Boshqa oziq-ovqat ekinlari.
Aholini oziq-ovqat bilan ta`minlash uchun donli ekinlardan tashqari, moyli, ildizmevali, qandli, kishiga quvvat beruvchi, sabzavot mevali o`simliklardan ham keng foydalaniladi. Moyli ekinlar dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari orasida donli ekinlardan keyin 2-o`rinda turadi.Iste`mol qilinadigan jami moyning 2/3 qismi o`simliklardan olinadi. Moy olinadigan asosiy o`simliklar: soya, eryong`oq, zaytun, kokos palmasi yoki moyli palma, kungaboqar, moyli zig`ir doni, maxsar. Soya (2006 yil 165 mln tonna) asosan AQSH, Xitoyda ekiladi va yog`i ishlab chiqariladi. Dunyo bo`yicha ishlab chiqarilayotgan soya moyining 67%i AQSHga,24%i Xitoyga to`g`ri keladi. Soya (dukkakdoshlar oilasi)ning asosiy eksportchisi AQSH.Importchilari: G`arbiy Yevropa va Yaponiya. Yeryong`oq dukkakdoshlar oilasiga mansub madaniy o`simlik bo`lib,asosan Horijiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida ekiladi. Yeryong`oq (araxis) moyi ishlab chiqarishda 1-o`rinda:
1.Hindiston (dunyo bo`yicha 36%)
2.Xitoy (14%)
3.Senegal (6%)
Asosiy eksportchilar: Afrika mamlakatlari.
Importchilar: Horijiy Yevropa.
Kungaboqar (murakkabguldoshlar oilasi) asosan shimoliy mo``tadil kengliklarda o`stiriladi.Kungaboqar moyi ishlab chiqarishda MDH mamlakatlari (dunyo bo`yicha 62%), Rossiya,Ukraina,Moldaviya yetakchi. Zig`ir (len) (boshoqdoshlar oilasi) asosan Xitoy, Fransiya, Belorus, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda ekiladi. Zaytun daraxti O`rta Yer dengizi bo`yi mamlakatlarida o`stiriladi.Zaytun moyi ishlab chiqaruvchi asosiy mamlkatlar: Italiya, Ispaniya, Gresiya. Zaytun moyi ko`proq konditer sanoatida ishlatilinadi. Parfyumeriya, farmasevtikada ham foydalaniladi. Kokos palmasi (moyli palma) asosan Afrika mamlakatlarida va Malayya arxipelagida o`stiriladi. Maxsar asosan Evrosiyoda (Xitoy, Hindiston, Bangladesh) va Horijiy Evropada o`stiriladi. Ildizmevali o`simliklarga kartoshka, qandlavlagi, sholg`om, turp, sabzi, rediska, piyoz kabilar kiradi. Kartoshka (tomatdoshlar oilasi) vatani And tog`lari markazi (Peru). Lekin hozirgi kunda shimoliy mo``tadil mintaqaning asosiy ekini bo`lib qolgan.2-non hisoblanadi,chunki kraxmalga boy. Kartoshka yalpi hosili bo`yicha etakchi davlatlar (2007 y):
1. Xitoy (55 mln tonna)
2.Rossiya (31 mln tonna)
3.Hindiston
4. AQSH
5.Polsha
Dunyoda yiliga 320 mln.t. kartoshka yetishtiriladi (2006y). Qand lavlagi (sax. svekla) mo``tadil mintaqa ekini.Qand lavlagi yiliga 300mln.t. (2007 yil 274 mln tonna) yetishtiriladi. Qand lavlagi yetishtirishda yetakchi davlatlar: Ukraina, Rossiya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Polsha. Jahonda yiliga 100 mln.t. qand-shakar ishlab chiqariladi,shuni 40%i qand lavlagiga, 60%ga yaqini shakarqamishga to`g`ri keladi. Shakarqamish asosan tropik va subtropik mintaqa ekini.Vatani Hindiston. Dunyo bo`yicha yiliga 850 mln.t. (2007 y) shakarqamish etishtiriladi. Shakarqamish shakari ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakatlar: Braziliya, Hindiston, Kuba, Xitoy, Meksika. Asosiy eksportchilar: Braziliya, Kuba, Avstraliya. Importchilar: AQSH, Horijiy Yevropa, Yaponiya. Quvvat beruvchi o`simliklarga choy, kofe, kakao va ziravorlar kiradi. Bularning hammasi tropik va subtropik mintaqalar ekinidir. Choy vatani Xitoy. Yevropaga XVII asrda kirib kelgan.Jahonda ishlab chiqariladigan choyning asosiy qismini Hindiston (31%), Hitoy (21%), Shri-Lanka (13%) beradi. Asosiy eksportchilar ham shular, importchilar: Horijiy Yevropa. Kofe (qahva) vatani Habashiston. Biroq kofe yalpi hosilining 2/3 qismini Lotin Amerikasi mamlakatlari: (Braziliya (jahon yalpi hosilining 30%ini), Kolumbiya (12%), meksika (6%)) va Gvineya ko`rfazi bo`yi mamlakatlari, ayniqsa, Fil Suyagi qirg`og`i (4%) beradi. Kofening asosiy eksportchilari ham mazkur mamlakatlar bo`lib, asosiy importchilari: AQSH, Horijiy Yevropa. Kakao vatani Amerika hisoblansada, asosan Gvineya qo`ltig`i bo`yi mamlakatlarida etigtiriladi. Kakao yalpi hosilining 37%ini Gana,17%ini Braziliya, Nigeriya 14%,Kamerun 8%,Fil Suyagi qirg`og`i beradi. Asosiy eksportchilar Gvineya qo`ltig`i bo`yi mamlakatlari, Braziliya. Importchilar: AQSH,Horijiy Yevropa. Kakaodan shokolad tayyorlanadi.
Ziravorlar (zira, dolchin, alqor, kashnich, sedana, murch, rayxon, zirk, qalampir, arpabodiyon, gorchisa asosan Hindistonda ekiladi. Tamaki Shimoliy Amerika va Evrosiyoda ko`p etishtiriladi. Tamaki ishlab chiqarishda AQSH (25%), Xitoy, Hindiston, Braziliya, Yaponiya, MDH yetakchi o`rinda. Tamakini dastlab XVI – asrda yangi Dunyodagi Tabago orolidan fransuz botanigi Nikot ismli shaxs Yevropaga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |