28
qо‗llanish chegarasiga, ikkinchidan, bu kо‗shimchalarning belgili-belgisiz holatiga. Uchinchidan
esa, ularning о‗zaro va kelishik kо‗shimchalari bilan sinonimiyasiga.
Shu talablar nuqtai nazaridan qaraganda qaratqich kelishigining -ning shakli adabiy
tilimiz uchun me‘yor sifatida qabul qilingan. Uning - -ting, -tshg, -ding, -d/ng. - ti, -i, -ni, -
nung, -dung, -nng shakllari sheva va lahjalar uchun xos bо‗lib, adabiy tilda ishlatilishi
me‘yorning buzilishi sanaladi. Sо‗zlashuv uslubida ham bu buzilishlar sezilib turadi. Ilmiy va
rasmiy uslublarda uning adabiy shakliga qatiy rioya qilinadi.
Sintaksis doirasida me‘yorning amal qilinishi deganda, avvalo, grammatik jihatdan
tо‗g‗ri tuzilgan nutqni kо‗z oldimizga keltiramiz. Grammatik jihatdai tо‗g‗ri bо‗lishlik gap
tarkibidagi sо‗zlarning о‗zaro mazmuniy muvofiq kelishiga - valentligiga bog‗liq bо‗ladi.
Bu xususiyat, ayniqsa, sо‗z birikmalariga tegishli bо‗lib, ular tarkibidagi semantik va
grammatik aloqaning kuchliligi, ulardagi a‘zolar yaxlit holda gap tarkibida paradigma hosil
qilishi ana shu a‘zolar о‗rtasidagi aloqalarning turg‗unligini, binobarin, me‘yorning
muntazamligini taqozo qiladi.
Ana shu muntazamlik tilimiz boyligining turg‗un birikmalar deb ataladigan qismida mavjud
va ular asrlar davomida tilimizda deyarli о‗zgarishga uchramasdan
abjagini chiqarmoq, avjiga
minmoq, avzoyi buzilmoq, adabini yemoq, adi-badi aytishmoq, amalga oshirmoq asabga
tegmoq
tarzida qо‗llanilib kelinmoqda. Shuni ham esdan chikarmasligimiz kerakki, ular ham
о‗rni bilan о‗zgarishlarga uchrashi mumkin. Badiiy nutq va sо‗zlashuv nutqida shunday
holatlarga duch kelamiz. Masalan, badiiy nutqda muallifni tilda mavjud bо‗lgan turg‗un
birikmaning aynan shu holati qanoatlantirmaydi, deb xisoblaylik. Shunday paytda u о‗z fikri
yoki hissiyotini tо‗laroq ifoda etish uchun birikmani qisman о‗zgartarishlarga uchratib ishlatadi
yoki mavjud qolip asosida yangilarini yaratadi. «Odatda, - deydi A.Mamatov, - tilda mavjud
frazeologik birliklar obrazi asosida yaratilgan fazeologik xarakterdagi sо‗z birikmalarida
norma doirasidagi frazeologizmlarning strukturasi va uning umumiy komponentlari saqlanib
qoladi. Shuningdek, asl frazeologik birlikiing umumiy ma‘nosi ham okkazional variantda о‗z
ifodasini topadi». Shundan sо‗ng ular qiyoslanadi:
me‘yoriy variant - muallif varianti:
xotin deb kо‗ynimga solganim ilon bо‗lib chikdi
-
bulbul
deb qafasga solganim olaqarg‗a bо‗lib chikdi; bildim dedim tutildim, bilmadim dedim qutildim
-- qatiq ichgan qutuldi, ayron ichgan tutildi; tili qichimoq - tilini burga chaqmoq; janjal
boshlagan Turdali, kaltak yegan Berdali - aravani ot tortarkan-u; it hansirarkan; jonim-
jonim deb jonini olmoq - boshini qashlab turib qorniga mushtlamoq
kabi.
Bu holatlarni grammatik me‘yorning buzilishi deb bо‗lmaydi. Demak, sо‗z
birikmalaridagi me‘yoriy о‗zgarishlarni turg‗un birikmalar tarkibidan axtarish tо‗g‗ri emas. Ayni
paytda, yuqoridagi о‗zgarishlarni frazeologik me‘yorning buzilishi deb qarashga ham
shoshilmaslik kerak. Chunki uni kо‗llanish jarayonining о‗zi belgilab beradi. Agar tavsiya etilgan,
yaratilgan yangi variant nutqda erish tuyulsa, muomalada ommalashmasdan, lug‗atga kirmasdan
qolib ketaveradi. Binobarin, tilimiz me‘yoriy buzilishdan saqlanib qoladi. Mobodo qabul qilinib,
ommalashsa, uni me‘yorlashdi deb hisoblashga asos paydo bо‗ladi.
Erkin sо‗z birikmalarining bitishuvli, boshqaruvli, moslashuvli shakllari mavjud. Ular
orasida bitishuvli birikmalar me‘yorga munosabati bilan ajralib turadi. Ot+ot tipidagi
birikmalarni olib qaraylik :
kumush qoshiq, movut chakmon, chilvir belbog‗, zar dо‗ppi, g‗isht
devor
kabi. Bu birikmalar ongimizda kumush (metall)dan yasalgan qoshiq, movut (material)dan
yasalgan chakmon, chilvir (arqon)dan bо‗lgan belbog‗, zardan tikilgan dо‗ppi, g‗ishtdan qurilgan
devor tarzida shakllanadi. Ammo ularni aynan shu tarzda qо‗llash me‘yor sanalmaydi.
Tildagi tejamkorlik, qisqalikka intilish qoidalari ularni dastlab kо‗llagan shakllarda aytish va
yozishni taqozo qiladi.
Nisbiy sifat + ot tipidagi birikmalar orasida ularning yuzaga kelishiga xizmat qiluvchi
-li qо‗shimchali shakllari mavjud:
mazali ovqat, aqlli odam, kulgili holat, g‗ayratli yigit
kabi.
Bu birikmalarning aniqlovchi qismi ikki a‘zodan iborat bо‗lgai kо‗rinishlari ham uchraydi:
о‗tkir tig‗li pichoq, qora kо‗zli bola, jigar rangli sumka, о‗ta aqlli odam, juda g‗ayratli ayol,
nihoyatda kuchli shamol
singari. Ularning bir qismini belgisiz -
о‗tkir tig‗li pichoq, qora kо‗z
Do'stlaringiz bilan baham: |