O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
ZOOLOGIYA KAFEDRASI
5140100-Biologiya bakalavr ta’lim yo‘nalishi
4-kurs talabalari uchun
“EVOLYUTSIYA NAZARIYASI ”
fanidan
O‘QUV USLUBIY TA’MINOT
Bilim sohasi: 100000-Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 140000-Tabiiy fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5140100- Biologiya (turlar bo‘yicha)
Termiz-2021
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil “18” 08 dagi “4” –sonli buyrug‘ining 2- ilovasi bilan ro‘yxati tasdiqlangan Evolyutsion ta’limot fan dasturi asosida zoologiya kafedrasida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi: Raxmatullayev B. TerDU, zoologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchi:
Eshnazarov K. TerDU, zoologiya kafedrasi dotsenti
Evolyutsion ta’limot fanining O‘quv-uslubiy majmuasi Termiz davlat universiteti O‘quv-Metodik Kengashining 2021 yil ___ avgustdagi ___-sonli majlisida tasdiqlangan.
№
|
Mundarija
|
Bet
|
1
|
Evolyutsiya nayaariyasiga kirish. Evolyutsiya nayaariyasining kursi, mazmuni va vazifalari
|
|
2
|
Yerda xayotning paydo bulishi xamda rivojlanishi
|
|
3
|
Era va davrlardagi hayotning rivojlanish bosqichlari
|
|
4
|
Tabiat xakidagi ilk tasavvurlarning shakllanishi
|
|
5
|
Uyg‘onish davrida tabiyot fanlarining taraqqiyoti
|
|
6
|
J.B.Lamarkning evolyutsion ta’limoti
|
|
7
|
Opganik olam evolyutsiyasi xaqida Ch.R.Darvin talimoti
|
|
8
|
Mikroevolyutsiya haqida tushuncha
|
|
9
|
Tabiiy tanlanish
|
|
10
|
Tur - evolyutsion jarayonning asosiy bosqichi
|
|
11
|
Tur hosil bo‘lishi
|
|
12
|
Makroevolyutsiya uning qonuniyatlari
|
|
13
|
Biologik progress va regress
|
|
14
|
Ontogenez va filogenez
|
|
15
|
Odamning paydo bo‘lishi – antropogenez
|
|
16
|
Evolyutsion biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati
|
|
17
|
Seminar mashg‘ulotlari rejasi
|
|
18
|
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
|
|
19
|
Glossariy
|
|
20
|
Fan dasturi
|
|
21
|
Ishchi fan dasturi
|
|
22
|
Tarqatma materiallar
|
|
«EVOLYUTSIYA NAZARIYASI» FANIDAN MA’RUZA MASHG‘ULOTLARINING MAZMUNI
1-Mavzu: Kirish. Evolyutsiya nazariyasi fanining mazmuni va boshqa fanlar bilan aloqasi
Tayanch so‘zlar: Evolyutsiya nazariyasining mazmuni, boshqa fanlar bilan aloqasi, metodlari, prinsiplari, muammolari.
Evolyutsiya nazariyasi fani organik olamning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti va uni idora etishning umumiy qonuniyalarini o‘rgatadigan fandir. Evolyutsiya nazariyasi haqiqiy ilmiy evolyutsion ta’limotdir. Evolyutsiya tarixiy taraqqiyot bo‘lib, qaytarilmaydigan jarayondir. Evolyutsiya tabiatdagi turli o‘lik va tirik tabiatga xosdir. Masalan, astronomiyada planetalar va yulduzlar evolyutsiyasi, geologiyada yer evolyutsiyasi, biologiyada esa organik dunyo evolyutsiyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Evolyutsiya so‘zi lotincha-evolutio-ya’ni boshlagan jarayonning o‘sishi, yoyilishi, kengayishi, tarqalishi kabi ma’noni bildiradi. Bu terminni birinchi marta Shvetsariyalik olim Sh. Bonne (1720-1793) 1762 yilda fanga kiritilgan va embriologiya masalalari uchun qo‘llangan. Biologik evolyutsiya tirik tabiatning tarixiy taraqqiyoti bo‘lib, buning natijasida populyatsiyalarning (tur) genetik tarkibi, moslanish (adaptatsiya)ning shakllanishi, turlar vujudga kelishi va qirilib ketishi, biogeotsenoz va biosferaning bir butun holda o‘zgarish jarayonlari ro‘y beradi.
Zoologiyada hayvonni tuzilishi, ko‘payishi, biologiyasi, sistemasi o‘rganiladi. Botanikada o‘simlikning tuzilishi, ko‘payishi, biologiyasi, sistemasini o‘rganiladi.
Ammo bu fanlarni o‘rganish jarayonida hozir fanda ma’lum bo‘lgan 2,5 mln. tur hayvon, 500.000 tur o‘simlik, 100.00 tur mikroorganizm, qirilib ketgan 7 mln. tur hayvon, 3.000.000 tur o‘simlikni kelib chiqishi va taraqqiyoti, ya’ni evolyutsiyasi xaqida bir butun fikr yuritilmaydi. Bu muammo evolyutsiya nazariyasi fanining vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |