Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

3.
 
Sun’iy tanlash. 
Darvin xonakilashtirilgan hayvonlar va madaniy o`simliklarning xilma-xil 
zotlari va navlari faqat o`zgaruvchanlik va chatishtirish tufayli yaratilmaganligini; 
bunda sun’iy tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Odatda, 
sun’iy tanlash deganda, inson ishtirokida olib boriladigan tanlash tushuniladi. Sun’iy 
tanlash xonaki hayvonlar, madaniylashtirilgan o`simliklarning yangi zoti va navini 
yaratish usuli sifatida inson tomonidan qadimdan qo`llanilib kelingan. Tajribada 
kelgusi nasl uchun o`simliklar bilan hayvonlar formasini tanlash juda ehtiyotkorlik 
bilan olib borilgan. Bunda maqsadga muvofiq formalarni tanlab saqlab qolish, 
maqsadga nomuvofiqlarini esa yo`qotish bilan bog`liq ishlar amalga oshirilgan. Eng 
yaxshi toza zotlari ustida ishlagan seleksionyer Lord Riversdan: «Siz qanday qilib 
ajoyib natijalarga erishdingiz?» deb so`ralganda, u shunday javob bergan «Men 
ularni ko`plab boqaman va ko`plab osaman». Odatda, bu jarayon «tozalash» 
deyiladi, haqiqatda esa bu yomon hayvonlarni yaroqsizga chiqarish kabi tanlash 
formasidir. Albatta keskin farq qilgan ayrim o`simlik yoki hayvon formalarini 
saqlash va urchitishni hali tanlash deb atash noto`g`ri bo`lur edi. Chunki ayrim 


55 
organizmlardagi keskin o`zgaruvchanlik ko`pchilik hollarda yangi zot va nav 
keltirib chiqarmaydi. 
Zot va nav uchun ana shu o`zgargan formadagi yaxshi xossalarni bo`g`indan-
bo`g`inga kuchaytira borish kerak. Sun’iy tanlashda organizmlardagi davomli 
o`zgaruvchanlikning ahamiyati katta. Davomli o`zgaruvchanlikka ko`ra, agar 
ma’lum sharoitda u yoki bu organizmda ma’lum belgi-xossalar o`zgarsa, shu 
sharoit saqlangan taqdirda vujudga kelgan belgi-xossalar bo`g`indan-bo`g`inga 
o`tib, to`plana boradi. Darvin mulohazasiga ko`ra, sun’iy tanlashning 2 xil 
formasi mavjud. Bular metodik va ongsiz tanlashdir. 
Metodik tanlashning
 
ongsiz tanlashdan asosiy farqi shundan iboratki, bu 
tanlashda inson yangi zot va nav chiqarishni oldindan rejalashtiradi yoki 
boshqacha aytganda, zot va nav chiqarishga ongli, ijodiy yondashadi. Bu esa o`z 
navbatida zot va navning tez vaqt ichida keskin o`zgarishiga sabab bo`ladi. Bunga 
bir qancha misollar keltirish mumkin. Masalan: qoramol simmental zotining sut 
mahsuldorligi 40 yil mobaynida taxminan 1,5 baravar ortgan. Agar 1870—75 
yillarda har bosh sigir yil davomida o`rtacha 2500 kg dan sut bergan bo`lsa, 1880—
1885 yillarda sun’iy tanlash tufayli sut miqdori 2950 kilogrammga, 1900—1910 
yillarda esa 4000 kilogrammga yetgan. 
Lavlagi ildizmevasida qand borligi birinchi marta 1747 yilda ma’lum bo`lgan, 
XIX asrdan boshlab undagi qand miqdorini oshirish maqsadida muttasil sun’iy 
tanlash ishlari olib borilgan, natijada 150 yil mobaynida undagi qand miqdori 
taxminan 4 marta ortgan. 
Buni quyidagi raqamlardan aniq ko`rish mumkin: 
1808 y. 6 ,0% 1888 y 13,7% 
1838 y. 8,8% 1898 y 15,2% 
1848 y. 9,8% 1908 y 18,6% 
1858 y. 10,1% 1929 y 20,1% 
1878 y. 11,7% 1954 y 22,3% 
Sun’iy metodik tanlashning ijobiy roliga hozirgi seleksiya amaliyotidan ham 
juda ko`p misollar keltirish mumkin, Masalan: g`o`za o`simligini olsak, 
mamlakatimizdagi barcha paxtakor rayonlarda 5 marta nav almashildi, har gektardan 
olinadigan hosilni ko`paytirish bilan bir qatorda ko`saklarning vaznini oshirishga, 
tolasining sifatini yaxshilashga asosiy e’tibor berildi. Muttasil sun’iy tanlash tufayli 
60 yil mobaynida har bir ko`sakning o`rtacha vazni 1,3—1,8 g gacha, tolasining 
uzunligi 4,5 mm ga, tola chiqimi 3—5% ga ortdi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish