Ma’ruza № 1. ORGANIK KIMYO FANI
Organik kimyo fani, rivojlanish tarixi va uning xususiyatlari. Organik kimyo faniga berilgan ta’riflar. Organik birikmalarning tabiiy manba’lari. Organik birikmalarni farq qiladigan xususiyatlari va organik reaksiyalarning xossalari. Nazariy tushunchalarni rivojlanishi: radikallar, tiplar, unitar nazariyalar. Tuzilish nazariyasi
Tarkibida uglerod atomi tutgan moddalarga organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalardan insoniyat qadim zamonlardan foydalanib keladi. Organik birikmalar o‘simlik va hayvon organizmlaridan olingan. Shuning uchun organik birikmalar kimyosini o‘qitadigan fanga «organik kimyo» deb aytiladi. Organik birikmalarga - metan, etan, etil spirti, sirka kislota, qand misol bo‘ladi.
Organik kimyo faniga olimlar turlicha ta’rif berishgan. «Organik kimyo uglerod birikmalarining kimyosi» (A.Kekule 1851 y). Aniqroq ta’rifni 1889 yili K Shorlemmer bergan: «Organik kimyo uglevodorodlar va ularning hosilalarini o‘rganadigan fandir». Lekin bu ta’rif ham noorganik va organik kimyo o‘rtasidagi farqni ko‘rsata olmaydi, chunki СO2, СO, K2СO3, Н2СO3 va boshqalarni noorganik va organik moddalarning hosilasi deb aytish mumkin. Hamma organik birikmalar asosan uglerod, vodorod va boshqa element atomlaridan tashkil topgan. Organik kimyoning zamonaviy ta’rifi quyidagicha: «Organik kimyo uglerodning boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalarini o‘rganadigan fandir». Organik birikmalarning tabiiy manba’lariga neft, tabiiy gaz, ko‘mir, slanetslar, torf, yog‘och. qishloq xo‘jalik mahsulotlarining chiqindilari kiradi. Bu manba’lardan organik birikmalar turli usullar bilan ajratib olinadi. Organik birikmalar asosan sintez qilib olinadi. Ma’lumotlarga qaraganda 7-8 million organik moddalar mavjud bo‘lib, bir kunda taxminan 500 ta yangi modda sintez qilinadi.
Uglerod o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Uglerod davriy sistemada metallar va metalmaslar o‘rtasida joylashgan va uning valentligi 4 ga teng. U elektroneytral xossani namoyon etadi va kovalent bog‘ hosil qiladi.
Uglerod boshqa elementlar bilan birika oladi.Uglerod atomlari bir-biri bilan bog‘lanib, uzun zanjir hosil qiladi. Zanjir to‘g‘ri chiziq, tarmoqlangan yoki halqa ko‘rinishida bo‘ladi. Uglerod atomlari orasidagi bog‘lar-oddiy, qo‘sh va uch bog‘ bo‘ladi. Uglerod-uglerod bog‘i mustahkam bo‘lib, kimyoviy reaksiyalarda kamdan-kam hollarda o‘zgaradi. Reaksiyalarda uglerod skeleti molekuladan molekulaga o‘zgarmasdan o‘tadi. Bunday atomlar guruhiga radikallar deb ataladi. M-n: CH3- metil, CH3CH2- etil, S4N9-butil radikallari.
Organik reaksiyalar radikallar bilan bog‘langan va reaksiyaga kirish qobiliyati yuqori bo‘lgan funksional guruhlar hisobiga boradi. Hozir yuzga yaqin funksional guruhlar mavjud. M-n: С=O, -CHO, -СOON, -OН, -NH2, -X va h-zo.
Organik kimyoni alohida fan qilib o‘qitishning asosiy sabablari:
Ma’lum bo‘lgan organik birikmalarning turli-tumanligi va ko‘pligi (7-8 mln.);
Organik birikmalarning tez o‘zgaruvchanligi. Ular harorat ta’sirida suyuqlanadi, parchalanadi va oson yonadi.
Organik birikmalar tarkibining murakkabligi (С6Н10O5)n n=10-100000;
Organik birikmalar dissotsiyalanmaydi, chunki uglerod-uglerod orasidagi bog‘ kovalent bog‘dir.
Organik birikmalarning reaksiyalari sekin vaqtning o‘tishi bilan boradi;
Organik birikmalarda izomeriya hodisasi mavjud. M-n: С5Н12 uglevodorodning uchta izomeri bor: CH3CH2CH2CH2CH3 n-pentan, CH3CH(CH3)CH2CH3 2-metilbutan, CH3С(CH3)2CH3 2,2-dimetilpropan.
Organik kimyo nazariy tushunchalarini rivojlanishi
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va reaksiyaga kirishish qobiliyati, molekuladagi atomlarning bog‘lanishi to‘g‘risidagi ta’limot, molekuladagi atomlarning o‘zaro ta’siri va kimyoviy reaksiyaga kirishishi organik kimyoning nazariy asoslaridir.
Radikallar nazariyasi: organik kimyoning birinchi tuzilish nazariyasi radikallar nazariyasidir. I. Berselius noorganik birikmalarning kimyoviy bog‘larini elektrokimyoviy nazariyasini yaratgan. Bu nazariyaga asosan hamma birikmalar qarama-qarshi ionlardan tashkil topgan va ular o‘zaro elektrostatik tortilib turadi. Organik birikmalarda ionlarning o‘rnida radikallar bo‘lib, bu radikallar reaksiyalarda bir moddadan ikkinchisiga o‘zgarmasdan o‘tadi. M-n: C6H5-SOON, C6 H5-CHO, C6 H5-СOСl. Ammo keyinchalik radikallar nazariyasi inqirozga uchradi, ya’ni organik birikmalarning vodorodi o‘rniga xlor va boshqa guruhlarni almashtirish mumkinligi aniqlandi. M-n: CH3Н CH3Сl
Tiplar nazariyasi: organik birikmalar tiplar bo‘yicha sinflashtiriladi. M-n: CH3SOON, СlCH2СOOН bir tipga kiradi. Keyinchalik ammiak tipi topildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |