Amaliy topshiriq-17-variant. Bajardi:Norbekov Jo’rabek.
Savollar:
Pul aylanмasi” tushunchasining мazмuni va pul aylanмasining tarkibiy tuzilishini yoritib bering?
Pul мuoмalasi qonunlarining мazмuni va мaqsadi.
Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi ichki va tashqi oмillar.
Svaollarga Javoblar :
1. Pul aylanmasi – bu pul mablag’larining naqd va naqd bo’lmagan shakllardagi uzluksiz harakatidir. Xalq xo'jaligi tarmoqlarida yaratilgan tovarlarning barisi pul yordamida ayirbosh qilinadi. Pul aylanmasiga tovar aylanishining pul shaklidagi ko'rinishi, deb qarab bo'lmaydi. Chunki pul aylanmasi tovar aylanmasidan kengroq bo'lib, u tovarning sotilishi va sotib olinishidan tashqari, har xil sohalarda mehnatga haq to'lash jarayo-nini ham o'z ichiga oladi.
Pul aylanmasining sodda sxemasini quyidagicha ifoda qilish mumkin, ya'ni pul harakati faqat aholi va korxona, tashkilotlar o'rtasida bo'ladi, deb qaraymiz. Bu sxemada pul aylanmasining asosiy ikki omili: bir tomondan tovar va resurslar harakati bilan; - ikkinchi tomondan pul harakati ko'rsatilgan. Bu sxemada, davlat tashkilotlari, moliyaviy bozor, pul bozorlari, eksport va import hamda boshqa iqtisodiy munosabatlar yo'q deb qaralgan. Aholi va korxonalar hech qanday vositachilarsiz, to'g'ridan-to'g'ri iqtisodiy munosabatda bo'ladilar.
Pul aylanmasining quyidagi guruhlarini ifodalab berish mumkin.
– ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan to'lovlar (ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ish haqi to'lash va boshqalar);
– xarajatlarni qoplash uchun kelib tushadigan tushumlar va jamg'armalarni tashkil qilish;
– turli xil moliyaviy majburiyat va daromadlardan to'lovlarni amalga oshirish va boshqa to'lovlar.
Pul aylanmasi tushunchasini 2-xil manoga ega :1-Pul aylanmasi subyekti ;2-Pul aylanmasi obyekti.
Pul aylanmasi subyekiga Davlat va davlat muassasalari ; Markaziy bank; Kredit va moliya muassasalari; Mamlakat rezidenti va norezidentlari; Korxona va tashkilotlar kiritishimiz mumkin .
Pul aylanmasi obyekti – tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.
-Tovarli aylanma;
-Tovarsiz aylanma.
Pul aylanmasini tashkil qilish asoslari quyidagilardan tashkil topgan:
-qonunchilik asoslari;
-milliy to‘lov tizimining mavjudligi;
-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning banklarda ochilgan joriy hisobraqamlarining mavjudligi;
-mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarining mavjudligi.
Pul aylanmasini ko'rib chiqishda biz to'lov aylanmasi bilan naqd pulsiz aylanmalar o'rtasida farq mavjudligini ta'kidlamoqchimiz. To'lov aylanmasi deb pulning to'lov vositasi sifatidagi harakati tufayli vujudga kelgan pul aylanmaga aytiladi. To'lov aylanmasining tarkibiy qismi bo'lib, to'liq naqd pulsiz aylanma va naqd pul aylanmasining pulning to'lov vositasi funktsiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi.Pul aylanmasining qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilganligi mamlakat iqtisodiyoti va iqtisodiy xavfsizlik jihatdan taminlashda muhim o’rin tutadi.
2. Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisobkitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pul muomalasi har bir mamlakat pul tizimi miqyosida amalga oshadi. Pul muomalasi naqd va naqd boʻlmagan muomalaga boʻlinadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi qoʻliga oʻtadi. Oldi-sotdi va toʻlov harakatlari bajarilgach, yana bankka kaytadi. Naqd boʻlmagan pul muomala-siga firma, korxona, tashkilotlarning bankdagi hisobida turgan pulning harakati kiradi va bunday muomala chek, kredit kartochkasi, veksel, obligatsiya, sertifikat va boshqa vositalar harakati shaklida olib boriladi.Pul muomalasi jarayonlariga ishtirok etadigan pullar 2 ga bo'linadi: 1-aktiv pullar,2-passiv pullar.
Huquq nazariyasiga ko'ra, berilgan vazifalarni uzluksiz bajarish uchun zarur bo'lgan pul miqdori quyidagi ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda aniqlanishi mumkin:
-sotilgan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar soni;
-narxlar va tariflarning ko'tarilishining tabiati;
-pul muomalasining tezligi.
Uch omil ham ishlab chiqarish maydoniga bog'liq. Aynan unda mehnat resurslarining katta qismi jalb qilingan. Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo'lsa, xarajatlar ham shuncha past bo'ladi. Xarajatlar qancha past bo'lsa, narxlar shuncha past bo'ladi. Narxlar qanchalik past bo'lsa, bozorda tovarlar va xizmatlar sotish hajmi shuncha ko'p bo'ladi.
Pul muomalasini hisoblash:
Pul muomalasi qonuni talqin qilinadigan algoritm mavjud. Formula quyidagicha ko'rinadi: D = T * C / V, bu erda
D - pul taklifi;T - tovar og'irligi;C - narx; V - pul mablag'larining aylanish tezligi.
Bundan ko’rinib turibdiki pul muomilasi pulning naqd va naqdsiz shaklda uzluksiz aylanishini nazorat qilishdan iborat.
3. Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir.
Pulning qadrsizlanishi tashqi tabiatning ham, ichki sabablarning tarkibiy qismlarining ham ta'siri ostida sodir bo'lishi mumkin.
Inflyatsiyaning tashqi sabablari:bu sabablarning barchasi ochiq iqtisodiyotga ega mamlakatlarda uchraydi. Bularga quyidagilar kiradi:
-Jahon miqyosidagi inqiroz hodisalari, masalan, valyuta inqirozi yoki ishlab chiqarish.
-Import qilinadigan tovarlarga narxlarning ko'tarilishi.
-Milliy valyutaning qulashi.
Agar Rossiyada inflyatsiyaning sabablarini ko'rib chiqsak, unda asosiy eksport tovarlari bo'lgan yoqilg'i va rangli metallarning narxining pasayishi uning kuchayishiga olib keldi.
Inflyatsiyaning ichki sabablari :
Biroq, tashqi bozorning ta'siri nafaqat inflyatsiya jarayonlariga olib keladi, balki mamlakatdagi ichki iqtisodiy sabablar ham ushbu hodisaga olib keladi.
-Davlat byudjetidagi aktivlarning etishmasligi;
-Harbiy maqsadlar uchun xarajatlar tarkibiy qismining ko'payishi;
-Ijtimoiy maqsadlar uchun xarajatlar tarkibiy qismining ko'payishi;
-Ayrim tarmoqlarda ortiqcha investitsiya xarajatlari;
-Iqtisodiyot tuzilishidagi nomutanosibliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |