Evolyutsiya nazariyasi


Yangi turlar hosil bo‘lishida duragaylashning ahamiyati



Download 10,57 Mb.
bet87/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Yangi turlar hosil bo‘lishida duragaylashning ahamiyati
Simpatik usulda tur hosil bo‘lishning yana bir usuli bir-biriga munosib organizmlarning chatishishi hamda duragay organizm xromosomalari naborning ikki xissa ortishidir. Jumladan, yangi dunyo go‘zallariga G.xirzitum, G.barbadenze turining kelib chiqishi haqida quyidagi taxminlar bor.
Taxmin qilishicha, qachonlardir Janubiy Amerikada o‘sayotgan g‘o‘zaning G.raymandi turi hozir Amerika g‘o‘zasi deb ataladi. G.Xerbayum turi bilan tabiiy sharoitda chatishib, nasl bergan. Bu duragay organizmlarning xromosomalar nabori ikki xissa ortishi xisobiga tabiiy ravishda G.xirzutum va G.barbadenze turlari hosil bo‘ladi. Bu usulda yangi turlar hosil bo‘lshi mumkinligi ba’zi o‘simliklarda tajriba asosida . jumladan, V.A.Ruben tyorn olcha (2-32) bilan Tog‘ olcha (2-16)ni chatishtirib, 48 xromosomali, nasl beruvchi formani yaratdi. Bunday amfidiploid formalar g‘o‘zalarda ham uchraydi.
Sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan turlar tabiiy sharoitdagi turlarga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Chunki sun’iy sharoitda olingan turlar sun’iy tanlash natijasi hisoblanadi. Lekin shunga qaramay poliploid formalarni sun’iy usulda olish ba’zi bir turlar qanday yo‘l bilan yaratilganligini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Tamaki, malina, shuvoq, gulsapsar va boshqa o‘simliklarni ba’zi turlari har xil turlarning o‘zaro chatishtirishga va keyinchalik duragay organizmlarda xromosomalar naborlarining ikki xissa ortishi tufayli kelib chiqqanligi ehtimoldan xoli emas.
Hayvonlardan birinchi bo‘lib, Astaurov tut ipak qurtida amfidiploid formalari olgan. U xromosomalar nabori 56 ta dan bo‘lgan tutga ipak qurtining Votvux turlarini o‘zaro chatishtirib, so‘ngra ularning xromosamalari nisbatini ikki xissa oshirishga va 112 ta xromosomali formalar olishga muvofiq bo‘ldi. Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, simpatrik yo‘l yangi turlar paydo bo‘lishi har xil usul bilan amalga oshadi. Shunga qaramay ularning simpatrikda o‘xshashligi bor. Bu o‘xshashliklar quyidagilar: 1. simpatrik usullar, allopatrik usuldagiga nisbatan tur nihoyatda tez hosil bo‘ladi. Agar allopatrik usul ma’lum davrni talab etsa simpatrik usulda yangi tur hosil bo‘lishi uchun organizmlarni bir necha bo‘g‘ini yetarli xolos. 2 Simpatrik usul bilan hosil bo‘lgan turlar morfologik, ekologik belgilari bilan ajdod (ona) turga juda yaqin turadi. Jumladan, poliploidiya yo‘li bilan tur hosil bo‘lganda organizmlarning umumiy xajmi ortsa ham, tashqi tuzilishi saqlanadi. Mavsumiy usulda vujudga kelgan formalar ham mikromorfologik jihatidan bir-biridan ham farq qiladi. Poliploid va duruagaylash yo‘li bilan simpatrik turlari hosil bo‘ladi. Ularning asosiy farqi shundaki, poliploidiya bir organizm xromosomalarini mitoz va meyoz bo‘linishi davrida xromosomalar nabori bir necha barobar ortsa, duragaylashda 2 ta organizm o‘zaro chatishadi va xromosomalar nabori yoki soni ortadi.
Xar bir tur evolyutsiya jarayonida sifat jihatidan farq qiluvchi markaziy bosqich xisoblanadi. Xar bir turda alohidalashga xilma-xil mexanizmlar mavjud. Shu sababli u boshqa genofondlardan genlar o‘tishini bartaraf etuvchi ximoyalangan genofondga ega.
Tur bir tomondan evolyutsiya natijasi sifatida bir butun, ma’lum muxitda moslashgan, boshqa turlardan genetik jihatdan chegaralangan sistema bo‘lsa, ikkinchi tomondan evolyutsiya jarayoni bosqichi sifatida u dinamik, noaniq chegeraga ega va o‘zgaruvchandir. Bu qarama qarshilik dialektik xarakterda bo‘lib, o‘z mohiyati bilan obyektiv reallikni ifodalaydi.
Tabiatda xar bir tur populitsiyalarga bo‘linib ketadi. Ularning xar biri u yoki bu biotsenozga kirib, oziq zanjiri hamda energiya almashunivida ma’lum rol o‘ynaydi. Lekin go‘yo mustaqil, o‘zini evolyutsion taqdiriga ega bo‘lgan populyatsiyalar o‘zaro genetik iplar bilan bog‘liq, vaqti vaqti bilan genetik material orqali o‘zaro almashinib turadi. Bu genetik munosabat populyatsiyalarning yagona turga birlashtiruvchi jipislikni tashkil etadi. Mobodo, populyatsiyalar o‘rtasida bunday munosabatlar, ya’ni evolyutsion genetik “ko‘priklar” buzilsa, u xolda uzoq mudatdan so‘ng ular zaminida yangi turlar paydo bo‘ladi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish