Genetika va evolyutsion


Organizmlarning yashash uchun kurashi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

2.Organizmlarning yashash uchun kurashi. 
Darvin «yashash uchun kurash» iborasini keng, majoziy ma’noda ishlatadi va 
uning zaminida rivojlanayotgan organizm tashqi muhitning tabiiy omillariga va 
boshqa tirik mavjudotlarga bog`liq bo`lishini, shuningdek, individlarning o`zini nasl 
bilan ta’minlashdagi muvaffaqiyatini tushunadi. Sahrolar chekkasida o`sadigan 
o`simliklar to`g`risida fikr yuritganda, ular qurg`oqchilikka qarshi kurashmoqda, 
deyishadi. Ocharchilik davrlarida yirtqichlar o`rtasidagi o`lja uchun bo`lgan 
kurash bir vaqtning o`zida yashash uchun kurash hamdir. 
Organizmlarning muhitga qaramligi turli-tuman va ularning har biri konkret 
sharoitda yashash uchun kurash holida namoyon bo`ladi. Ba’zi hayvonlar (mayda 
yirtqichlar, qushlar, baliqlar, hasharotlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar) 
boshqa yirik hayvonlarga o`lja bo`ladi. Binobarin, ulardan har birining hayoti o`z 


61 
dushmanlariga bog`liq. Ikkinchi tomondan, ularning hammasi oziq manbaiga ham 
qaramdir. Yirtqich hayvonlar (yirtqich sut emizuvchilar, hasharotxo`r va yirtqich 
qushlar, ko`pgina baliqlar, hasharotlar) soni ularni oziqlantiruvchi manbaga, ya’ni 
har xil yo`llar va vositalar bilan ta’qib qilinadigan g`animlarga, g`animlarning 
hayoti esa o`z navbatida ularni ta’qib qiluvchi dushmanlarga uzviy bog`liqdir. 
Ba’zi organizmlarning hayoti va soni ular tanasida hayot kechiruvchi ekto va 
endoparazitlar bilan uzviy bog`liqdir. Fitofaglar o`simliklar bilan oziqlanganligi 
uchun ularning hayoti o`simliklarga, o`simliklar esa ularni nobud qiluvchi 
hayvonlarga bog`liq. Avtotrof o`simliklarning fotosintez jarayonida zarur bo`lgan 
moddalarning asosiy manbai tuproq, suv, havo hisoblanadi. O`simliklar, o`z 
navbatida, tabiatni ana shu moddalar bilan boyitish manbaidir. Har qanday 
mavjudot o`zida harorat, namlik, havo va tuproqning tabiiy va kimyoviy 
xossalarining ta’sirini namoyon etadi, aniqroq aytganda, har bir organizm hayot 
uchun kurashadi. 
Xilma-xil organizmlar o`z hayot faoliyatida bir-biri bilan bog`liq, ya’ni har 
bir mavjudotning o`zidan keyin nasl qoldirish imkoniyati faqat anorganik sharoitga 
emas, balki ko`proq boshqa organizmlarning hayot faoliyatiga ham bog`liq. 
Ba’zi organizmlarning hayoti har xil o`zga organizmlarga bog`liq ekanligini 
boshqa dalillar bilan ham isbotlash mumkin. Ko`pchilik mayda sut emizuvchilar 
va qushlar (sichqonsimon kemiruvchilar, oq kaklik)ning nobud bo`lishi faqat oziq 
zapasiga bog`liq emas, balki ularni ko`plab qiruvchi yirtqichlar (ukki, qarchig`ay, 
tulki va boshqalar)ga bog`liqdir. Vaqt-vaqti bilan sichqonsimon kemiruvchilar yoki 
hasharotlarning ayrim turlariga mansub organizmlar epizotiya bilan kasallanib ham 
ko`plab qirilib ketadi. 
Organizmlarning 
o`zaro 
bir-biriga 
bog`liqligi 
hamma 
vaqt 
ko`zga 
tashlanavermaydi. Ko`pincha bu bog`lanishlarning bir tomoni, ya’ni organik 
mavjudotlarning anorganik sharoitga bog`liqligi namoyon bo`ladi. Lekin shu bilan 
birga boshqa muhim tomonlari ham bir-biriga bog`liq. Masalan, qoqio`t 
o`simligining atrofi boshqa o`simliklar bilan band bo`lganligi sababli uchma 
urug`i boshqa (bo`sh) yerlarga tarqaladi. Qush, reptiliya, baliqlar tuxumining 
sariqligi, shuningdek, o`simliklar urug`idagi endosperm murtak uchun oziq vazifasini 
bajaradi. 
Hayvonlar bilan o`simliklarning geografik tarqalish sabablarini iqlim 
sharoitiga bog`laydilar. Ba’zi hollarda haqiqatan ham shunday bo`ladi. Biroq 
ko`pincha tur o`rnini mazkur sharoitda hayot talablarini ma’lum muvaffaqiyat 
bilan qondira oladigan boshqa tur egallaydi. XIX asrda Janubiy Amerikaning La-
Plato tekisliklari Yevropadan keltirilgan qushqo`nmas o`simligi bilan qoplandi. 
Oqibatda shu o`simlikning mahalliy turlari yashash uchun kurash tufayli siqib 
chiqarildi. Qayerda to`qnash kelishidan qat’i nazar, sariq suvarak yashash uchun 
kurashda doim qora suvarakni siqib chiqaradi. Avstraliyaga Yevropadan olib 
kelingan oddiy ari yashash uchun kurashda mahalliy arini tezda siqib chiqargani 
aniqlangan. Demak, har bir organizmning hayoti boshqa organizmlarga 
bog`liqligi hamma yerda ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu bog`lanish oshkora yoki 
yashirin bo`ladi. Mavjudotlar g`animlarga hujum qilishda, umuman, oziq 
topishda, dushmandan va noqulay sharoitdan himoyalanishda, ko`payish, naslini 
yetishtirish uchun zarur sharoitni egallashda bir-biriga bog`liqdir. Chunki ularsiz 


62 
hayotni saqlash, nasl qoldirish aslo mumkin emas. Binobarin, organizmlarning 
o`zaro bog`liqligi tirik tabiatdagi munosabatlar ichida eng zaruri hisoblanadi. Har bir 
turning xarakterli belgilari, areali, tur soni, oziqlanishi, ko`payishi va eng asosiysi bir-
biriga moslashishi organizmlar o`rtasidagi munosabat bilan aloqador. Yashash uchun 
kurash ayniqsa, ehtiyoji o`xshash bo`lgan organizmlarda ko`zga yaqqol tashlanadi. 
Masalan, Janubiy Afrikada jirafalar baland akatsiya va boshqa daraxtlarning 
barglarini uzib olib yeyishga intiladi. Ba’zan bir xil hayot sharoitiga bog`liq bo`lgan 
ikki xil mavjudotlar o`rtasida yashash uchun kurash boradi. Kemiruvchilar va 
tuyoqlilar yoki hasharotlar va tuyoqlilar o`zaro yagona oziqlanish maydoniga ko`ra 
bir-biriga bog`liq. Buning oqibatida bir guruh tomonidan o`simliklarning ko`plab 
iste’mol qilinishi o`z raqibining och qolishiga, bora-bora nobud bo`lishiga olib keladi. 
Ko`p hollarda esa yashash uchun kurash uncha yaqqol ko`zga tashlanmaydi.
Bir turga mansub organizmlarda yashash uchun kurashning formasi keskin 
namoyon bo`ladi. Darvin bir turga mansub individlar o`rtasidagi yashash uchun 
kurash ayniqsa keskin bo`lishini bug`doy, xushbo`y no`xat, tog`
qo`ylari, tibbiyot zulugi, 
har xil kaptar, to`ng`izlar, AQShdagi bo`rining ikki tur xili, tukli olxo`ri, shaftoli 
misolida ko`rsatdi. Sistematik jihatdan bir-biridan uzoq guruhlarda u ahyon-ahyonda, 
bir avlodga mansub turlar orasida esa yashash uchun kurash tez-tez ro`y beradi.
Yashash uchun kurashni organizmlarning sistematik o`rni emas, balki ekologik yaqin- 
ligi belgilaydi. 
Tabiiy sharoitda tarqalgan organizmlarda ham individual farqlar uchraganligi 
sababli tur xili va turga mansub mavjudotlar o`zaro aynan o`xshash bo`lmaydi. Shu 
sababli birorta hayvonning nobud bo`lishi, ikkinchisining barhayot bo`lishi tasodifiy 
hodisa emas. Odatda, mukammal himoya vositalariga, chunonchi, yaxshi eshitish 
organiga, himoya rangi, dushmanlardan yashirinish instinktiga ega bo`lgan organizmlar 
noqulay sharoitdan saqlanib, nasl qoldiradi. Bunday vositalarga ega bo`lmagan 
organizmlar esa nobud bo`ladi. 
Hayvonlar va o`simliklar o`rtasidagi yashash uchun kurash individual rivojlanishning 
turli bosqichlarida: o`simliklarda urug`, o`simta va voyaga yetgan davrda, hayvonlarda 
tuxum, lichinka va voyaga yetgan organizm davrida ro`y beradi. 
«Yashash uchun kurash» birinchidan, yirtqichlar o`rtasida g`animlarni egallash 
uchun bo`ladigan ayovsiz kurash — hujum; ikkinchidan, organizmlarning abiotik 
sharoitga qaramligi yoki stixiyaga qarshi kurashi; uchinchidan, bir xil o`simliklarning 
o`sishi va rivojlanishi uchun ko`proq joy egallashga oid passiv formadagi hayot poygasi; 
to`rtinchidan, parazit organizmlarning o`z xo`jayiniga qaramligi; beshinchidan, bir turga 
mansub organizmlar o`rtasidagi hayot poygasi; oltinchidan, har xil turlarga mansub 
organizmlarning bir xil sharoitga bog`liqligi zaminida vujudga keladigan passiv hayot 
poygasidan iborat. 
Darvin mulohazasiga ko`ra, organizmlarning tez urchishi yashash uchun kurash 
sababchisidir. Lekin organizmlarning ko`p yoki oz nasl berishi turga kiruvchi 
organizmlar o`rtacha miqdorini belgilashga asos bo`lolmaydi. Darvin uqtirishicha kondor 
2 ta, tuyaqush 20 ta tuxum qo`yadi. Shunga qaramay, o`z joyida kondor miqdor 
jihatdan ko`p qushdir. Bo`ron qushi atigi bitta tuxum qo`ysa ham, u miqdor jihatdan 
yer yuzidagi eng ko`p qushlar qatoriga kiradi.
Xulosa qilib aytganda, biror turga mansub organizmlarning soni qoldirilgan nasl 
soniga emas, balki muhitning biotik va abiotik omillariga bog`liq. Ko`p hollarda turga 


63 
mansub organizmlar soni qoldirilgan nasl soniga nisbatan juda ozchilikni tashkil etadi. 
Chunki qoldirilgan naslning faqat oz qismi voyaga yetib, ko`pchiligi individual 
rivojlanishning dastlabki davrlarida nobud bo`ladi. Faqat oziq resurslari yetarli, 
dushmanlari kam bo`lgandagina ko`p nasl qoldiruvchi turlarga mansub organizmlar 
qisqa vaqt ichida son jihatdan tez ko`paya oladi. Shira, tuban qisqichbaqasimonlar, 
chigirtkalar va boshqalarning ba’zi vaqtda juda ko`payib ketishi bunga yaqqol misol 
bo`ladi. Boshqa vaqtlarda esa ko`p tuxum qo`yadigan organizm turlari ko`plab qirilib 
ketadi. Odatda, tuxumi, embrioni va lichinkalarini himoya qilish vositalariga ega 
turlargina urchiganda kam tuxum qo`yadi, urug` qoldiradi. Qaysi tur organizmlari tez 
va ko`p qirilsa, ular shuncha tez tiklanadi. Umuman olganda, hayvonlarda ko`p tuxum, 
o`simliklarda ko`p urug` qoldirish muhim biologik moslanish bo`lib, u tarixiy jarayonda 
turni saqlashga qaratilgan moslanishlardan biri hisoblanadi. Shunday qilib, tabiatda har 
qanday organizmning hayoti boshqa organizmlarga, muhit sharoitiga bog`liqligi ko`zga 
tashlanib turadi. 
Organizmlarning muhitga bog`liqligi ikki xil ko`rinishdan iborat. Ulardan biri 
organizmlarning abiotik muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashi, ikkinchisi, bir 
organizmning boshqa organizm faoliyatiga bog`liqligidir. Organizmlar orasidagi hayot 
poygasi ham o`z navbatida ikki ko`rinishda namoyon bo`ladi. Ular bir turga yoki har 
xil turga mansub organizmlar o`rtasida yuz beradigan hayot poygasidir.
Bayon etilganlardan tashqari, organizmlar o`rtasidagi oshkora kurash ham 
tabiatda uchraydigan hodisalardan biridir. Bunday kurash ba’zan bir turga mansub, 
ba’zan har xil turga mansub organizmlar o`rtasida sodir bo`ladi. Darvin o`z ta’limotida 
«yashash uchun kurash» organizmlarning haddan ziyod ko`payishi natijasidir, deb e’tirof 
qiladi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish