Jahon qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi davlatlar ulushi.
Reja:
Jahonda donli ekinlar.
Boshqa oziq-ovqat ekinlari
Texnika ekinlari va boshqa qishloq xo`jalik ekinlari
Dunyo chorvachiligi
Dunyo qishloq xo`jaligi va atrof-muhit muhofazasi
Jahonda donli ekinlar.
Ziroatchilik,ya`ni dehqonchilik quyidagi tarmoqlarga bo`linadi: dalachilik,bog`dorchilik,uzumchilik. Yetishtiriladigan ekin tariga qarab dalachilik: don xo`jaligi,texnika ekinlari, yem-hashak ekinlari,sabzavot va poliz ekinlari,kartoshka yetishtiruvchi xo`jaliklarga bo`linadi. Don yetishtirish-jahon qishloq xo`jaligining asosidir. Jahondagi ekin ekiladigan jami yerlarning yarmiga don ekiladi. Don ekiladigan yerlar aholi joylariga to`g`ri keladi. Jahonda yiliga 1,9 mlrd.t. don yetishtiriladi. Jahon don xo`jaligida asosan bug`doy, sholi, makkajo`xori yetishtirishdan iborat bo`lib, ular g`alla yalpi hosilining 80%ini beradi. Bug`doy iliq iqlim (mo``tadil) va yaxshi tuproqni talab qiladi. Shu sababli u qora va kashtan tuproqli joylarda etishtiriladi. Bug`doy ekilish davriga qarab kuzgi va bahorgi bo`ladi. Kuzgi bug`doy mo`tadil mintaqaning janubida, bahorgi bug`doy esa shimolida ekiladi. Masalan: Qozog`istonning shimoliy rayonlarida bahorgi bug`doy, markaziy va janubiy rayonlarida kuzgi bug`doy ekiladi. Kuzgi bug`doy tez etiladi va hosildorligi yuqori bo`ladi. Bug`doy jahonning 70 mamlakatida yetishtiriladi,lekin yalpi hosilning asosiy qismi:
1.Xitoy (95 mln.t. y.ga) 6.Kanada
2.AQSH 7.Ukraina
3.Hindiston 8.Pokiston
4.Rossiya 9.Qozog`iston
5.Fransiya 10.Avstraliya
hissasiga to`g`ri keladi.
Bug`doyning vatani Old Osiyo va O`rta dengiz bo`ylari. Jahonda yiliga 600 mln tonnaga yaqin (2006 yil 585 mln tonna) bug`doy etishtiriladi. Sholi vatani Hindiston botqoqliklari. Dunyodagi yalpi sholi hosilining 90%i Osiyoning “sholikor” mamlakatlarida yetishtiriladi. Dunyodagi barcha obikor yerlarning 2/3 qismiga sholi ekiladi. Osiyoning janubidagi davlatlarda sholini yiliga 2,hatto 3 marta hosili yig`ib olinadi. Jahonda yiliga 600 mln tonnadan ortiq sholi etishtiriladi. (2006 yil). Asosiy sholikor mamlakatlar: Xitoy (yiliga 180 mln.t.), Hindiston, Indoneziya, Tailand, Bangladesh, Vetnam. Asosiy iste`molchilari: Horijiy Yevropa.
Jahonda yiliga 600 mln.t. dan ortiq makkajo`xori etishtiriladi. Jahonda yiliga 600 mln.t. dan ortiq sholi, 585 mln.t. dan ortiq bug`doy, 320 mln.t.dan ortiq kartoshka, 240 mln.t. dan ortiq qand lavlagi, 165 mln.t. dan ortiq soya, 135 mln.t. dan ortiq arpa yetishtiriladi (2006 y). Makkajo`xorining vatani Markaziy Amerika. Yangi dunyo kashf qilingandan so`ng boshqa qit`alarga tarqalgan. Makkajo`xori oziq-ovqat va yem-hashak ahamiyatiga ega. Makkajo`xorining o`sishi uchun havo temperaturasi +100dan kam bo`lmasligi kerak. Sernam joylarda va tog` oldi rayonlarda yuqori hosil beradi. Asosan bug`doy ekiladigan joylarda yetishtiriladi. Makkajo`xori yetishtirishda:
1.AQSH (220 mln.t.) 5.Rossiya
2.Xitoy 6.Meksika
3.Braziliya 7.Argentina
4.Ruminiya 8.JAR.
Jahonda yiliga 600mln tonnadan ortiq makkajo`xori etishtiriladi. (2006 y)
Dunyodagi makkajo`xori etishtiriladigan asosiy rayon-AQSHning makkajo`xori mintaqasi Buyuk ko`llarning janubida bo`lib, Ayova shtati dunyoga mashxur. Dunyoda yetishtiriladigan g`allaning 10-15%i jahon bozoriga chiqariladi. G`alla eksport qiladigan asosiy mamlakatlar: AQSH, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Argentina. Kanada bilan Avstraliya yillik bug`doy hosilining, Argentina esa makkajo`xori hosilining 80%ini chetga chiqaradi. Oziq-ovqatga ishlatiladigan donni asosan rivojlanayotgan mamlakat, yem-hashak uchun ishlatiladigan donni asosan G`arbiy Yevropa va Yaponiya sotib oladi.Keyingi vaqtlarda MDH ham asosiy importchiga aylanib bormoqda.Ular yiliga 30-40 mln.t. g`alla import qilmoqda. Jahonda bug`doy, sholi va makkajo`xoridan tashqari quyidagi donli ekinlar ham etishtiriladi (2006 y):
Arpa-(yachmen)-143 mln.t.
Sorgo-54 mln.t.
Prosa(yorma)-26 mln.t.
Oves(javdar)-29 mln.t.
Roj(suli) -23 mln.t.
Do'stlaringiz bilan baham: |