7 – Amaliy mashg`ulot. Yalpi talab va unga ta`sir etuvchi omillar
Reja
1. Yalpi talab (AD) tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
2. Yalpi talabga (AD) ta’sir etuvchi narx omili.
3. Yalpi talabga (AD) ta’sir etuvchi narxdan tashqari omillar.
Topshiriq 1.
Quyidagi ma`lumotlarga asoslanib yalpi talab hajmini aniqlang.
№
|
Ko`rsatkichlar
|
Hajmi,
mlrd so`m
|
1
|
Uy xo`jaliklarning iste`mol xarajatlari
|
860
|
2
|
Tovar va xizmatlar eksporti
|
170
|
3
|
Tovar va xizmatlar importi
|
140
|
4
|
Amortizatsiya
|
90
|
5
|
Ish haqi
|
450
|
6
|
Davlat xarajatlari
|
340
|
7
|
Foyda
|
240
|
8
|
Biznega investitsiyalar
|
120
|
9
|
Egri soliqlar
|
670
|
Topshiriq №2
1. Iste’mol xarajatlar 960 sh.p.b teng. Davlat xarajatlari 270 sh.p.b., import 70 sh.p.b. va eksport 75 sh.p.bga teng. Binesni kengaytirish uchun investitsiya xarajatlari esa 246 sh.p.b. va amortizatsiya 140 sh.p.b ni tashkil etsa. Yalpi talab nechaga teng?
Topshiriq №3
Iste`mol funksiyasi quyidagi ko`rinishga ega C = 3000 + 0,7Y, bu yeda Y – milliy daromad. Investitsiyalar 7500 p.b tashkil etib, sof eksport 1500 p.b., davlat xaridlari esa 14000 p.b. teng. Milliy daromad 60000 p.b. va soliqlar 15000 p.b. tashkil qilsa.
Aniqlansin:
a) Yalpi talab hajmi;
b) Agar iste`mol xarajatlari 2000 p.b. kamaysa yalpi talab qanday o`zgardai?
Topshiriq 4.
Milliy iqtisodiyotning iste`mol darajasi C = 10 + 0,25Y ko`rinishga ega bo`lib, davlat xaridlari 78 p.bga teng. Investitsiyalar esa I = 2 + 0,2Y funksiya bilan berilgan, sof eksport 0 teng. Berilgan ma`lumotlarga asoslanib yalpi talab hajmini aniqlang.
Topshiriq 5.
Yalpi ichki mahsulotning hajmini hisoblang, agar doimiy narxlar darajasida yalpi talab Yd = C + I funktsiyasi bilan tavsiflansa, investitsion funktsiya I = 1000 – 40 • i, uy xo'jaliklarining iste'mol xarajatlari tenglama bilan tavsiflanadi C = 100+0,7 • Y. Haqiqiy foiz stavkasi (i) 10%.
Topshiriq 6.
Testlar.
1. Boshqa sharoitlar o`zgarmagan holda, yalpi talabning pasayishi quyidagi sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin:
a) kreditlar bo'yicha foiz stavkalarining oshishi;
b) eksport bojlarini kamaytirish;
c) daromad solig'i stavkasini pasaytirish;
d) davlat xarajatlarining oshishi.
2. Yalpi talab egri chizig'i quyidagilar orasidagi bog'lanishni ifodalaydi:
a) real ko'rinishda narxlar darajasi va ishlab chiqarilgan YaIM;
b) xaridorlar qabul qiladigan narx darajasi va barcha sotuvchilarni qanoatlantiradigan narx darajasi;
2) real ko'rinishda ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan YaIM hajmi;
d) narxlar darajasi va tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun umumiy xarajatlar.
3. Yalpi talab ortadi, agar...
a) foiz stavkalari oshsa
b) soliq stavkalari oshsa;
c) inflyatsion kutilmalar kuchaysa;
d) soliq stavkalari pasaysa.
4. Yalpi talabning narx darajasiga teskari bog'liqligi quyidagilarga bog'liq:
a) ishlab chiqarilgan mahsulot iste'molining chegaraviy foydaliligini kamayishi bilan;
b) boylik, foiz stavkalari va import xaridlarining ta'siri;
c) yalpi talabning narxdan tashqari omillari;
d) resurslar narxining oshishi.
5. Yalpi talab bu...
a) potentsial xaridorlarning ehtiyojlari;
b) mamlakatda bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yig'indisi;
c) iste'molchilar, korxonalar va hukumatning ma'lum bir vaqtda va narx darajasida sotib olishga tayyor milliy mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi;
d) mahsulotning yakuniy tannarxi.
6. Yalpi talab egri chizig'i bo'ylab harakatlanish nima bilan bog`liq?
a) boylik samarasi;
b) foiz stavkasi effekti;
c) import xaridlarining ta'siri;
d) barcha javoblar to'g'ri.
7. Yalpi talab egri chizig'ining siljishi:
a) sof eksport oshsa, chapga;
b) o'ngga, iqtisodiyotda narx darajasi ko'tarilganda;
c) o'ngga, pul muomalasi tezligi oshganda;
d) daromad solig'i qisqarganda, chapga.
8. Agar davlat tovar va xizmatlarni sotib olishni kamaytirsa, u holda:
a) yalpi taklif egri chizig'i o'ngga siljiydi;
b) yalpi taklif egri chizig'i chapga siljiydi;
c) yalpi talab egri chizig'i o'ngga siljiydi;
d) yalpi talab egri chizig'i chapga siljiydi.
9. Agar qisqa davrda narxlar bozorning oldingi holati darajasida qat'iy bo'lsa. Pul massasining qisqarishi ta’siri qaysi grafikda ko’rsatilgan?
a b c d
10. Quyidagi grafiklardan qaysi biri davlat xarajatlarini oshirish siyosatini tavsiflaydi:
a b c
11. Quyidagi grafiklardan qaysi biri iqtisodiyotdagi pul o'sishining ta'sirini tavsiflaydi:
a b c
Do'stlaringiz bilan baham: |