadidchilik oqimining asosiy dasturi bo’lib qoldi.
Behbudiy mana shu g’oyalarni o’zining hayot va faoliyati mazmuni deb bildi.Bu g’oya uchum kurashda u asrimiz boshlaridayoq ayniqsa 10-yillarda obro’li, eng ta’sirli bir arbob bo’lib qolgan edi. Shu bilan birga u bu yo’lda ko’plarga ustozlik ham qilgan edi28.
“Tarjimon” gazetasi Behbudiy uchun vaziyatni anglashga zaruriy vosita bo’ldi. Gazetaning dastlabki sonlarida “Bir bechora faqirni ko’rsak achinamiz, o’layotgan bechorani ko’rsak, yuragimiz istirobdan og’riydi. Hatto biror hayvonning qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilarning butun bir xalqning jaholatdan, mislsiz qiynalayotganini ko’rmaymiz…” degan fikrlar bor29. Suyukli do’stlarim, - deb murojaat etadi u o’z o’quvchilariga, - bizning uchun eng go’zal ish ilm va maorif ishidir. Eng muqaddas intilish ilmga, maorifga itilishdir. Chunki insonni inson etgan mehnat va bilimdir. Bilim, madaniy turmush (sivilizasiya)ga yetishish vositasidir. Madaniy turmush esa insonning yashash maqsadi, usulidir”30.
Tarjimon sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg’or va yangi fikrlarni berish keng o’rin egalladi. Bu esa Gasprinskiyning birinchi tomondan millatlararo qardoshligini himoya etsa, ikkinchi tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham Behbudiy Gasprinskiyning tutgan yo’lini tanlaydi va undan maslahatlar oladi, hamda maslakdosh boldilar. Ismoilbek 1893 yilda amir Abdulahat bilan raqobat qilish uchun Buxoroga keladi va uning tashviqoti tufayli Samarqandda ilk yangi usuldagi maktab ochiladi31.
Behbudiy “usuli jadid” maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o’tiladigan darslar, qanday imtihon olinishi, maktabning qay tarzda tuzilishi, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimlaring vazifzlari, ularning ta’minot masalalari va boshqa ko’p jihatlarini Gaspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o’rgandi. Shuning asosida Turkistonda “usuli jadid” maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi32.
Ma’rifatga ishqi tushgan Mahmudxo’ja Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga borib ilm olishni orzu qilardi. Birinchi bor 1900 yilda Arabistonga hajga jo’nab, Istambul va Qohira kabi shaharlarda yangi usul maktablari , yuqori bilim yurtlari, eski maktab va madrasa islohotlari, yangi arab, turk adabiyoti va matbuoti, o’quv va o’qituv tajribalari bilan tanishib qaytadi. Mahmudxo’ja shu ko’p yillik sayohat tanishuv tajribalari ta’siri ostida Samarqandda yangi usul maktablar ochadi33.
Nafaqat tashkil etish, u shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko’rsatdi. Behbudiy Rajabali qishlog’ida faoliyat ko’rsatayotgan, lekin ancha tang ahvolda bo’lgan Abdulqodir Shakuriy domlaning maktabini o’z hovlisiga ko’chirib keltirdi. Jadid maktablari uchun o’nga yaqin darsliklar yaratdi34.
Masalan, “Muxtasari jug’rofiya umumiy”(qisqacha umumiy jo’g’rofiya), “Muxtasari tarixi Islom”(islomning qisqacha tarixi), “Muntasari jug’rofiyai Rusiy”(Rossiyaning qisqacha jo’xrofiyasi) va hokazo. Behbudiy maktab - maorif ishlriga shu qadar jiddiy kirishdiki, yoshlarni ko’proq til bilishga, o’z ona tilidan boshqa rus tilini ham o’rganishga, shu bilan bilim doirasini kengaytirishga da’vat etadi. G’ayridinlarning tilini bilish biln kofir bo’lmaydi, degan aqidani targ’ib qiladi, o’zi rus tilinio’rganadi, bolalarini ham bu tilga o’qitadi35.
Behbudiyning mana shu ko’p qirrali va sermahsul faoliyati, birinchidan, boylik orttirish maqsadidan begona bo’lsa, ikkinchidan faqat va faqat shariat zamirida olib borilgan. Chunki Behbudiy ruhoniy, din arbobi, muftiy edi. Biroq, u mutaassib emasdi. Shariat zaminida mahkam turgani holda jaholatdan uzoq edi.
Mashhur pedagog Shakuriy uchun o’z uyida savtiya maktabi ochib, bu maktabning butun moddiy xarajatlarini o’z bo’yniga oldi, o’zbek dramaturgiyasining birinchi namunsi “Padarkush”ning sahnada qo’yilishidan kelgan asosiy daromadni Samarqand, Qo’qon, Toshkent, Namangan va boshqa shaharlardagi usuli savtiya maktablariga iona qildi. E’tiborliki, ko’p qirrali ma’rifatparvarlik faoliyatida Behbudiy hech qachon moddiy manfaatni ko’zlagan emas. Aksincha, ko’pgina madaniy tadbirlar uning o’z hisobidan amalgam oshirilgan. Jumladan, u Samarqand gazetasining 10 ming so’mlik zararini o’z hisobidan to’laydi: o’z mablag’iga matbaa ochib, darslik va qo’llanmalarni tekinga bosib tarqatadi. Samarqanddagi birinchi musulmon kutubxonasi va qiroatxonaning ham asosiy mablag’i uning hisobidan chiqqan edi.
Jomboy qariyalarining xotirlashlaricha, ularning muftiysi tomonidan ayrim g’ayridinlarning kamsitilishini Behbudiy qoralagan, “ular ham xudoning bandasi” – degan ekan, yoki “ falonchi rusgami, juhutgami yoki armaniga uylangan emish”- degan gapni eshitganda, “har bir musulmon kitobiy xalqlar bilan turmush qurishga muhtojdir” deb ta’kidlar ekan bular og’zaki gaplar.Mana bu esa yozma ma’lumotlar bo’lib hisoblanadi: “Arabiy bilmasak din, ruscha bilmasak dunyo qo’ldan ketar” (“Ikki emas, to’rt til lozim” maqolasi) “Ma’rifatsiz millat inqirozga mahkumdir”36.
Behbudiy 1903-1904 yillarda Moskva, Peterburg shaharlariga boradi. 1906 yilda Qozon, Ufa, Nijniy-Novgorodda bo’ladi. Bular sayohat emas, balki xizmat safarlari edi. Jumladan, Nijniy-Novgorodda 1906 yilning 23 avgustida Rusiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bag’ishlangan qurultoy chaqiriladi. Behbudiy bu qurultoyda turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq so’zlaydi37.
Turkistonning “usuli jadid” maktablarida hamma o’qish huquqiga ega bo’lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi maktablarni biror joyda ochilganini sezib qolsa, uni darhol taftish qilardi, biror ayb topib berkitib qo’yar edi. Chunki podsho hukumati “begona xalqning qisman bo’lsa ham ilm-ma’rifatli bo’lishini, dunyoviy bilimlarini o’rganishini istamas edi.Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki mahalliy ruhoniylar, eski maktabning domlalari ham yoqtirmas edilar. Ular yangi usul maktablari “islom diniga rahna soladi”, bu maktablarning muallimlari kofir deb tashviqot yuritar edilar. Bunday kurash va to’siqlarga qaramasdan Behbudiy va uning maslakdoshlari “usuli jadid” maktablarida Turkiston farzandlarini o’qitish ishlarini jadal sur’atda olib bordilar”.
Behbudiyning “usuli jadid” maktabidagi o’qitish ishlari quyidagi tartibda olib borilar edi: maktab ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqich - ibtidoiy qism deb nomlangan. Buning tahsil muddati - 4yil. 1 - yilda fors va arab yozuvlari hamda o’qish o’rgatilgan, suralar yod olingan, hisob darsi o’rgatilgan. 2- yilida haftiyak, imon va e’tiqoddan dars, fors, arab, turkey tilda she’r qasidalar o’qilgan. 3 - yilida Qur’oni karim, islom ibodati, Sa’diydan nasihatlar o’qitilgan. 4 - yilida esa kalomi sharif, forsiy va turkiy nazm, nasr, tarix, jug’rofiya o’qitilgan. Bu to’rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimning o’zi taqsimlagan. Xohlasa ikkinchi bosqichga qoldirgan, ularning o’zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar, bolaning o’zi xohlasa Yevropa maktablariga olib borilar edi38.
Maktabning 2 - bosqichi – Rushadiya bo’lib, bunga ibtidoiy qismni tamomlaganlar o’tkazilar edi. Bu bosqichda o’qitiladigan dars va ilmlarning mundarijasi quyidagicha: 1-yili arab tili, jug’rofiya, fors tili, tarixi anbiyo va islom tarixi, 2-yili arab tili, tarix, hisob, turk tili, fors yozuvi, 3-yili hisob, xat yozuvi, arab tili, 4-yili arab tili, rus qozixonasi xatlari va hayotiy darslar o’qitilgan.
Behbudiy maktabida har yilning oxirida tantanali imtihonlar o’tkazilib turiladi. Imtihonlarga, albatta, ota - onalar va boshqa mehmonlar ham taklif qilinardi. Bu birinchidan, “usuli jadid” maktablarini ko’proq targ’ib qilish va uning o’qish tartiblarini ko’rsatish bo’lsa, ikkinchidan maktabni hayotiyroq qilish, ya’ni oila va maktab birligini amalgam oshirish edi. Har yili imtihonlarga barcha joydagi vakillarga xat yuborilib taklif etilardi. Lekin ko’pchilik maktabning yutuqlarini ko’ra olmaganidan kelmasdi. Behbudiy aytar ediki, “kelib ko’rsunlar, durust bo’lsa rivoj bersunlar, nodurust bo’lsa dalil ila isbot qilsunlar. Maqsadimizda xizmatdan va millatdan boshqa narsa yo’qdir”39.
“Usuli jadid” maktabini yo’lga qo’yish oson kechmadi. Behbudiy va Shakuriy buning uchun barch musulmon taraqqiy etgan shaharlardagi maktablarni o’rgandi. Bunday mustamlakachilik davrida Turkistonning istiqboli uchun o’z hovlisida ilm - ma’rifat o’chog’ini ochgani uchun Behbudiyning boshiga necha-necha tayoqlar sindi. Shunga qaramasdan jafokash muallim “Usuli jadid” maktabini qattiq turib himoya qildi. Uning maktabiga chor rus inspektorlari kelib taftish o’tkazishganda, jo’g’rofiya, tarix va hisob - kitoblarini otxonaning oxuri tagiga yashirib qo’ygan. Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o’zi ham yuqori sinf tabaqalariga jo’g’rofiya va tarixdan saboq berar, Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli yangi - yangi kitoblarini yuqori sinf o’quvchilariga hamda eng yaxshi o’qiganlarga, muallimlarga tortiq qilar edi. U ne qilsa, ulug’ Turkiston uchun va uning kelajagi bo’lgan yoshlar uchun qilardi40.
Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi- maktab, barcha ilmningboshi va ibtidosi maktab, saodatning, fozil insonning ma’naviy chashmasi - maktab degan aqidaga amal qilardi. U Turkistonning kelajagini, uning yangi qadrlariqa, mutaxassislarida va o’qimishli yoshlarida deb bilardi. Shuning uchun ham u har bir yozgan maqolasida yangi taraqqiyotga javob beradigan qadr tarbiyalab yetishtirish masalasini qo’yadi. Savdo-sotiq ishlarini keng rivojlantirish, kassa ochib milliy daromadini ko’paytirish zarurligi haqida tushuntirishlar olib borardi, “imorat qilmoqchi bo’lsak, reja loyihasi lozimki, muhandislarga muhtoj bo’lurmiz”. Ammo biz hanuz muhandis ilmini bilmaymiz.
Behbudiy Turkistonda yetishtirilayotgan mahsulotlar arzon baholarda Yevropa bozorlariga olib ketilayotganidan achinadi. Bizda ham Ovrupo bozorlarida savdo-sotiq qiladigan mutaxassislarning yetishib chiqishlarini istaydi:
“Turkiston mevasi, donasi, toshi, tiprog’i Ovrupo bozorlariga ketar. Muni Ovrupo dollari kelib yuz bahoga olib ketar. Mehnatni biz qilarmiz, foydani ular qilar”. Shuning uchun “Ovrupo ila savdo qiladurg’on kishi avvaqlo zamona ilmini o’qimog’i lozim” deydi Behbudiy41. Hozirda hatto ikkimiz urishsak, yahudiy va ajnabiy zakunchilarga borurmiz.Boshimiz og’risa ajnabiy duxturga borurmiz. Sabab nadurki, o’zimiz o’qib zamoniy odam bo’lmaymiz.
Behbudiy Turkistonning kelajagini o’ylar ekan, Millatimizning taraqqiyoti borasida turli yo’llarni qidirib,boylarga ham murojaat qiladi.”Boshqa millatlarning boylari faqir va yetimlar uchun maktab va dorilfununlar soldirurlar, alarming o’qimog’i uchun vaqf (stipendiya) tayin qilurlar. Bugun Turkiston uchun boy elinda ming so’mdan bersa 25 bola uchun Toshkentda (diiy va zamonaviy) bir raisiunli va nahorli mukammal maktab bino bo’lib, har yili hukumat maktabinda 50 bola tayyorlaydur”. Agar shunday bo’lsaki, o’n yillar orasida bizda yaxshi- yaxshi o’qimishli muhandis, shifokor, huquqshunos, iqtisodchi kabi mutaxassislar yetishib chiqardi deb umid qiladi42.
“Shaharlarda katta imorat va korxonalar hamma yahudiy va ovru poliklarnikidir…” Bu fikrni sharhlash shart emas. Behbudiy bugun sanoat ishlab chiqarish kelgindilar qo’lida, mahalliy aholi ularga qaram, yaxshi qurilgan uy-joylar bari kelgindilarga berilayotgani, yerlilar eski uylarda yashab qashshoqlashib borayotganimizning sabablarini, ildizlarini ham juda to’g’ri ochadi. Buning sababi-sanoat yo’qligi va uni boshqaradigan ma’lumotllarning yo’qligi. Turkiston faqat xom ashyo bo’lib qolayotgani qashshoqlashishning bosh omili ekanini izohlaydi. “Dehqonlar… agarchi bir qo’li biroz aqcha ko’rar, yana Ovrupoliklarning biriga ikki besh hammol berib, pishig’ini zo’rg’a olur”43.
Agar Behbudiy aytgan Turkistonda mahsulotni qayta ishlovchi sanoat yo’qligi va shu sababli jumhuriyatimiz hamon xom ashyochi va bundagi dehqon ahli “biriga besh hissa haq to’lab, hamon qashshoqlikda yashayotgani, oqibatda narx - navo oshib, hayotimizningbutun sohalari izdan chiqib ketganini o’ylasak, buyuk ajdodlarimizning barcha fikr-mulohazalarixuddi bugun aytilayotganday jaranglaydi.
Behbudiy Turkiston xalqining iqtisodiy mustaqillikka erishmaguncha ko’tarilshi mumkin emasligini boshqalardan oldinroq payqagan sanoat, ilm - fanni rivojlantirishdan o’lkani xomashyo bazasi bo’lib qolishdan tezroq qutqarish xalqimizning taqdiri, istiqbolida eng dolzarb masalalardan deb bilardi. Buning uchun esa mustamlakadan qutqarishni birinchi darajali vazifa deb bilardi.



Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish