Evolyutsiya nazariyasi


Tur hosil bo‘lishining asosiy yo‘nalishlari



Download 10,57 Mb.
bet84/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Tur hosil bo‘lishining asosiy yo‘nalishlari

Keng tarqalgan turlar ma’lum sabablarga ko‘ra arealining bo‘linib ketishi tufayli yangi turlar hosil bo‘ladi. Turlar hosil bo‘lishi ikkita yo‘nalishda amalga oshadi.


1. Allopatrik yoki geografik usulda tur hosil bo‘lishi. Tur arealning ma’lum sabablarga ko‘ra bo‘linib ketishi yoki tur individlarini o‘z arealidan tashqariga chiqishi tufayli tur hosil bo‘lishi allopatrik ya’ni geografik tur hosil bo‘lishi deyiladi. Allopatrik grekcha allo- boshqa, patirpiya- vatan degan ma’noni bildiradi.
2. Simpatrik usulda yangi tur hosil bo‘lishi. Ona areali ichida ma’lum bir sabablarga ko‘ra yangi tur hosil bo‘lishi simpatrik usulda tur hosil bo‘lishi deyiladi. Simpatrik grekcha sim-birga, patriya-vatan, degan ma’noni bildiradi.
Allopatrik usulda yangi tur hosil bo‘lishi
Allopatrik usulda yangi tur hosil bo‘lishi bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
1-bosqich: Ona tur individlarining ma’lum qismi individlar gruppasidan geografik jihatdan alohidalashadi, ya’ni ajraladi.
2. Mayr fikricha, allopatrik usulda yangi tur hosil bo‘lishi sistematiklar olib borgan har xil tadqiqotlarga asoslanadi. Bunda ona turdan geografik jihatdan ajragan populyatsiyalar ma’lum muddat davomida shunday belgi xossalarga ega bo‘ladiki, natijada ular jinsiy ko‘payish jihatidan alohidalanishga olib keladi. M: tur areali abiotik faktor ta’sirida bo‘linib ketadi. Yoki turning ma’lum muddat davomida bu bo‘linib qolgan gruppalari o‘zaro qo‘shila olmaydi, ya’ni alohidalashga bo‘ladi. Bu yerda alohidalanishga geografik to‘siqlar sababchi bo‘ladi. M: quruqlik hayvonlari uchun suvlik yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
3. Geografik alohidalanish uzoq davom etishi tufayli biologik alohidalanish paydo bo‘ladi, ya’ni ma’lum muddat alohida yashagan individlar endi o‘zaro chatishmaydi. Bunda mavsumiy, etologik, biotiptik (chatishganda), hamda chatishishdan keyingi (naslsizlik, naslning nobud bo‘lishi) kabi holatlar kuzatiladi.
Biologik va geografik jihatdan alohidalanish individlarga yangi belgilar, xossalar hosil bo‘ladi. Bu yangi belgili individlar yangi tur individlaridan ana shu belgilari bilan farq qiladi. Bunday holatda yangi tur hosil bo‘ldi, degan ma’noni bildiradi. Bu jarayon uzoq vaqt davom etishini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
CH.Darvin va klassik darvinizm namoyondalari asta-sekin hosil bo‘layotgan yangi turlarni o‘rganishga xarakat qilganlar. Ularning fikricha shubhali turlar yangi turlar bo‘lishini isbotlovchi dalil sifatida tan olinishi kerak. Ammo Darvin yangi tur hosil bo‘lishini bosqichlarini aniqlay olmagan. Chunki u ayrim organizmning o‘zgarishi bilan populyatsiyaning o‘zgarishi orasidagi farqni aniqlay olmagan. Yangi tur hosil bo‘lishi populyatsiyaning yangilanish va mustaqil hayot kechirishi bilan, rivojlanishga layoqatligi bilan belgilanadi.
Allopatrik usulda yangi tur hosil bo‘lishi yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi vaqtda geografik irqlarning alohidalanish hisobiga yangi turlar hosil bo‘lishiga doir juda ko‘plab ma’lumotlar to‘plangan. M: Komarov fikricha, kaynazoy erasining to‘rtlamchi davrida Shimoliy Muz okeani muzining janubga siljishi tufayli o‘simliklar qoplami o‘zgargan. Oqibatda marvaridgul tarqalgan areal 5 ta mustaqil arealga, geografik zonaga bo‘linib ketgan va bu o‘simlikning Yevropa, Zakavkazye, Saxalin-Yaponiya, Shimoliy Amerika irqlari hosil bo‘lib, ular ko‘pgina belgilari bilan bir-biridan farq qilgan.
Ikkinchi misol. G‘o‘za avlodi allopakrik yo‘l bilan yangi tur hosil bo‘lishiga yorqin misoldir. Gossipium avlodining turlari mezazoy erasining shu davridan boshlab bir-biridan alohidalanib, 4 ta qit’aga tarqalgan. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda ko‘p turlarning alohida tarqalish areali mavjud. Jumladan yovvoyi G.Trilobum Meksikaning shimoliy g‘arbiy qismida va AQShning Arizona shtatida, G.Kloshianum Galopagos arxepelagining Chatem va Charle orallarida, G.Raymondi Shimoliy Peruning qirg‘oqqa yaqin tog‘li rayonlarida, G.Armarianum Kaliforniyaning janubiy qismida va San Markos oralida tarqalgan.
Juda ko‘plab ma’lumotlar turning har qanday belgisi geografik jihatdan o‘zgaruvchan ekanligini tasdiqlamoqda. Bu o‘zgaruvchanlik darajasi irqlar va populyatsiyalarning alohidalanish hossalari bilan uzviy bog‘liq.
Agar bir tur yoki yaqin turlarga kiradigan populyatsiyalar territoriyasi yondosh bo‘lsa, ular o‘zaro chatishishi hisobiga geografik o‘zgaruvchanlik nisbatan kamayadi. Ularning territoriyasi alohidalashganda esa geografik o‘zgaruvchanlik orta boradi.
Yangi tur hosil bo‘lishida alohidalanish juda katta ahamiyatga ega. Geografik alohidalanish hamma vaqt biologik nishga olib keladi.
Geografik irqlarning jinsiy alohidalanishi ekologik o‘zgaruvchanlik bilan bog‘liq. Gomperti ma’lumotlariga ko‘ra, katta chittakning tutqunlikda saqlangan Hind va Britaniya irqlari chatishtirish natijasida hosil bo‘lgan duragaylar patining rangi va sayrashi bilan ota-ona formalaridan farq qilgan. Natija katta chittakning Britaniya irqi boshqa tur vakili sifatida qabul qilingan. O‘simliklarda geografik irqlar o‘rtasidagi alohidalanish gullash va hosil tugish muddatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Urchish davrida biologik alohidalanish natijasida populyatsiya va geografik irqlardagi genlar takrorlanishi, tanlanish yo‘nalishi, moslanish normalari sekin o‘zgaradi. Alohidalanishning asta-sekin kuchayib borishi tufayli geografik irqlardan kenja turlar hosil bo‘ladi. Kenja turlarni tur ichidagi eng yirik struktura birlik sifatida emas, balki, evolyutsion o‘zgarishlarning bosqichi sifatida talqin qilish kerak. Geografik irqlar rivojlanib kenja tur darajasiga yetishi yumron qoziqlar, dengiz mushuklari, rusak quyon va boshqa hayvonlar misolida isbotlangan.
Ekologik irqlarning alohidanishi hisobiga yangi turlar vujudga kelishi o‘simliklar va hayvonlarda ko‘plab uchraydi. G‘o‘zaning barcha turlari ma’lum darajada polimorf hisoblanadi. Polimorf turlar arealining hajmi va hayot sharoitining hilma-hilligi bilan uzviy bog‘liqdir. F.M.Mauyer aniqlashicha, G.Xarzitium kenja turlari bor. Ularning har biri o‘z navbatida ekologik, geografik irqlarga bo‘linadi. Chunonchi, g‘o‘zaning punktitum kenja turi Markaziy Amerika va Janubiy Hind ekologik geografik irqlardan tashkil topgan.
Ekologik tur hosil bo‘lishi. Ekoelement, ekotip tur sxemasi bo‘yicha boradi.
Allopatrik usulda tur hosil bo‘lishida ona tur tarqalgan arealning o‘zgarishi divergensiyaga sababchi hisoblansa, ekologik yo‘l bilan tur hosil bo‘lishida bu jarayon o‘zgargan formalar ona tur populyatsiyalarning saqlanib qolgan areali doirasidan yangi hayot sharoitini egallab olish hisobiga amalga oshadi. Bularning natijasida ular yangi arealdan populyatsiyalar, geografik, ekologik irqlar bilan yoki bilvosita aloqada bo‘ladi. Shu nuqtai nazaridan geografik va ekologik tomonidan alohidalashgan organizmlarning vujudga kelishida ularning qo‘shni populyatsiyalar bilan munosabati alohida o‘rin tutadi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish