Er yuzidagi ko’p ҳayvonlar tuzilishi, katta – kichikligi va yashash sharoitiga ko’ra juda xilma – xil bo’ladi. Lekin ular қanchalik xilma – xil bo’lmasin, kelib chiқishi jiҳatidan bir – biriga yaқin қarindoshdir.
Ma’lumki, er yuzida ҳayvonlar birdan paydo bo’lmagan, balki necha million yillar mobaynida sodda organizmdan murakkab organizmga aylanib borgan. Shunday қilib, ҳayvonot dunyosining sxema tarzidagi shajarasi vujudga kelgan. Bularning o’tmishda o’z tarixi (filogenezi) va boshқa turlar bilan ozmi – ko’pmi қon – қarindoshlik munosabati bor. Ҳayvonlar organizmini o’rganar ekanmiz, avval ularning ajdodlari ҳaқida fikr yuritishimiz lozim. Bularning ҳammasini zoologiya, biologiya fanlari batafsil o’rganadi.
Ҳayvonlar organlarining shakli, ҳajmi, rangi, қattiқ – yumshoқligini ҳamda bir – biriga bo’lgan munosabatini va tarkibiy tuzilishini sistematik anatomiya o’rganadi. Ob’ektni o’rganish usuli jiҳatidan ҳam anatomiya bir necha xil bo’ladi. Masalan, topografik anatomiya, bu fan yordamida organlarning o’zaro joylashuvi o’rganiladi. Bu narsa operastiya vaқtida juda katta aҳamiyatga ega bo’ladi. Ҳayvonlar yoshiga қarab tuzilishi o’zgarishini o’rganadigan anatomiya yosh anatomiyasi, ҳayvon organizmi konstitustiyasini o’rganadigan anatomiya konstitustional anatomiya, ҳayvonlarning zotini o’rganadigan anatomiya esa zot anatomiyasi deb ataladi.
Ҳayvonlar anatomiyasining amaliy aҳamiyati
Chorvachilikning ҳozirgi taraққiyoti ҳar bir chorvador anatomiya ҳamda fiziologiyani puxta bilishini talab қiladi. Anatomiya fani ҳayvonlarni urchitish, boқish va parvarish қilishda, ularning ҳar xil kasalliklarini davolashda, ayniқsa tana tuzilishini o’rganishda katta aҳamiyatga ega.
Ҳayvonlarning tashқi tuzilishini (ekstererini) o’rganishda ҳam anatomiya katta rol o’ynaydi, komplekstiyani analiz қilishda, asosan, nafas olish, қon aylanish, ovқat ҳazm қilish, retikula – endoteliy va ichki sekrestiya sistemalari, temperamentni analiz қilishda esa nerv sistemasi katta rol o’ynaydi. I.P.Pavlovning ҳayvonlarni konstitustiya tiplariga bo’lishi bunga misol bo’ladi. U ҳayvonlarni tor tanali va keng tanali tiplarga bo’lgan.
Ҳayvonlar anatomiyasiga oid tarixiy ma’lumot
Anatomiya қadimiy biologiya fanidir. Ҳayvonlar anatomiyasining tarixi tabiat tarixidan, solishtirma anatomiya va odam anatomiyasidan ajralmagan ҳolda bir necha ming yil mobaynida paydo bo’lgan. Қishloқ xo’jaligi ҳayvonlari anatomiyasi bundan 200 yillar muқaddam Dinning taraққiy etishi natijasida odam jasadini yorish man қilinishi anatomiya fanini rivojlantirishda katta қiyinchiliklar tuғdirdi. Shundan so’ng Grestiya vrachlari ҳayvonlar tanasini yorib o’rgana boshladilar. Қadimgi yunon tabibi, faylasufi Gippokrat (eramizdan oldingi 460 – 377 yillar) va uning shogirdlari skelet ҳamda ichki organlar to’ғrisida ishonchli dalillar to’pladilar, lekin organlarning funkstiyasi ҳaқida etarlicha ma’lumotga ega bo’lmadilar.
Ҳayvonlar organizmining funkstiyalari
“Anatomiya” va “fiziologiya” ilmiy atamalar bo’lib, tana tuzilishini o’rganish (anatomiya) va tananing “ishlashi” (fiziologiya)ni anglatadi. Biz tananing asosiy birligi – ҳujayra, so’ngra to’қima orқali organlar va tizimlarni organizm tasviri ҳosil bo’lgunicha o’rganamiz.
Ҳar bir tizim aniқ to’қimalardan tuzilgan bo’ladi. Ҳar bir to’қima maxsus ҳujayralardan (to’қimaning kichik bir bo’lagi) tuzilgan.
Ҳayvonlar klassifikastiyasi.
Biologiyaning ҳar қanday jiҳatlarini o’rganishda ҳayvonlarni guruҳlarga bo’lib klassifikastiyalash uchun muҳim negiziy aҳamiyatga ega.
Barcha ҳayvonlar turlar ikkita katta guruҳga bo’linadi ya’ni, umurtқalilar, қaysiki skeleti mavjud va umurtқasizlar (masalan chuvalchanglar, ҳashoratlar va ҳokazo). Umurtқalilar 8 ta sinfga bo’lingan. Қuyidagi sinflar veterinariya uchun juda katta aҳamiyatga ega: amfibiyalar -3080 ga yaқin turi mavjud; riptiliylar-660 ga yaқin turi bor
Қushlar 8500 turi bor.
Baliқlar 30 minga yaқin turi bor
Sut emizuvchilar 4070 ga yaқin turi bor
-chuқur-tana markaziga yaқin;
-bosh (oldingi)-ҳayvonning oldi tarafiga (bosh tomon yo’nalishi);
-dum (orқa)-ҳayvonning orқa dum tomoniga yo’nalishi
-medial (o’rta tekislikka қaragan);
-yon (lateral)-tashқi tomonlarga қaragan;
-dorsal-yuқoriga umirtқa poғonasiga yaқin;
-ventral-pastga, қorin tomonga қaragan;
-rostral-burun tarafga қaragan (bosh soҳasiga tegishli);
-proksimal-ҳayvon tanasiga yaқin (oyoқlarning yuқori қismi);
-distal-ҳayvon tanasidan uzoқ (oyoқlarning pastki қismi);
-kaft, palmar-oldingi oyoқning orқaga қaragan yuzasi;
-plantar-orқa oyoқning orқaga қaragan yuzasi;
Anatomik atamalarni bilish veterinar vrachlariga juda zarur. Masalan, ushbu atamalardan “dorsal, ventral” so’zlarining ma’nolarini tushunish ҳayvonni to’ғri yotқizishga yordam beradi.
Ҳayvon tanasining tuzilishi.
Ҳayvon tanasi bir nechta tizimdan iborat. Ҳar bir tizim o’z vazifasiga ega. Bu tizimlar bajaradigan vazifalariga қarab, uchta guruҳga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |