O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi


Fonetik va leksik-semantik me‟yor



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

Fonetik va leksik-semantik me‟yor 
Talaffuz me‟yorlari
aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi – jonli tildagi turlicha 
talaffuz kо‗rinishlaridan adabiy til an‘analariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari 
tanlanadi.
Masalan, о‗zbek shevalarida bir sо‗z turlicha talaffuz qilinadi
: yо„q - jо„q, kо„z -gо„z, 
ota –ata, aka –oka, anor – onar 
kabi. Hozirgi zamon davom fe‘li qо‗shimchasi shevalarda 
-yap(ti), 
-op(ti), -ut(ti), -vot(ti)
shakllarida qо‗llanadi: 
boryapti, boropti,borutti, borvotti
kabi. Adabiy tilda 
shulardan 
yо„q, kо„z, ota, aka, anor, boryapti
variantlari adabiy talaffuz me‘yori (orfoepik me‘yor) 
sifatida saralangan. 
Tо„g„ri talaffuz
nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda 
tо‗g‗ri yozish qanchalik muhim bо‗lsa, tо‗g‗ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Shuning 


26 
 
uchun ham о‗quvchi va talabalarda tо‗g‗ri talaffuz kо‗nikmalarining shakllantirilishiga ta‘limning 
barcha bosqichlarida jiddiy e‘tibor beriladi. 
Leksik-semantik me‟yor.
Hozirgi о‗zbek adabiy tilidagi til sathlari orasida leksik 
birliklar alohida о‗rin tutadi va ularning о‗ziga xos me‘yoriy xususiyatlari mavjud. О‗zbek
tilidagi leksik-frazeologik birliklarning ana shu xususiyatlari yuzasidan A.E.Mamatov ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borgan va bu kuzatishlarning natijasi о‗laroq doktorlik dissertatsiyasi 
himoya qilingan hamda «Hozirgi zamon о‗zbek adabiy tilida‖ leksik va frazeologik norma 
muammolari» nomli monografiya yuzaga kelgan.
«Tilshunos-normalist olimlar, - deb yozadi u,
 - 
leksik normaning maqomini haqida turlicha 
fikrlar aytganlar. Jumladan, O.S.Axmanova leksik normani «bu muayyan bir tilda sо‗z qо‗llash
normasidir»,- deb ta‘rif bersa, (Axmanova O.S. Slovar lingvisticheskix terminov. - M.,), 
K.S.Gorbachevich esa «sо‗zni tо‗g‗ri tanlash hammaga ma‘lum bо‗lgan va umumxalq tomonidan
qabul qilingan, о‗rinli sо‗z ishlatishdir», - deb yozadi. Demak, leksik normalarga rioya qilish
sо‗zlovchi (yozuvchi) va tinglovchi (о‗kuvchi) tomonidan о‗zaro muloqotda bir-birini tо‗liq 
tushunishni taqozo qiladi. 
Bizningcha, leksik normani ta‘riflashda esa adabiy tilning quyidagi belgi va
mezonlarini nazarda tuzmoq lozim:
1) uning og‗zaki va yozma shaklda amalga oshirilishini; 2) hududiy va ijtimoiy qо‗llanish 
doirasini; 3) ma‘lum milliy tilning boshqa shakllari bilan adabiy til о‗rtasidagi munosabatlar 
masalasini inobatga olish kerak. Shunday qilib, leksik norma bu og‗zaki va yozuv tili 
oppozitsiyasi doirasida leksik vositalarning turlicha amalga oshirilishi о‗rtasidagi munosibliklar, 
tengliklardir». Demak, tilda asosiy birlik sanalgan sо‗zning lingvostilistik birlik sifatida,
aytaylik, kо‗pma‘nolilik, sinonimlar va variantlar shaklida bir tushuncha doirasida ma‘no
anglatish va farqlash imkoniyati tilning boshqa sathlaridagiga qaraganda keng ekan, leksik
me‘yorlarni belgilash birmuncha qiziqarli va munozarali bо‗ladi. D.Z.Rozental ham «Qayerda
tanlash imkoniyati bо‗lsa, о‗sha yerda stilistika boshlanadi», - deb bekorga yozmagan. Leksik
birliklar doirasida tanlanish imkoniyatining kо‗pligi uning xususiy me‘yorlarining
shakllanishiga ham sabab bо‗lgan. Shuning uchun ham tilimizdagi dialektizm, neologizm va
okkazionalizm, pleonazm va boshqa leksik birliklarning me‘yoriy xususiyatlari yuzasidan
mulohaza yuritish leksik me‘yor tо‗g‗risidagi tasavvurimizni, shubhasiz, kengaytiradi. 
Dialektizmlar va adabiy til me‘yori doirasida me‘yorni belgilash tilimizdagi mas‘uliyatli
masalalardan biri sanaladi. Ayni paytda, bu borada me‘yoriy holatlarni belgilovchi о‗lchovlar
ham mavjud. «О‗zbek adabiy tilining orfografiyasi, orfoepiyasi va grammatik kurilishi
ma‘lum tayanch shevalarga (asosan, Toshkent va Farg‗ona shevalariga) asoslangan bо‗lsa-da,
leksik jihatdan esa barcha о‗zbek shevalariga asoslangan»ligi qayd etilgan «О‗zbek 
dialektologiyasi» darsligida ana shu о‗lchovlar kо‗rsatib о‗tilgan. Adabiy til sheva
leksikasidan ularning kо‗pchiligi uchun umumiy bо‗lgan sо‗zlarni tanlab olishi va uni о‗z
leksik tarkibiga kiritishi (mas., sigir-siir-inak; chakaloq-buvak; tuxum - moyak-yumurta,
chumoli-murcha-udrinja-qumurusqa kabilar) ta‘kidlangan. Ammo shevalarimizda shunday leksik 
birliklar mavjudki, ular adabiy tilimizga kirib ulgurmagan yoki shu holicha qolib ketgan. Bu
kabi sо‗zlarning adabiy me‘yori haqida nima deyish mumkin? A.Y.Aliyev «О‗zbekiston 
jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonuni va о‗zbek tili nutq madaiiyati» nomli ma‘ruzasida
«Ayrim narsa va hodisalarning nomlari adabiy til va uning lug‗atlarida uchramaydi. Lekin
dialekt va shevalarda mavjud bо‗ladi. Bunday vaqtda aniq narsa va hodisalarning nomlashni 
anglatuvchi sо‗z va atamalarni hech ikkilanmasdan shevalardan olib tilga kiritishimiz kerak», -
degan fikrni aytib, uning tasdig‗i sifatida quyidagi misollarni keltirgan edi: chо‗kkala
(laganbardor), о‗tik (о‗tadigan joy), kechik (kechib о‗tadigan joy), sarimsok, madang
(yog‗ochdan qilingan eshik qulfi, tanba), qalang‗i-qasang‗i (yengil tabiat odam), arpabodiyon
(ukrop turi) singari. 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish