59
YASHASH UCHUN KURASH VA TABIIY TANLANISH.
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
Tabiiy sharoitda organizmlardagi o`zga-
ruvchanlik. “shubhali” turlar organizmlarning yashash uchun kurash tabiiy
tanlanish. Konvergensiya, divergensiya hodisalari, turlarning paydo bo`lishi.
1.Tabiiy sharoitda o`simliklar va hayvonlardagi o`zgaruvchanlik
Darvin xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o`simliklar evolyutsiyasining
faktorlarini aniqlagach, tur muammosi bilan shug`ullandi. Albatta,
tabiiy sharoitda
turlarning doimiy emasligini e’tirof etgan taqdirdagina turning o`zgarish sabablari va
qonuniyatlarini o`rganishni kun tartibiga qo`yish mumkin. U juda ko`p kuzatish
natijalariga asoslanib, tabiiy sharoitda ham organizmlar o`rtasida farq borligini
qayd qildi.
Darvin tabiatda turning bevosita kuzatish nihoyatda qiyin ekanligini, uning
o`zgarishini
faqat bilvosita dalillar, xususan, tur bilan tur xili o`rtasidagi
munosabatni aniqlash orqali o`rganish mumkinligini aytgan. U yashagan davrda tur
xili va kenja turlarning ma’lum vaqt ichida o`zgarishi, turlarning esa o`zgarmasligi
ko`p olimlar tomonidan e’tirof qilinar, tur va tur xillari orasidagi farq shu yo`l bilan
tushuntirilar edi. Barcha turlar kelib chiqishiga ko`ra bir-biriga bog`liq emas. Shu
sababli ular o`zaro farq qilib, chegarasi aniqdir. Tur xillari esa kelib chiqishi
jihatidan umumiylikka ega va ularda oraliq formalar mavjud bo`ladi. Bu morfologik
mezon tur bilan tur xili o`rtasidagi asosiy farqni ko`rsatadi. Lekin sistematiklar
ba’zan yaxshi ifodalangan turlar o`rtasida ham oraliq formalarni topishga muvaffaq
bo`ldilar. Bunday turlarni Darvin «Shubhali turlar» deb nomlagan. 300 turdan
iborat dub daraxti turlarini «shubhali turlar»ga misol qilib ko`rsatish mumkin. Har bir
mamlakatning fauna va florasi ro`yxatga
olinganda, botaniklar bilan zoologlar
o`rtasida ma’lum hayvon, o`simlik turlarining sonini aniqlashda doimo yakdillik
bo`lmaydi. Chunki «shubhali turlar»ni ba’zi mualliflar tur deb hisoblasalar,
boshqalari tur xiliga kiritadilar. Darvin yashagan davrda Britaniya florasida 182 ta
«shubhali tur» bo`lib, ularni ba’zi botaniklar turga, ikkinchilari esa tur xiliga
kiritganlar. «shubhali turlar» muammosi ayniqsa yer yuzasidagi ba’zi o`simlik,
hayvon turlarining sonini aniqlashda keskin tus oladi. Suvo`tlar turini ba’zi
olimlar
15000 ta desalar, boshqalari 40000 ta deydilar. Har xil olimlar qushlar turini 800
dan 15000 tagacha hisoblaydilar. Yaxshi o`rganilgan turlarda «shubhali turlar»
ayniqsa yorqin namoyon bo`ladi.
Binobarin, «shubhali turlar»ning mavjudligi tabiatda turlar qotib qolmaganligini,
ular tarixiy jarayonda o`zgarishini ko`rsatuvchi bilvosita dalil vazifasini o`taydi.
Odatda, keng tarqalgan turlarning tur xillari ko`p bo`ladi. Bu hodisa ham turlarning
tarixiy davrda o`zgarishini isbotlovchi dalildir.
Darvin organizmlarning keskin farq qilgan belgisi keyinchalik turning barcha
vakillariga xos belgilarga aylanishi natijasida, yangi turni to`satdan paydo qilishi
mumkinmi? degan muammoni hal qilishga o`tadi. Sun’iy sharoitda inson
g`amxo`rligi tufayli keskin o`zgargan
forma saqlanib, ko`paytirilib, uning asosida
yangi zot chiqariladi (masalan, Janubiy Amerikada chiqarilgan qoramolning niata
zoti). Tabiiy sharoitda ana shunday keskin o`zgargan yagona forma ko`p hollarda
biror kamchilikka ega bo`ladi va shu tufayli yangi turlarning to`satdan vujudga
60
kelishi uchun zamin bo`lib xizmat qila olmaydi.
Hayvonlar bilan o`simliklar organizmiga hayot sharoitining ta’siri hech
kimda shubha tug`dirmaydi. Biroq Darvin tashqi muhit sharoiti organizmga
bevosita ta’sir ko`rsatib, yangi turlarni vujudga keltirishi mumkinligini tasdiqlovchi
dalillarga ega emasligini qayd qildi. U hayvonlar bilan o`simliklardagi geografik
o`zgaruvchanlikni atroflicha o`rgandi. Chunki ko`pchilikning taxminiga ko`ra,
muhitning bevosita ta’siri tufayli yangi turlar paydo bo`lishini
isbotlovchi dalil
sifatida xizmat qilishi mumkin. Geografik dalillar iqlim organizmlarning o`zgarishiga
ta’sir etishini ko`rsatuvchi omillardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Lekin Darvin faqat
iqlimning o`zi turlar paydo bo`lishi uchun yetarli emasligini ta’kidladi.
Darvin organizmlardagi individual o`zgaruvchanlik xonaki hayvonlarda,
madaniy o`simliklarda qanday vazifalarni bajarsa, tabiiy sharoitda yashaydigan
hayvon va o`simliklarda ham shunday vazifani bajaradi, deb taxmin qiladi. Tabiiy
sharoitda ham muhit individual o`zgaruvchanlikni vujudga keltiruvchi manbadir.
Tashqi muhitning nomuayyan ta’siri xilma-xil bo`lib, bu omil yaxshi ifodalanmagan
individual farqlarni keltirib chiqaradi. Biroq turlar o`zgarmas degan g`oya
hukmronlik qilgan davrda organizmlardagi individual o`zgaruvchanlikni,
turlar
o`rtasidagi farqni aniqlashga e’tibor berilmagan hamda turga kiruvchi organizmlar
aynan o`xshash, degan fikr keng tarqalgan.
Shunga ko`ra, XIX asrning o`rtalariga kelib, Darvin organizmlar o`rtasidagi
individual farqlar haqiqatan mavjudligini juda kam misollar bilan isbotlashga
muvaffaq bo`ldi. Yaxshi ifodalanmagan individual farqlardan tarixiy jarayonda
turlarning o`zgarishi qanday qilib ro`yobga chiqadi? Bu masalani Darvin tabiiy
tanlanish ta’limotiga asoslanib tushuntirdi.
Yuqorida
bayon
etilganlardan
ko`rinib
turibdiki,
tabiiy
sharoitda
o`zgaruvchanlik
muammosi
yaxshi
o`rganilmagan
bir
davrda
Darvin
organizmlardagi individual o`zgaruvchanlik bilan organik formalarning tarixiy
jarayonda o`zgarishi o`rtasida katta farq borligini e’tirof etdi. Inson ishtirokida nav
va zot chiqarish jarayoni bilan tabiiy sharoitda turlar paydo bo`lishi
jarayoni
o`rtasida katta ayirma borligini u yaxshi tushunsa ham, lekin bu ikki jarayon
o`rtasida qanday umumiylik borligini topishga o`z diqqat-e’tiborini qaratdi va
nihoyat, xo`jalikda ham, tabiatda ham individual o`zgaruvchanlikning sabablari va
formalari bir xil ekanligini aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: